SINFDAN TASHQARI ASOSIY BOSQICH DARSLARINI TASHKIL ETISH
R eja:
Sinfdan tashqari o’qishning maqsad va vazifalari
Kitob tanlashda tarbiyaviy maqsad ko’zda tutiladi
Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qishga kichik yoshdagi o’quvchilarni
KIRISH
KIRISH: Sinfdan tashqari o’qishning maqsad va vazifalari
Maktab o’quvchini o’qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir qatorda kitobni mustaqil o’qiy oladigan, uni tushunadigan, ma’lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazeta va jurnallarni ham mustaqil o’qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. SHu jihatdan sinfdan tashqari o’qish (STO’) tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi, ko’p narsani bilishga havasni orttiradi.
STO’ning maqsadi o’qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o’qiydigan, o’qilgan kitobni to’g’ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalashdir.
Maktablarda 1959 yildan boshlab maxsus STO’ darslari tashkil etilgan. Bunday darslar 1-2-sinfda haftada 1 marta, 3-4-sinfda 2 haftada 1 marta o’tkazilib kelindi. Hozirgi dasturga ko’ra, bunday darslar 1-4-sinflarda 2 haftada bir marta o’tkaziladi. Savod o’rgatish jarayonida esa haftadagi oxirgi alifbe darsining 17-20 daqiqasi ajratiladi.
Sinfdan tashqari o’qish o’quv dasturi bilan chambarchas bog’liq bo’lib, unda ko’zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yaqindan yordam beradi. Buning uchun o’quvchilarda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalash, ularni oddiy kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga ko’tarish talab etiladi. O’quvchilarda kitobga havas uyg’otishda har bir bolaga yakka tartibda yondashish, shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish zarur. Bolalarda kitob ustida ishlash malakasini shakllantirish ularda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashning muhim omilidir.
Sinfdan tashqari o’qish tanish bo’lmagan mualliflarning ham kitoblari muqovasi, titul varag’i, kirish so’zi, mundarijasi va suratlariga qarab asarning taxminiy mazmunini aniqlash vazifasini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Sinfdan tashqari o’qish darslarning asosiy vazifasi o’quvchida badiiy kitoblarni o’qishga havas uyg’otish, o’qigan kitoblari yuzasidan kundalik yurita olishga o’rgatish, bolalar adabiyotining mashhur adiblari hayoti va ijodi bilan elementar tarzda tanishtirish hisoblanadi.
Bolalarda ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat uyg’otish, ularning bog’lanishli nutqini o’stirish, adabiy-estetik tafakkurini yuksaltirish sinfdan tashqari o’qish darslarining ham tub mohiyatini tashkil etadi.
STO’ sinfda o’qish bilan uzviy bog’liq ravishda uyushtiriladi. Sinfda o’qish STO’ uchun zarur bo’lgan o’qish malakalarini shakllantiradi, o’qigan asarni tushunishga o’rgatadi, lug’atni boyitadi. STO’ qiziqarli va o’ziga jalb etadigan faoliyat bo’lib, bolalarning bilim doirasini boyitadi, qiyoslash uchun material beradi. Sinfda o’qish − hayotga tayyorlash vositasi, sinfdan tashqari o’qish esa hayotning o’zidir.
Hozirgi paytda boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun sinfdan tashqari o’qishga mo’ljallangan “Kitobim-oftobim” nomli qo’llanmalar ham chop etilgan.
Sinfdan tashqari o’qish bosqichlari
STO’ darslari o’quvchilarda mustaqil kitob tanlash va o’qish malakalarini shakllantiradi. Mustaqil o’qish malakasini shakllantirish 3-bosqichga bo’linadi:
1. Tayyorlov bosqichi. Bu 1-sinfning savod o’rgatish davriga to’g’ri keladi. Unga darsning bir qismi − 17-20 daqiqasi ajratilgani uchun “STO’ ma’lumoti” deb yuritiladi.
2. Boshlang’ich bosqich. Bu 1-sinfning 2-yarim yilligiga to’g’ri keladi. Bu bosqichda haftada 1 marta 45 daqiqalik dars uyushtiriladi.
3. Asosiy bosqich. Bu bosqich 2-4-sinflarga to’g’ri keladi. Bu davrda o’quvchilarning o’qish malakalarni mustahkamlanadi. Bunda o’quvchilarning sinfdan tashqari o’qiganlari baholanadi.
STO’ bosqichlari, dastur talablari, tarbiyaviy vazifalari o’quvchilarning qiziqishlari bilan belgilanadi. Masalan, tayyorlov bosqichida kichik hajmdagi asarni o’qituvchi o’qib bersa, o’qilganlar yuzasidan suhbat, qayta hikoyalash o’tkazilsa, boshlang’ich bosqichda butun sinf o’quvchilari bir xil kitob bilan ta’minlanadi, barcha o’quvchilar bitta matn ustida ishlaydilar. Bunda bitta yozuvchi yoki bir mavzudagi asarlar ko’rgazmasi tashkil qilinadi. Asar ichda o’qishga topshirilishi, alьbomlar tayyorlanishi, kinofilьm va diafilьmlardan parchalar ko’rsatilishi, musiqiy daqiqalar o’tkazilish hamda asar mazmuni yuzasidan ijodiy rasmlar chizdirilishi ham mumkin. Bu jarayonda kitobni saqlash maqsadida uni yamash, o’rash o’rgatiladi, “Ertaklar bayrami”, “Ifodali o’qish tanlovi” o’tkaziladi.
Asosiy bosqich yakunida kichik yoshdagi o’quvchilar faol kitobxon uchun zarur bo’lgan yaxshi o’qish ko’nikma va malakalarini egallashlari, eng muhimi, ularning kitob hamda mustaqil o’qishni yaxshi ko’rishlariga erishish juda muhimdir.
Sinfdan tashqari o’qish uchun kitob tanlash tamoyillari
Metodikaning vazifalaridan biri STO’ uchun kitoblar tanlash, o’qiladigan adabiyotlar ro’yxatini tavsiya qilish, yillik o’quv rejasi va dars tuzilishi namunalarini ishlab chiqishdir.
Sinfdan tashqari o’qish uchun kitob tanlashda quyidagi tamoyillarga amal qilinadi:
1. Kitob tanlashda tarbiyaviy maqsad ko’zda tutiladi.
2. Kitob tanlashda asarlar janri va mavzusining xilma-xilligi e’tiborga olinadi. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar, asosan, hikoyalar, ertaklar, she’rlar, topishmoqlar, maqollarni o’qishga qiziqqanlari uchun shu janrdagi asarlar tanlansa, maqsadga muvofiq bo’ladi.
3. Kitobning o’quvchilar yoshi va saviyasiga mosligi hisobga olinadi. 4. Kitob tanlashda o’quvchilarning shaxsiy qiziqishi va mustaqil o’qishi hisobga olinadi.
5. Kitob tanlashda mavsumiy tamoyilga amal qilinadi.
Umuman olganda, kitobni to’g’ri tanlash sinfdan tashqari o’qish muvaffaqiyatini ta’minlashning muhim shartidir.
Sinfdan tashqari o’qishga rahbarlik qilish shakllari
STO’ga rahbarlikning asosiy shakli maxsus sinfdan tashqari o’qish darslaridir. Bunday darslar erkin dars hisoblanadi. STO’ darslarida o’quvchilarning kitobxonlik qiziqishlari, bilim doirasi, estetik taassuroti, badiiy obrazlarni idrok etishi, ijodiy qobiliyati rivojlanadi; faol kitobxonga xos ko’nikma va malakalar shakllanadi.
Sinfdan tashqari o’qish darslari o’quvchilarning faolligini oshirishga qaratiladi, shuning uchun ularning qurilishi juda xilma-xil bo’ladi. Har bir dars o’qituvchi va o’quvchining ijodi hisoblanadi; darsda qanchalik xilma-xillikka, hayotiylikka erishilsa, maqsadga erishish oson kechadi.
SHularga qaramay, STO’ darslari o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni amalga oshirishi uchun ma’lum talablarga bo’ysunadi. Ular quyidagilardir:
1. Har bir darsda o’quvchilar o’qigan kitoblar (asarlar) hisobga olinadi. Ular o’qigan va o’qiyotgan kitoblarini sinfga olib kelib ko’rsatadilar, ikki-uch o’quvchi o’zlari o’qigan kitob haqida gapirib beradi, darsda o’zaro fikr almashish holati yaratiladi (bu holat darsdan tashqpri vaqtda ham davom etishi mumkin).
2. Har bir darsda o’qish uchun yangi kitob (asar)lar tavsiya qilinadi. Tavsiya qilish shakllari turlicha bo’lib, ular fikr almashuv, kitobni ko’rsatish, sinfda ko’rgazma tashkil etish, o’quvchilarni qiziqtirish uchun tavsiya qilinadigan kitobdan biror parchani o’qib berish, rasmlarni ko’rsatish yoki filьm namoyish etishdan iborat bo’lishi mumkin.
3. Har bir darsda o’quvchilarga asarni yaxlit holda o’qitish mumkin. Agar asar hajmi kattaroq bo’lsa, bu ish ikki-uch dars davomida amalga oshiriladi. Bunda o’quvchilar o’zlari o’qigan kitobdan biror parchani ovoz chiqarib o’qib berishlari mumkin. Bu jarayonda ichda o’qishdan ham, she’r yodlashdan ham, rollarga bo’lib o’qishdan ham foydalaniladi.
1. Kitobni targ’ib qilish. STO’ga tavsiya qilinadigan asarlar ro’yxati sinfga yoki maktabning maxsus joyiga osib qo’yiladi, ular vaqti-vaqti bilan yangilab turiladi, to’ldiriladi, ko’rgazmalar tashkil qilinadi. O’qituvchi maxsus suhbatlar uyushtiradi.
2. Yakka tartibdagi yordam va kundalik tekshiruv. O’quvchilarning o’qigan kitoblari yuzasidan suhbat uyushtiriladi, o’qilgan kitoblar hisobga olinadi.
3. STO’ yuzasidan ommaviy ishlar. Adabiy ertaklar, viktorinalar, yozuvchilar bilan uchrashuvlar, adabiy ekskursiyalar uyushtiriladi, ular uchun maxsus tayyorgarlik ko’riladi.
O’quvchilarning o’qigan kitoblari og’zaki tarzda ham hisobga olinadi: ular o’qiganlari yuzasidan sinfdan tashqari o’qish va sinfda o’qish darslarida, yakka tartibdagi suhbatlarda gapirib beradilar.
BOSHLANG’ICH SINFLARDA ONA TILINI O’QITISH
METODIKASI
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirishda ona tilini o’rganishning o’rni
O’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish vazifalaridan biri ularda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirishdir. Bu vazifani hal qilishda maqsadga muvofiq ishlashning yetakchi sharti − o’quvchini shaxs sifatida muvaffaqiyatli kamol toptirishdir. Quyida ko’rsatilgan omillar tilni o’rgatish bilan bog’liq holda o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirish usulini belgilaydi:
1. Tilning ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyati uning aloqa (kommunikativ) vazifasini ifodalashdan iboratdir. Maktabda, shu jumladan, boshlang’ich sinflarda tilni o’rgatishning yetakchi yo’nalishi o’quvchilar tomonidan tilning aloqa vazifasini bajarishini tushunishlariga erishish hisoblanadi.
2. Til bilan tafakkur uzviy bog’liq bo’lib, tafakkur so’z vositasida yuzaga chiqadi. Til tafakkurnipg mahsuli hisoblanib, ongdan tashqarida o’zicha yashamaydi.
Maktabda tilning barcha tomonlari (talaffuzi, fonetikasi, leksikasi, grammatikasi, so’z yasalishi)ni o’zaro bog’liq holda o’rganish ona tilini o’rgatishdagi yetakchi tamoyil bo’lib, uni amalga oshirish o’quvchilarning tilni murakkab, rivojlanuvchan, o’zaro bog’langan muhim tomonlarga ega bo’lgan hodisa sifatida anglab yetishlari uchun ilmiy asos yaratadi. Tilning mohiyatini bunday idrok etish hodisalarning rivojlanuvchanligi va o’zaro bog’langan qismlardan tuzilishini tushunishga zamin hozirlaydi.
Maktab tajribasi va maxsus tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, yuqorida qayd etilgan dastlabki qoidalarni o’quv jarayonida amalga oshirishda ijtimoiy hodisa sifatida til haqidagi bilimlar majmuasini to’g’ri tanlash, asosiy til hodisalarini va turlarini tushuntirishda o’qituvchining tutgan metodologik yo’lining aniqligi, o’quvchilar fikrlashini faollashtirish, til nazariyasini o’rgatishga asos bo’ladigan til materialining yuqori sifatli bo’lishi kabi dalillar hal qiluvchi ta’sir etadi. SHubhasiz, har bir omil maktab tajribasida bir-biridan ajralgan holda bo’lmaydi. Aksincha, ularning bir-biriga to’g’ri, maqsadga muvofiq ta’siri ijobiy natija beradi.
Tilning rivojlanishi, ayrim so’zlarning ma’nolari haqidagi bilimni boshlang’ich sinf o’quvchilari ot, sifat, son, fe’lni o’rganish jarayonida asta-sekin bilib oladilar. Bu o’rinda «So’zning tarkibi» bo’limi katta imkoniyatga ega. O’quvchilar bu bo’lim materiallarini o’rganish jarayonida tilimizning yangi so’zlar bilan boyib borishi haqidagi muhim manbalar bilan, so’z yasalishi bilan tanishadilar. Ma’lumki, ko’pgina yangi so’zlar tilda mavjud bo’lgan so’zlar zaminida yaratiladi, tilda bor qoliplar kabi yasaladi: limon tipida limonzor, suvchi tipida bo’zchi kabi. Tilda yangi so’zning paydo bo’lishi o’zidan keyin bir xil o’zakli so’zlar guruhining hosil bo’lishiga sabab bo’ladi: ishli, ishsiz, ishchi kabi.
Boshlang’ich sinflarda tilning rivojlanishi haqidagi masala maxsus o’rganilmaydi. Tilga jamiyatning rivojlanishi bilan bog’liq holda rivojlanadigan hodisa sifatida ilmiy qarashga zamin yaratpsh muhim ahamiyatga ega. Tilning leksik tomoni boshqalariga nisbatan xarakatchan, tez rivojlanadigan bo’lgani uchun, til leksikasi misolida boshlang’ich sinf o’quvchilari saviyasiga mos ravishda jamiyatning rivojlanishi bilan bog’liq holda tilning ham rivojlanishi tushuntiriladi. Tilning leksik tarkibida yuz berayotgan o’zgarishlar yuzasidan o’qituvchi va o’quvchilarning kuzatishlari bolalarda dunyoni bilish haqidagi tasavvurini shakllantirishga mos material beradi.
Tildan bilim berishda o’quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish muhimdir. O’qituvchi nazariy xarakterdagi umumlashtirish zarur bo’lgan daliliy materiallarni yig’ish bosqichida ham, berilgan bilimlarni amaliyotga tatbiq etish uchun ham bolalarning hayotiy tajribasiga, nutqqa oid amaliyotiga tayanadi. Tilga oid bilimni o’rganish natijasida o’quvchilar nutk faoliyatining sifati o’zgaradi, ongliligi ortadi.
Dialektik tafakkur keng ma’noda hodisalarning boshqa hodisalar va jarayonlarga bog’liqligini hisobga olib, ularni har tomonlama mavjud belgilari yig’indisi bilan rivojlanishda ko’rish ko’nikmasini ta’riflaydi. Tafakkurning bunday sifati o’quvchilarda asta-sekin shakllana boradi va o’z navbatida, ular kuzatish jarayonida dalillarni topish, ularni tahlil qilish va o’rganiladigan hodisalarning ayrim tomonlari o’zaro bog’liqligini aniqlash, taqqoslash va umumlashtirish ko’nikmasini egallab boradilar. Keyingi yillarda o’quvchilarning o’quv faoliyati tobora izlanish xarakteriga ega bo’lmoqda. Tilni o’rganishda boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun ayrim qoida va aniqliklarni yodlab olish emas, balki atrofdagi hayotni kuzatish asosida o’quvchilarning o’zlari «topgan» yoki adabiy manbalardan tayyor olingan til materialini maqsadga muvofiq analiz va sintez qilish yetakchi hisoblanadi.
Ona tilini o’rganish jarayonida o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish masalasini hal qilishda maktabda ona tilini o’rgatishga asos bo’ladigan material alohida qimmatga ega. Materialning haqiqiy tomoni, uning g’oyaviy yo’nalishi va badiiy ifodaliligi o’quvchilarning fikrlash faoliyatiga, his-tuyg’ulariga ta’sir etadi, atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytiradi, tilga va uni yaratgan xalqqa qiziqishini tarbiyalaydi, o’quvchilarning umumiy taraqqiyoti darajasini o’stiradi va ularning shaxsiy sifatlarining, dunyoqarashlarining shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi. Keyigi yillarda maktab ona tili darsliklari va o’qituvchilar uchun nashr qilingan qo’llanmalar materiali mazmuniga qo’yilgan talablar anchagina ortdi. Materialning asosiy mezoni matn va alohida gaplarning bilimni boyituvchi qimmati, leksik-uslubiy aniqligi, mavzu jihatdan xilma-xilligi, hayotning turli tomonlari bilan bog’lanishi, matnlarning g’oyaviy-mavzuviy yo’naltirilganligi, kichik yoshdagi o’quvchilarga mosligidir.
SHunday qilib, tilni o’rganish jarayonida kichik yoshdagi o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishga o’qituvchining metodologik yondashuvi, o’quvchilar o’zlashtiradigan ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanib boruvchi til haqidagi bilimlar majmuasi, o’quvchilar o’rganib oladigan bilish usuli, tilni o’rganishga asos bo’ladigan materialning bilim berishdagi, g’oyaviy-siyosiy va badiiy qimmati hal qiluvchi ta’sir ko’rsatar ekan.
O’quvchilarda dunyoqarash asoslarini shakllantirish ko’p qirrali jarayon bo’lib, u maktabda va maktabdan tashqarida olib boriladigan o’quv-tarbiyaviy ishlarning barcha tizimida hal qilinadi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ona tilini o’rgatishning lingvistik asoslari
Maktabda o’quv predmeti sifatida tilni o’rganish tizimi tilning barcha tomonlarini, yaьni fonetikasi, leksikasi, so’z yaslishi va grammatikasi (morfologiya va sintaksis)ning o’zaro ichki bog’lanishlariga asoslanadi.
Tilning barcha tomonlari o’zaro bog’lanishining ko’p qirraliligi va murakkabligi, ularning dialektik birligi, avvalo, uning aloqa vositasidagi vazifasida namoyon bo’ladi. Aloqa vositaligi tilning muhim xususiyati, asosidir. Bu vazifani tilning har bir qismi boshqa qismlar bilan o’zaro bog’lanishda bajaradi. Har bir so’zga xos bo’lgan tovush shakli kishilarga aloqa uchun imkoniyat yaratadi. Ammo so’zning tovush qurilishi, shakli mazmunsiz aqlga to’g’ri kelmaganidek, o’zicha yashamaydi. Istalgan tovushlar yig’indisi emas, balki ma’lum ma’no bildiradigan tovushlar yig’indisigina aloqa maqsadiga xizmat qilishi mumkin.
Ma’lumki, ma’no bildiradigan tovushlar yig’indisi so’zdir. Tilning lug’at boyligi, leksikasi fikr ifodalash uchun xizmat qiladigan o’ziga xos qurilish materialidir.
Tilning lug’ati qanchalik boy bo’lsa ham grammatikasiz u o’lik hisoblanadi. Tilnnng lug’at boyligi o’z-o’zicha aloqa vazifasini bajarmaydi. Aloqa maqsadida xizmat qilish uchun lug’at boyligidagi so’zlar bir-biri bilan grammatik jihatdan o’zaro bog’lanib, gap tuziladi. Mana shu tuzilgan gap orqali fikr ifodalanadi.
Tilning har bir tomonining xususiyati undagi til birliklarining o’ziga xosligida namoyon bo’ladi. Fonetika uchun bunday til birligi nutq tovushlari, fonemalar; leksikologiya uchun ma’nosi va qo’llanishi nuqtai nazardan so’z; grammatika uchun so’z shakllari, shuningdek, so’z birikmasi va gap; so’z yasalishi uchun morfema, tuzilishi va yasalishi jihatdan so’z hisoblanadi.
So’z, so’z birikmasi va gap grammatik tomondan ko’pgina xususiyatlarga ega. So’zning o’z morfemik qurilishi, o’zining so’z yasalish turi, biror grammatik kategoriyasi (shaxs, son, egalik, kelishik va boshq.), ma’lum sintaktik vazifasi bor. So’z birikmasi ham so’z kabi so’z o’zgarishi (ko’proq ergash so’z o’zgaradi) shakllariga ega. Gap o’z qurilishiga ko’ra so’zdan sifat jihatdan farqlanadi: so’z o’zi alohida kelganda mustaqil ma’no anglatmaydigan morfemalardan tuziladi, gapni tashkil etuvchi qismlar esa gapdan tashqarida ham mustaqil leksik ma’no bildiradi, gap tarkibida esa uning ma’nosi yana oydinlashadi. Gap va so’z birikmasi “qurilish materiali” sifatida xilma-xil tuzilgan so’zdan foydalanadi. Gap uchun qator sintaktik xususiyatlar, shuningdek, tugallangan ohang ham xarakterlidir.
SHunday qilib, tilning har bir jihatining o’ziga xos xususiyatini ko’rib chiqishning o’zi ularning o’zaro munosabatini, bir-biriga o’tishining murakkabligini ta’kidlaydi. Tilshunoslik fani bo’limlari o’rtasidagi munosabatlar ham shunga o’xshash murakkabdir.
Fonetika, leksikologiya bilan ham, grammatika bilan ham bog’lanadi. Tovushlar, fonemalar, bo’g’inlar tilda alohida emas, balki ma’lum leksik ma’no bildiradigan so’z tarkibida yashaydi.
Fonetikaning sintaksis bilan bog’lanishi, xususan, har bir gapda ma’lum ohangda bo’lishida ko’rinadi. Grammatik va semantik jihatdan bog’langan so’zlar majmuasi ma’lum ohangga ega bo’lsagina gap hisoblanadi. Bunda gapning mazmuni so’zlovchining gapda ifodalangan ohangiga bog’liq bo’ladi. SHunday qilib, ohang gapda so’z tartibi, yordamchi so’zlardan foydalanish, so’z o’zgartishlar bilan birga gap tuzish usullaridan biri sifatida xizmat qiladi.
Leksikologiya so’z yasalishi bilan jips bog’lanadi: birinchidan, tilning lug’at tarkibi, asosan, tilda mavjud bo’lgan so’zlardan yangi so’zlar yasalishi hisobiga to’ldirilib, boyib boradi; ikkinchidan, yasalgan so’zlarning leksik ma’nosi yasama negizning moddiy ma’nosiga asoslanadi.
Morfologiya leksikologiya va so’z yasalishi bilan jips bog’langan. Morfologiya, asosan, so’zning grammatik xususiyatlarini o’rganadi. So’zning grammatik ma’nosi doimo leksik ma’nosi bilan birga namoyon bo’ladi, har bir so’z, bir tomondan, shu so’zga tegishli bo’lgan ma’lum o’ziga xos leksik-grammatik guruhning belgilarini bildiradi, ikkinchi tomondan, u so’zning o’z leksik ma’nosi bo’ladi. So’zdagi mana shu umumiy birlik morfologiyada, leksikadan ajralmagan holda, leksika zaminida o’rganiladi.
So’z uchun muqarrar morfemik tarkibi xarakterli bo’lib, bunga so’zning leksik ma’nosi va qator grammatik belgilari bog’liq bo’ladi. Yangi so’z qaysi usul bilan yasalmasin, u doim grammatik shakllanadi va o’zining leksik ma’nosiga ega bo’ladi. Har bir so’z turkumida so’z yasalishining xarakterli xususiyatlarn mavjud. So’zning morfemik tarkibi va yangi so’z yasalish usullari tilshunoslik fanining so’z yasalishi bo’limida, grammatika va leksikologiyadan ajratilmagan holda o’rganiladi.
Morfologiya va sintaksis har tomonlama o’zaro bog’lanadi. Morfologiyada, asosan, so’zlarning grammatik ma’nosi va uni ifodalash shakllari o’rganiladi; sintaksisda so’zlarni o’zaro bog’lanib so’z birikmasi va gap hosil qilish usullari, shuningdek, gap turlari, ularning mazmuni va ishlatilishi o’rganiladi. So’z morfologiyada ham, sintaksisda ham o’rganiladi, ammo o’rganish ob’ekti har xil bo’ladi. Sintaksisning o’rganish ob’ekti gapdir; unda so’z gap yoki so’z birikmasida boshqa so’zlar bilan ma’no va grammatik jihatdan bog’langan holda o’rganiladi. Morfologiyada so’z gapdan tashqarida ham o’rganilishi mumkin; so’zga muayyan leksik-grammatik guruhga kiradigan so’zlar bilan o’zaro munosabati nuqtai nazaridan qaraladi. Morfologiya va sintaksisda so’zga bunday har xil yondashish ularning bir-biriga bog’liqligini inkor etmaydi, aksincha, ular so’z va gapning o’zida yashaydi. So’zlar so’z o’zgarish tizimiga ega bo’lgani tufayli gaplar aloqa vazifasini bajaradi. SHakl yasalishi va so’z yasalishi morfologiyada o’rganiladi, ammo gapda tatbiq etiladi, so’zlarning o’zaro bog’lanish qoidalarini o’rganish esa sintaksis sohasiga taalluqlidir. So’z birikmasi tarkibidagi so’zlarning o’zaro bog’lanish usulini aniqlashda shu so’z birikmasiga kirgan so’z turkumining morfologik xususiyatlari hisobga olinadi. Bular morfologiya va sintaksisda bir-biri bilan bog’liq holda o’rganiladigan til hodisalarining ayrimlaridir. Bu aniq misollar morfologiya va sintaksis bir-birini taqozo qilsa ham, grammatikaning mustaqil bo’limi ekanini ta’kidlash uchun yetarli.
Keltirilgan fikrlar boshlang’ich sinf o’quvchilariga predmetlararo ichki bog’lanishni hisobga olgan holda ona tilini o’rgatish metodikasini belgilaydi.
1. Tilning barcha (leksik, fonetik, so’z yasash, grammatik) tomonlari o’zaro bog’liqligini va ularning har biri o’ziga xos xususiyatlarga ega ekanini hisobga olib, o’quvchilar tilni ongli o’zlashtirishlari uchun tilning har bir tomoni xususiyatlarini va ular o’rtasidagi bog’lanishni o’zlashtirishlari zarur.
1-4-sinflarda ona tilini o’rganish tizimi fonetika, leksikologiya, so’z yasalishi va grammatikaning o’zaro bog’lanishi mohiyatini hisobga olgan holda tuziladi. Bu hol dastur materiallarini o’rganish tartibini belgilashda ham, ta’lim mazmunini (dastur bo’limlari o’rtasidagi uzviy bog’lanishni) aniqlashda ham hisobga olinadi.
2. Tilning barcha jihatlarining bir-biriga ta’siri uning aloqa quroli vazifasida namoyon bo’ladi. Tilning asosiy birligi sifatida aloqa maqsadida so’zni to’g’ri talaffuz qilish yoki yozish, shu tilda so’zlashuvchi barcha kishilarga bir xilda tushunarli bo’lishi, gapda grammatik jihatdan to’g’ri tuzilishi kerak.
SHularni hisobga olib, kichik yoshdagi o’quvchilar tilning talaffuzi, grafik, leksik, so’z yasalishi va grammatik tomonlarining o’zaro bog’lanishi mohiyatini tushunishlari uchun dastur materialini o’rganishda tilning aloqa vazifasi yetakchi ekani nazarda tutiladi, ya’ni kishilar bilan aloqa jarayonida tilning barcha tomonlari birgalikda foydalanilishi hisobga olinadi. SHu maqsadda tilning fonetik tomonini o’rganishda so’zning ma’no va talaffuz jihatdan birlik hosil qilishini, tovushning so’z ma’nosini farqlashdagi o’rnini tushuntirishga katta ahamiyat qaratiladi.
“So’z” mavzusi o’tilayotganda o’quvchilar tomonidan so’zning talaffuzi, leksik ma’nosi, morfologik tarkibi, grammatik belgilari, yasalishi, nutqda ishlatilishi va yozilishini yaxlit tushunishga asosiy diqqat qaratiladi. Bunda o’qituvchi so’zning nom bo’lib xizmat qilishini ham, morfemik tarkibi va leksik ma’nosining bir-biriga ta’sirini ham o’quvchilarning tushunib olishlariga erishishi lozim.
“Gap” mavzusini o’rganish vaqtida esa ishning asosiy yo’nalishi nutqda gapning til birligi sifatidagi vazifasini tushuntirish va o’quvchilarda og’zaki va yozma nutqlarida gapdan oson foydalanish ko’nikmasini shakllantirish hisoblanadi.
Maktabda tilning barcha tomonlarini bir-biri bilan bog’liq holda o’rganish ona tilini o’rgatishning yetakchi metodik tamoyili hisoblanadi. Buni amalga oshirish til o’suvchan, bir-biriga o’zaro ta’sir etadigan tomonlari mavjud bo’lgan murakkab hodisa ekanini tushuntirishda ilmiy asos hisoblanadi.
Boshlang’ich sinflarda ona tilini o’rgatishning
mazmuni va vazifalari
Maktablarda ona tili o’rgatishning mazmuni jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida davlatimizning maktab oldiga qo’ygan vazifasiga moslangan. Bu vazifalar qo’p qirrali bo’lib, ularni bajarish o’quvchilar ongini o’stirishga, ularga g’oyaviy-siyosiy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasini berishga yo’naltirilgan. Ona tilini o’rgatish natijasida o’quvchilarda o’z fikrini grammatik to’g’ri, uslubiy aniq, mazmunli, ohangga rioya qilib ifodalay olish va uni imloviy to’g’ri yoza olish ko’nikmalari shakllantiriladi. Bu vazifa o’quv predmeti sifatida o’zbek tilining o’ziga xos xususiyati bo’lib, o’quvchini shaxs sifatida shakllantirishga yo’naltirilgan umumta’lim vazifalari bilan bog’liq holda amalga oshiriladi.
Ona tili kursida beriladigan bilimlar mazmunini o’zbek tilining tovush tuzilishi va yozma nutqda tovushlarni ifodalash usullari haqidagi (fonetik va grafik); so’zlarning o’zgarishi va gapda so’zlarning bog’lanishi haqidagi (grammatik, ya’ni morfologik va sintaktik); so’zning morfemik tarkibi va so’z yasalish usullari haqidagi (so’z yasalishiga doir); so’zlarning leksik-semantik guruhi haqidagi (leksikologik); o’zbek tilining to’g’ri yozuv tamoyillari va tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi (orfografik va punktuatsion) bilimlar tashkil etadi. Bu bilimlar, birinchidan, grammatik, fonetik, so’z yasalishiga oid tushunchalarda, ikkinchidan, grafik, orfografik, punktuatsion qoidalarda namoyon bo’ladi. Bundan tashqari, o’zbek tili kursi fonetik, grafik, morfologik, sintaktik va boshqa ko’nikma va malakalarni ham o’z ichiga oladi.
Tilni o’rganish jarayonida o’quvchilarda boshqa ko’pgina o’quv predmetlari uchun umumiy bo’lgan ko’nikmalar (predmetlararo ko’nikmalar)ni hosil qilish ustida ham ish olib boriladi. Pedagogikada bunday predmetlararo ko’nikmalarga analiz, sintez, abstraktlashtirish (til hodisalarini fikran tasavvur etish), umumlashtirish, guruhlash, taqqoslash kabilar kiradi. Ushbu ko’nikmalarni o’quvchilarda shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash ularning o’quv faoliyatini faollashtirishga, bilimlarini muvaffaqiyatli egallashlariga imkoniyat yaratadi. Ona tili kursidan hosil qilinadigan maxsus ko’nikmalar bilan predmetlararo ko’nikmalar, bir-biridan ajratilmagan holda o’quv-tarbiyaviy jarayonda shakllantiriladi.
Beriladigan bilim va o’quvchilarda hosil qilinadigan maxsus ko’nikmalar maktab dasturlari va davlat ta’lim standartida qayd etilgan.
Boshlang’ich sinflarda o’rganish uchun tilni ongli egallashga va o’quvchilarda grafik va imloviy malakalarni shakllantirishga zamin bo’ladigan bilimlar tanlangan. Fonetika va grafika sohasida o’quvchilar so’zning tovush tarkibini, unli va undosh tovushlarning o’ziga xos xususiyatlarini, so’zda tovushning ma’noni farqlashdagi ahamiyatini to’g’ri tushunishga imkon beradigan bilimlarni o’zlashtiradilar, shuningdek, ularga so’zning tovush va grafik shakli o’rtasidagi nisbat (bog’lanish)ni ongli aniqlash, so’zni to’g’ri yozish imkoniyati yaratiladi. Morfologiya sohasidan ham so’zni ongli o’zlashtirish, uni to’g’ri ishlatish uchun katta amaliy ahamiyatga ega bo’lgan bilimlar tanlangan. Boshlang’ich sinf o’quvchilari I sinfdan boshlab so’z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, fe’l)ni har xil saviyada o’rganadilar.
Sintaksisdan dasturga nutq birligi sifatida gap haqidagi, gapda so’zlarning bog’lanishi, bosh va ikkinchi darajali bo’laklar haqidagi bilimlar kiritilgan. So’zning morfemik tarkibi yuzasidan har bir morfemaning muhim belgilarini, ularning ahamiyati va so’zda bir-biriga ta’sirini boshlang’ich sinf o’quvchilari tushunadigan va so’zlarni to’g’ri yozishda foydalanishlari uchun zarur bo’lgan hajmda ma’lumot berilgan.
Dasturda “Leksika” bo’limi alohida berilmagan, ammo o’quvchilar so’zlarning leksik-semantik guruhlari (sinonimlar, antonimlar) haqida, ularning leksik ma’nolari haqida so’z turkumlari va so’z tarkibini o’rganish jarayonida ma’lumot oladilar.
Boshlang’ich sinflar ona tili kursi 1-4-sinflarda tilning hamma tomonlari o’zaro bog’liq holda o’rganilishi hisobga olinib tuzilgan, har bir sinfda fonetika, leksika, grammatika va so’z yasalishi haqida elementar bilim beriladi. Kursning bunday qurilishi tilning barcha tomonlarini bir-biriga o’zaro ta’sir etadigan bir butun hodisa sifatida o’rganishni taqozo etadi. Tilni o’rganishga bunday yondashish ta’lim jaryonini o’quvchilar nutqini o’stirish vazifasini hal etishga yo’naltirish imkonini beradi.
Dasturning “Grammatika, imlo va nutq o’stirish” bo’limi har bir sinfda quyidagicha qismlarni o’z ichiga oladi: “Tovushlar va harflar”, “So’z”, “Gap”, “Bog’lanishli nutq”. Asosiy mavzular bosqichli izchillik tamoyiliga asoslanib, har to’rt sinfda o’rganiladi. Har bir sinfda yetakchi mavzular ajratiladi. 1-sinfda fonetika va grafikaga oid mavzularni o’rganishga katta o’rin beriladi, chunki o’quvchilar o’qish va yozish jarayonini egallaydilar. 3- sinfda so’zning morfemik tarkibi va gapni o’rganish muhim hisoblanadi. So’z yasalishiga doir bilimlar asosida o’quvchilarda so’zning leksik ma’nosiga, undan nutqda foydalanishga ongli munosabat o’sadi. 4-sinfda so’z turkumlarini o’rganish birinchi o’ringa qo’yiladi (morfologik bilim chuqurlashtiriladi, otlarning egalik va kelishik qo’shimchalarini, fe’llarning tuslovchi qo’shimchalarini to’g’ri yozish malakalari shakllantiriladi).
Bog’lanishli nutq ustida to’rt yil davomida grammatik va orfografik materiallarni o’rganish bilan bog’liq holda reja asosida ish olib boriladi.
Ona tili darslarida til hodisalari ma’nosi (semantikasi), qurilishi, vazifasi jihatidan o’rganiladi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kundan boshlab jamiyatni isloh qilish siyosatini kun tartibiga qo’ydi. Barcha sohalardagi kabi ta’lim sohasini isloh qilish siyosati ham izchillik bilan amalga oshirila boshlandi.
Boshlang’ich ta’lim bo’yicha Yangi tahrirdagi Davlat ta’lim standarti ham mustaqillik davridagi tajribalar natijasi sifatida maydonga keldi. U boshlang’ich ta’lim darsliklari va metodik qo’llanmalarining yangi avlodini yaratishda dasturulamal vazifasini o’tamoqda.
Boshlang’ich ta’lim Davlat ta’lim standartining “Kirish” qismida “Boshlang’ich ta’lim jarayoni bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati, aqliy rivojlanishi, dunyoqarashi, kommunikativ savodxonligi va o’z-o’zini anglash salohiyatini shakllantirishga, jismonan sog’lom bo’lishga, moddiy borliq go’zalliklarini his eta olishga, go’zallik va nafosatdan zavqlana olish, milliy urf-odatlarni o’zida singdirish va ardoqlash, ularga rioya qilishga o’rgatadi”, − deb alohida ta’kidlangan.
Boshlang’ich ta’lim oldiga qo’yilgan bu kabi talablarni amalga oshirish ta’lim mazmunini aniq belgilab olishni, o’qitishga yangicha yondashuvni taqozo etadi.
Davlat ta’lim standartida ta’kidlanganidek, “Boshlang’ich ta’lim bosqichida davlat va jamiyat tomonidan qo’yiladigan talab”da ta’lim sohalari bo’yicha o’zaro muvofiqlik, mutanosiblik, uyg’unlik to’la ta’minlangan bo’lmog’i kerak. SHu jihatdan boshlang’ich ta’lim standartini belgilash ta’lim jarayonining tarkibini va xuddi shu tarkib komponentlarining mazmunini modernizatsiyalash, boshlang’ich ta’lim jarayonida yangi, zamonaviy pedagogik texnologiyani qo’llash imkonini beradi.
Boshlang’ich sinflarda ona tili ta’limi mazmuni ta’lim mazkur bosqichiga qo’yilgan talablardan kelib chiqib belgilanadi.
ona tilini puxta o’zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi,ta’lim jarayonida ularni ahloqiy-estetik tarbiyalashning muhum vositasi sifatida qaraladi.Sinfdan tashqari o’qishning maqsadi kichik yoshdagi o’quvchilarni bolalr adaboyoti va xalq o’gzaki ijodining xilma-xil namunalari bilan tanishtirish,ularda kitobxonlik madaniyatini tiklashdan iboratdir. Sinfdan tashqari o’qish dasturining mazmuniga ko’ra ta’limning har bir bosqichida ikki-asosiy bo’limga ajratiladi.
1-boshqichda o’qish doirasi,ya’ni o’qitiladigan kitoblar va ularni qaysi tartibda
o’qish bilan tanishtirish yuzasidan o’quvchilarga ko’rsatma beriladi.
2-bosqichda shu o’quv materiallari asosida bilim,ko’nikma va malakalar
shakllantiriladi.
Umumiy o’rta ta’limning Davlat standartlari va o’quv dasturiga ko’ra 1-sinfda
sinfdan tashqari o’qish mashq’ulotlarida savod o’rgatish darslarida hosil qilingan
ko’nikma va malakalar asosida bolalarning ona vatan,istiqlol,milliy qadriyatlar
haqidagi tasavvurlari kengay-tiriladi,boyitiladi. Sinfdan tashqari o’qish va qiroatxonlik savodlari 1-sinfda haftada 1 marta savod o’rgatish darslarining 20 daqiqasida bolalar badiiy adaboyoti bilan tanishtiriladi.Maqsad kichik yoshdagi bolalarda kitobga mehr uyg’otish, mustaqil uquvlarini paydo qilishdir.Asosan bu sinf o’quvchilariga kitob bilan muamola qilish,kitob o’qish qolidlari, kitobni asrash,asar qhramonlarining hatti-harakatlarini kuzatish,ijobiy tamonlarni o’rgamnish,obrazli qilib qayta hikoya qilib berish, bilim,ko’nikma va malakalarini shakllantirishdir.Bu sinf o’quvchilari uchun asosan rasmlarga boy kitoblar olinadi.O’qituvchi bolalarning his-tuyg’ularini o’stiradigan kitoblarni o’qib berish orqali mustaqil mamlakatimiz,uning go’zal shaharlari,qishloqlari,milliy urf-odatlari,qadriyatlari,o’tmishi,insonlarning orzuistaklari bilan tanishtiradi.Ularda bilimga havas uygotadi. 2-sinfda o’quvchilar kichik hajmdagi asarlarni o’qituvchining yordami va topshirrigi asosida mustaqil o’qishga o’tadilar.Bu sinfda 2 haftada bir marta sinfdan tashqari o’qish darlari o’tkaziladi.Ona-Vatan va ota-bobolar jasorati,o’simliklar,qushlar hamda hayvonlar haqidagi asarlarini o’qituvchi topib,tanlab o’quvchilarga o’qish uchun tavsiya qiladi.
3 va 4-sinflarda sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida o’quvchilarning
mustaqil o’qishlari uchun kishilarninig hayoti,yorqin tasvirlardan,ularning ma’naviyahloqiy
turmush tarzi aks rttirilgan badiiy va ilmiy-ommobop asarlar tavsiya etiladi.3-4
sinflarda sinfdan tashqari o’qish darslari ikki harflarda bir marta o’tkaziladi.Bu
sinflarda o’qituvchi sinf kutubxonasida kerakli bo’lgan o’quvchilar yoshiga mos
kitoblarni o’qish darslari ikki haftada bir marta o’tkaziladi.Bu sinflarda o’qituvchi sinf kutubxonasiga kerakli bo’lgan o’quvchilar yoshiga mos kitoblarni to’plashni davom ettiradi.Sinfdan tashqari o’qish burchagi turlicha bezatishi mumkin.Bunda o’qituvchi
va o’quvchilar hamkorlikda ish olib boradilar.Badiiy va ilmiy-ommsbop asarlar
mustaqil ravishda va izchil oqib borilsagina,o’quvchilarning dunyoqarasglarini
kengaytirishga,shakllantirishga xixmat qiladi.
Sinfdan tashqari o’qish bolalarda ezgulikka muxabbat,yozuvlikka nafrat
uyg’otish,boglanishli nutqni o’stirish,adabiy-estetik tafakkurlarni yuksaltirishga xizmat
qiladi.Bolalr adabiyoti avvalo o’zining qiziqarli mazmuni,badiiy obrazlarning
go’zalligi,tilning ifodaliligi,she’riy so’zlarning musiqaviyligi bilan bolalarga quvonch
bahsh etadi.Ayni vaqtda u bolalarga tarbiyaviy ta’sir ham ko’rsatadi.Bolalar adabiyoti
o’quvchilarga jonajon o’lka, tabiyatini,kishilarning mehnati,hayoti,ularning qilayotgan
ishlari va ko’rsatayotgan qahramonliklari,bolalar hayotidan olingan
voqelikni,bolalarning o’yinlarini tushunshga o’rgatadi.
9
1.1. Sinfdan tashqari o’qishning maqsad va vazifalari.
Xalqimimzning tarixi,uning urf odatlari,moddiy va ma’naviy boyliklari,barcha
orzu istaklari yillar davomida yaratilgan ertaklarda saqlanib kelmoqda.Kishilar o’z
orzu havaslarini yosh avlodlarda il-qizlarida ko’rishni istaydilar.Shu sababdan ham
o’quvchilarga ertaklarni o’qishga tavsiya qilinadi.Ertak o’qigan bolalar qiyinchilikni
yengishga,botir,jasur bo’lishga intiladilar.O’quvchilar yer yuzidagi barcha
insonlarning men bir bo’lagiman,men o’z xalqimga qilayotgan ishlarim bilan ularga
munosib bo’lib ulg’ayishim kerak desalargina o’z xalqini munosib farzandlari bo’la
oladilar.Ertaklar yosh avlodni ana shu ruhda tarbiylaydigan baynalminal badiiy
quroldir.”Uch og’ayni botirlar”,”Zumrad va qimmat”,”Egri va To’g’ri” kabi bir qator
ertaklar o’quvchilarning sevimli ertaklaridir.O’quvchilar bu ertaklardan kishi o’z
mehnatiga ishonib yashashni kerakligigini,birovning boyligiga hasad bilan qaramaslik
kerak degan hayotiy xulosalarni o’qituvchi yordamida tushinib yetadilar.
“Ur to’qmoq” ertagining bola harakterining shakllanisida alohida o’rni bor:
ertak yaxchiga-yaxshi,yomonga-yomon bo’lish kerak degan muhim qoidani o’rtaga
tashlaydi.Haqiqatdan ham xalqimizning “Qaynar xumcha”,”Ochil dasturxon”larini
zo’rovonlik bilan tortib oladigan shaxslarga nisbatan “Ur to’qmoq”larni ishlatish
zarurligini uqtiradi.
Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari o’qish darslari bilan bog’lab olib
boriladi.O’quvchilar o’qituvchi rahbarligi ostida avval mavzuga oid bir necha kitob
bilan tanishsalar,so’ngra bolalarning qiziqishlariga yaqin har xil mualliflarning bir
mavzuga doir kitoblarini mustaqil tanlab olishga o’tadilar.Bunga asosan o’qituvchi
o’quvchilar bilan maktab kutubxonasiga,3-4- sinflardan boshlab tuman yoki shahar
kutubxonasiga sayohat uyushtirib,bolalar adabiyoti bilan muntazam tanishtirib
boraradi.Shuningdek bolalar gazeta va jurnallari ham o’quvchilarga ertak,hikoyalar
o’qishga yordam beradi.
Sinfdan tashqari o’qish darslari,o’qish samaradorligini ijobiy tomonga ta’sir
qilishning eng qulay usulidir. Sinfda va sinfdan tashqari o’qish darslari boshlang’ich
sinflarda o’tiladigan barcha predmet dasturlarining bo’limlari bilan bevosita bog’liq.
10
O’qish darslarida o’tilgan mavzular asosida badiiiy kitiblar axtarish,asar
qahramonlarining nomlarini yozish,ularni tasvirlab berish,ijodiy rasm ishlash,fikrni
yakunlash uchun mos maqollar yod olish o’quvchini ijod qilishga undaydi.
Har bir sinfda sinfdan tashqari o’qilgan barcha asarlarni o’quvchilarga mos
ravishda biror voqeani sahnalashtirish mumkin.Bu boladagi nutqni
rivojlantirishga,lug’at boyligini oshirishga yordam beradi.Shungdek sahnalashtirilgan
asarni tomosha qilgan o’quvchilarning diqqatilari oshib xotiralarida saqlash qobiliyati
o’sadi.Hatto sahnalashtirish o’quvchini har tomonlama yo’naltiradi,ya’ni aktiyorlik
qobiliyatini rivojlantiradi,suxandonlik,rejissorlik kabi kasblarda ilk tasavvurlarni
o’rgata boshlaydi.Asarni sahnalashtirishga davrida albatta o’qituvchi rahbarlik
qiladi.O’quvchilar ifodali o’qishlari o’quvchilarda zavq-shavq uyg’otib kitobga,badiiy
asarga havas,uni o’qib o’rganishga intilish uyg’toadi.Sinfdan tashqari o’qish darslarida
o’qituvchi o’quvchilarni bolalar yozuvchilari va shoirlar bilan tanishtirib borishi
lozim.Q.Muhammadiy,P.Mo’min,Z.Diyor,A.Obidjon kabi yozuvchi va shoirlarning
asarlari o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otadi.Shuning uchun har bir maktab, ta’lim
muasssasi o’quvchilar o’rtasida turli mavzularda ijod ahli bo’lgan shoir va
yozuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etib turishlari kerak.Bunday uchrashuvlar
o’quvchilarni vatanni madh qilishga uni sevib ardoqlashga chaqiradi.Kitobni,asarni
qanday paydo bo’lishini,uni hurmat qilish, asrab-avaylashni o’’rgatadi.Shunday qilib
badiiy adabiyot,bolalar adabiyoti voqelikni haqqoniy aks ettirish,yorqin obrazlar
yaratish bilan bolalarda estetik did va ahloqiy sifatlarni mujassamlashtradi.Ularda
hayot go’zalligini idrok etishga o’rgatadi.So’z san’ati badiiy asarda o’z ifodasini
topadi.Xalq badiiy so’zning yosh avlod tarboyasidagi kuch-qudrati va jozibasiga
qadim zamonlardanoq e’tibor berib kelingan.Badiiy so’z xalqning barcha madaniy
boyliklarini abadiylashtirgan.Buning uchun esa o’quvchi albatta og’zaki xalq ijodni
yaqindan o’rganishi lozim.Ertaklar-yaxshilikka yetaklar deganlariday o’quvchi
ertaklar bilan tanishar ekan mard,jasur,vatanparvar,mehribon bo’lishga,topishmoqlar
o’qir ekan,topog’on,bilimdon,zukko bo’lishga intiladi.Shu bilan bir qatorda sinfdan
tashqari o’qish darslarini samaradorligini o’stirishda “Sinfdan tashqari o’qish”burchagini yuritish juda katta ahamiyatga ega.Chunki “Sinfdan tashqari o’qish
burchagi turlicha bezatilishi mumkin.Bu ishlar o’quvchilarning ilg’or pedagogik
mahoratiga va ijodkorligiga bog’liqdir.”Sinfdan tashqari o’qish burchagi” qanday
bezatilmasin,u yerda topshiriq,,rasm va shu kabilarni ishlab ilib qo’yish uchun taxta
yoki kitob javoni bo’lishi shart.(150x100) kattalikdagi stend devorga qistirilib,uning
tepa qismiga “Sinfdan tashqari o’qish burchagi” deb yozub qo’yiladi.O’quvchilar
navbatdagi sinfdan tashqari o’qish darsigacha o’qishlari uchun tavsiya etiladigan
adabiyotlar ro’yxati unga joylashtirilishi mimkin. Masalan:“ Do’stlik” mavzusida
sinfdan tashqari o’qish burchagi tashkil qilsak ishni quyidagicha bajaramiz. O’quvchilar ikki xafta davomida kitoblar bilan tanishadilar.O’zlariga yoddan
asar qaxramonlarining rasmlarini chizadilar,aplikasiyalar bilan bezatilgan rasmlar ham
tayyorlashlari mumkin.Xafta yakunida o’qigan kitoblari asosida sahna ko’rininshlari
tayyorlaydilar,monolog va diologlar o’iydilar.Savol-javob,test uslublaridan
foydalanadilar.
Darsllar jarayonida o’zgangan xalq maqollari,hikmatli so’zlar,tez aytishlardan
foydalanib o’quvchilarning o’g’zaki nutq ko’nikmalarini shakllantiish,mustaqil
fikrlash qobiliyatlarini o’stirishga ega bo’ladilar.
Masalan:”Mexnatsevarlik” mavzusida quyidagi interfaol uslublardan foydalanish
mumkin. Maktabdagi tarbiya ishlari, avvalo ta’lim jarayonida amalga oshiriladi.
O’qituvchi o’quvchilarga ta’lim berishda faqat ma’lum bilimlargagina berish bilan
cheklanmay, ularda kuchli e’tiqod, iroda va xarakter sifatlarini ham tarkib toptirishi,
qobiliyat va iste’dodlarini o’stirish kerak.
Maktabda ta’lim- tarbiya ishlarini yaxshilashda, o’quvchilarning har tomonlama
kamol topishida sinfdan tashqari o’qish darslarini muntazam ravishda o’tkazib turish
yoshlarning hayotda o’z o’rinlarini egallashlarida muhim ahamiyatga egadir.
Bolalar va o’smirlar ta’limga bo’lgan, yakka tartibdagi ortib boruvchi talab
ehtiyojlarini undirish ularning bo’sh vaqtini va dam olishini tashkil etish uchun davlat
organlari jamoa tashkilotlari shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar
madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda maktabdan tashqari
va nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etadilar.
Maktabdan tashqari ta’limni rivojlantirish, uning tuzilmasi va mazmun,
mundarijasini takomillashtirish vazifalarini hal etish uchun quyidagilarni amalga
oshirishi kerak: ta’lim berish va kamol toptirishga yo’naltirilgan xizmatlar
ko’rsatuvchi muassasalar tarmog’ini kengaytirish va bunday xizmatlar turlarini
ko’paytirish;
Milliy pedagogik qadriyatlarga asoslangan va jahondagi ilg’or tajribani inobatga
oluvchi dasturlar va uslubiy materiallar ishlab chiqish;
O’quvchilarning bo’sh vaqtini tashkil etishning, shu jumladan ommaviy sport va
jismoniy tarbiya sog’lomlashtirish tadbirlarining, bolalar turizmining, xalq
xunarmandchiligining mavjud turlari va shakllarini tiklash hamda amaliyotga joriy
etish.
Sinfdan tashqari o’qishning asosiy maqsadi, o’quvchilarni kitoblarga, badiiy
asarlarga qiziqishlarini oshirish, bilimlari asosida kitob ustida ishlash yuzasidan
ko’nikma va malakalar hosil qilish, dunyoqarashi va nutqlarini o’stirish hamda
kutubxonada mustaqil ishlash tajribalarini paydo qilishdan iboratdir. Boshlang’ich
14
ta’lim va nutq o’stirish dasturida sinfdan tashqari uqishning maqsadi o’quvchilarning
bilimlarini kengaytirish, kitobga va bilim olishga havasini tarbiyalash, kitob bilan
mustaqil ishlash malakasini takomillashtirish, ularning kitob o’qishga qiziqishlarini
oshirishdir.
Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun yosh kitobxonlarda kitobni mustaqil
o’qishga havas uyg’otish; yosh xususiyatlariga mos bo’lgan adabiyotlar va ularning
turlari bilan o’quvchilarni tanishtirish, mustaqil o’qish uchun kitob tanlash, tanlangan
kitoblarni ongli ravishda o’qib, o’qilganlarning mazmunini idrok etish, fikrlash,
mulohaza yuritishga o’rgatish talab etiladi. Sinfdan tashqari o’qish uchun kitob
tanlashda uning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatiga e’tibor beriladi.
Sinfdan tashqari o’qish sinfdagidek dars shaklida emas, balki suhbat, ertaklik,
mustaqil o’qish kabi turli ko’rinishlarda amalga oshiriladi. Ammo, o’qish dasturidagi
talablar asosida, sinfdagi dars mashg’ulotlari bilan bog’liq holda o’quvchilar bilimini
kengaytirish, o’qish ko’nikma va malakalarini o’stirish maqsadida guruh tartibda olib
boriladi.
Sinfdan tashqari o’qish uchun o’zbek xalq og’zaki ijodi materiallari, o’zbek
bolalar yozuvchilari asarlari va O’zbekiston tabiati manzaralari asos qilib olinadi.
Sinfdan tashqari o’qish bolaning sinfda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi. O’quvchi
maktabga qadam qo’ygan kundan boshlab kitobni mustaqil o’qish malakalari shakllana
va bosqichli amalga osha boradi.
1. T a y yo r l o v b o s q i ch i:
Bu 1-sinfning savod o’rgatish davriga to’g’ri keladi. Unga darsning bir qismi
17-20 daqiqasi ajratilgani uchun STU mashg’uloti deb yuritiladi. Uning o’ziga xos
xususiyatlari shundaki, o’qituvchi asarni o’zi tanlaydi, asarning kichik hajmda
bo’lishiga va boshqa kitob tanlash tamoyillariga e’tibor beradi. Asarni o’zi o’qib
beradi. O’quvchilar asarni eshitishga, eshitganlarini idrok etishga, ularga soddagina
baho berishga, asar mazmuni bilan sarlavhasining mosligini aniqlashga o’rgatiladi, asar mazmunini hikoyalab berishga o’rgatiladi. O’qish gigienasi,kitobga qanday
munosabatda bo’lish bilan tanishadilar.
2. B o sh l a n g’ i ch b o s q i ch:
1-sinfning 2-yarim yilligiga to’g’ri keladi. 1 va 2 –bosqichdagi STU haftada 1
marta o’tkaziladi. Boshlang’ich bosqichda 45 daqiqalik dars ajratiladi. Tanlangan asar
yaxshi o’qiydigan o’quvchiga maxsus tayyorgarlikdan so’ng o’qitiladi. Asarning oson
o’qiladigan o’rinlarini bo’sh o’qiydigan o’quvchilarga o’qitish mumkin. Bu ularda
o’qishga qiziqish uyg’otadi. Asar o’qilgan o’quvchilar asar nomini, muallifi bilan
tanishadilar, rasmlarini tomosha qiladilar, kitobxonlik daftarlariga u haqida qisqa va
soddagina qilib muallif, asar nomini yozadilar. Asar elementar tarzda tahlil qilinadi.
3. A s o s i y b o s q i ch:
2-4 sinfga to’g’ri keladi. Bu davrda o’quvchilarning o’qish malakalari
mustaqkamlanadi. Bu bosqichda o’quvchilarning sinfdan tashqari o’qiganlariga baho
quyiladi. Baho qo’yishda dastur talablariga asoslaniladi: sinfning umumiy ishlariga
qatnashishi, o’qigan kitoblarining sifat o’zlashtirishiga miqdoriga, o’qigan kitobiga
munosabat bildira olishiga e’tibor beriladi. Bunda o’quvchilar muayyan mavzuga doir
bir necha asarlarni o’qib keladilar, ularning ayrim o’rinlarini ifodali o’qib beradilar,
o’qigan asarlarini o’zaro taqqoslaydilar.
STO’ darslarini xususiyatlari. STO’ bosqichlari, dastur talablari, tarbiyaviy
vazifalari, o’quvchilarning qiziqishlari bilan belgilanadi. Masalan, tayyorlov
bosqichida kichik hajmdagi asarni o’qituvchi o’qib bersa, o’qilganlari yuzasidan
suhbat, qayta hikoyalash o’tkazilsa, boshlang’ich bosqichda butun sinf o’quvchilari bir
xil kitob bilan ta’minlanadi, barcha o’quvchilar bitta matn ustida ishlaydilar. Bunda
bitta yozuvchi yoki bir mavzudagi asarlar ko’rgazmasi tashkil qilinadi. Asar ichida
o’qishga topshirilishi ham mumkin, al’bomlar tayyorlanadi,kinofil’m,diafil’mlardan
parchalar ko’rsatiladi, musiqiy daqiqalar o’tkaziladi, asar mazmuni yuzasidan ijodiy
rasmlar chizdiriladi, kitobni saqlash maqsadida kitobni yamash, urash o’rgatiladi,
«ertaklar bayramlari», «Ifodali o’qish konkursi» o’tkaziladi.
Asar tahliliga doir ishlar kengaytiriladi, o’quvchilar o’qiganlarini taqqoslashga
umumlashtirishga, xulosalashga o’rgatiladi. Qahramonlarni elementar tavsiflaydi.
Rollarga bo’lib o’qishdan foydalaniladi. Asosiy bosqichda STU darslari 2-sinfda
haftada 1 marta,3-4 sinflarda 2 haftada 1 marta o’tkaziladi. O’quvchilar mustaqil
o’qishga o’rgatiladi, ular «G’uncha», «Gulxan» jurnalari bilan, «Tong yulduzi»
gazetasi bilan tanishtiriladi, ya’ni bolalar matbuoti bilan tanishtiriladi. Bu bosqichda
o’zbek, qardosh, chet el adabiyoti yozuvchilarining turli janrdagi, turli mavzudagi
asarlaridan foydalaniladi. Qo’shimcha sahnalashtirishlardan foydalaniladi. Bir darsga
o’quvchilar bir nechta asarlar o’qib kelib, ular haqida o’z fikrlarini aytib beradilar.
Qahramonlarni tasvirlab rasm chizadilar.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR
1.Ta’lim taraqqiyoti. Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standarti. Boshlang‘ich ta’lim ona tili dasturi. – T.: Sharq, 1999.
2. Boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha yangi tahrirdagi Davlat ta’lim standarti. – T.: 2005.
3. G‘afforova T. va boshqalar. Ona tili. 1-sinf. – T.: Sharq, 2005.
4. Qosimova K. va boshqalar. Ona tili. 2-sinf. – T.: O‘qituvchi , 2003.
5. Fuzailov S. va boshqalar. Ona tili. 3-sinf. – T.: O‘qituvchi , 2003.
6. Ikromova R. va boshqalar. Ona tili. 4-sinf. – T.: O‘qituvchi , 2003.
7. G‘ulomova X. va boshqalar. 1-sinfda ona tili darslari. – T.: Sharq , 2003.
8. Qosimova K. va boshqalar. 2-sinfda ona tili darslari.
– T.: Cho‘lpon , 2004.
9. Xudoyberganova M. va boshqalar. 3-sinfda ona tili darslari. – T.: O‘qituvchi , 2004.
10. G‘ulomova X. va boshqalar. 4-sinfda ona tili darslari. – T.: O‘qituvchi , 2003.
11. Abdullayeva Q. va boshqalar. Diktantlar to‘plami. 1-sinf o‘qituvchilari uchun qo‘llanma. – T.: O‘qituvchi , 1997.
12. Xudoyberganova M. Bayonlar to‘plami. – T.: O‘qituvchi , 1992.
13. Abdullayeva Q. va boshqalar. Diktantlar to‘plami. 1-2-3-4-sinflar uchun. – T.: O’qituvchi ,`
Dostları ilə paylaş: |