Mavzu: №1Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari



Yüklə 360,12 Kb.
səhifə46/54
tarix07.01.2024
ölçüsü360,12 Kb.
#207907
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   54
Mavzu №1Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari-fayllar.org

Muloqot maqsadi – bu insonda ushbu faollik turi yuzaga keladigan sabab. Hayvonlarda muloqot maqsadi bo‘lib boshqa tirik jonzotni ma’lum harakatga chorlash, u yoki bu harakatni amalga oshirmaslik kerakligi haqidagi ogohlantirish xizmat qilishi mumkin. Masalan, ona o‘z tovushi yoki harakati bilan bolasini xavfdan ogoh etishi mumkin; podadagi ba’zi hayvonlar boshqalarni ularga hayotiy muhim daraklar etib kelgani haqida ogohlantirishlari mumkin.
Odamda muloqot maqsadlari soni ko‘payadi. Ularga yuqorida sanab o‘tilganlardan tashqari, dunyo haqidagi bilimlarga ega bo‘lish va etkazish, ta’lim va tarbiya, odamlarning hamkorlik faoliyatlaridagi turli harakatlarning muvofiqlashuvi, shaxsiy va ish bo‘yicha o‘zaro munosabatlarning oydinlashtirilishi, o‘rnatilishi va boshqalar ham kiradi. Agar hayvonlarda muloqot maqsadlari ular uchun dolzarb bo‘lgan biologik ehtiyojlarni qondirishdan iborat bo‘lsa, odamlarda ular ko‘plab turli: ijtimoiy, madaniy, bilish, ijodiy, estetik, aqliy o‘sish, ahloqiy rivojlanish kabi ehtiyojlarni qondirish vositasi bo‘lib hisoblanadi.
Muloqot, odatda, beshta: shaxslararo, kognitiv, kommunikativ-axborotli, emotiv va konativ tomonlarining birligida namoyon bo‘ladi.
Muloqotning shaxslararo tomoni insonning bevosita atrof-muhiti: boshqa odamlar va o‘z hayotida bog‘liq bo‘ladigan umumiyliklar bilan o‘zaro ta’sirini aks ettiradi.
Insonning hayvonot olamidan farq qiluvchi, uning fiziologik, psixik va ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlarini aks ettiruvchi asosiy xususiyatlardan biri nutq deb ataluvchi alohida psixik jarayonning mavjudligi hisoblanadi. Nutq – bu odamlarning til vositasida muloqot qilishi. Gapira olish va begona tilni tushunish malakasiga ega bo‘lish uchun tilni bilish va undan foydalana olish zarur.
Til va nutqning psixologik faoliyatda tutgan o’rni.
Til va nutqning psixologik rivojlanish yo’lida tutgan o’rni beqiyosdir. Nutqning paydo bo’lishi bilan birga insonning psixologik va ruhiy doirasi ham rivojlana boshlaydi. Masalan, qabul qilish , xotira, tafakkur, tasavvur, e’tibor kabilar faqatgina til tufayli rivojlana boradi.
Nutq – inson psixologiyasining eng muhim vazifalaridan biri bo’lib, boshqa psixologik jarayonlarni boshqarib, bir biriga boq’lab turadi. Inson onggidagi tafakkur va tasavvur qilish jarayonlari nutq faoliyati bilan chambarchas bog’liq bo’lib, inson fikrlash faoliyati – nutqiy tafakkurni paydo qiladi. Nutqning rivojlanishi boshqa psixologik jarayonlarning rivojlanishiga turtki bo’ladi.
Nutq o’z navbatida tashqi, ichki, og’zaki, yozma dialog va monolog ko’rinishlarida bo’ladi. Nutq o’zaro munosabat va muloqotda eng asosiy qurol hisoblanadi.
Muloqot- bu odamlar o’rtasidagi aloqa, buning natijasida odamlarning bir biriga bo’lgan ta’siri paydo bo’ladi. Muloqot davomida odamga nisbatan extiyoj tug’iladi. Muloqot tufayli odamlar turli xil amaliy va nazariy faoliyatlarni uyushtiradi. Bundan tashqari axborot almashish, bir-birini tushinish kabi jarayonlar ham muloqot tufayli sodir bo’ladi. Shuningdek , muloqot shaxslar o’rtasidagi munosabatlarni yaratib, ularni amalda qo’llashdayordam beradi.
Psixologiyada «til» va «nutq» tushunchalari mavjud. Til – bu odamlar uchun ma’lum ma’no va ahamiyat kasb etuvchi tovush birikmalarini etkazuvchi shartli ramzlar tizimi. Til jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, odamlarning ijtimoiy ongida ularning ijtimoiy turmushini aks ettirish shakli, shuningdek, ijtimoiy-tarixiy rivojlanish mahsuli bo‘lib hisoblanadi. Tilning noyob hodisaviyligi shundaki, har bir odam atrofdagilar muloqotda bo‘ladigan tarkib topgan tilga ega bo‘ladi va rivojlanish jarayonida uni o‘zlashtirib boradi.
Til – bu murakkab hosila. Istalgan til, avvalo, tilning leksik tarkibi deb ataluvchi ma’nodor so‘zlarning ma’lum tizimiga egadir. Bundan tashqari, til so‘z va so‘z birikmalari turli shakllarining ma’lum tizimidan iborat bo‘lgan til grammatikasiga, shuningdek, aniq bir tilga xos bo‘lgan ma’lum tovush yoki fonetik tarkibga egadir.
Til, asosan, har bir so‘z ma’nosini mustahkamlash uchun xizmat qiladi. So‘zning istalgan ma’nosi umumlashtirishni anglatadi, masalan, slova «odam», «mashina», «stol» va boshqalar.
Tildan farqli ravishda nutq deb ma’lumot etkazish, ko‘rsatma, savol, buyruq berish shaklida amalga oshiriladigan nutqiy muloqot jarayoniga aytiladi. Nutq yordamida u yoki axborotni etazish uchun ma’lum ma’noga ega bo‘lgan mos so‘zlarni tanlash emas, balki ularni aniqlashtirish ham lozim. Nutqdagi har bir so‘z ma’lum ma’nogacha qisqartirilgan bo‘lishi zarur. Bunga so‘zni ma’lum kontekstga kiritish bilan erishiladi. Masalan, «bu qanday mashina?» degan savol bilan bizni jismning o‘zida qiziqtirayotgan holatni aniqlashtirmoqchi bo‘lganimizda murojaat qilamiz, agarda «bu kimning mashinasi?», deb savol bersak, bizni jism emas, uning kimga tegishliligi qiziqtirayotgani ma’lum bo‘ladi.
Nutqda so‘z ifodalari bilan etkaziladigan mazmundan tashqari, bizning so‘zlayotganlarimizga nisbatan munosabatimiz ham ifodalanadi. Bu hodisa nutqning emotsional-ifodali jihati  deb ataladi va iborani talaffuz qilishda qo‘llaydigan so‘zlarning jaranglash toni bilan belgilanadi.
Va nihoyat, nutq psixologik jihatdan mohiyatga ega bo‘lgan u yoki bu ibora maqsadini aks ettiruvchi kontekstdan iborat bo‘ladi.
Shunday qilib, nutqiy muloqot – bu murakkab va ko‘p tomonlama jarayon. A.n. leontevning fikriga ko‘ra, har bir nutq akti «o‘ziga xos nutqning shakli va turi, aniq sharoitlar va muloqot maqsadlariga ko‘ra, turli nutq vositalarini qo‘llashni talab etuvchi psixologik muammoning echimini topishdan iborat». Xuddi shu nutqni tushunishga ham tegishlidir.
Muloqoting universal vositasi sifatidagi hozirgi zamon nutq holatigacha odamning uzoq davom etgan filogenezdagi taraqqiyot jarayoni bo‘lib o‘tgan edi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, nutq – bu insonga xos bo‘lgan faoliyat. Nutq bilan birga til ham, ilk marotaba faqat insoniylik jamiyatida, hamkorlikdagi mehnat jarayonida yuzaga keldi.
Hazirgi zamon fan ma’lumotlariga ko‘ra, dastlabki nutq vositasi majmuiy kinetik nutq bo‘lgan. Nutqning bu shakli ibtidoiy obrazli tafakkur bilan bog‘langan bo‘lib, taxminan yarim million yil avval mavjud bo‘lgan. Majmuiy kinetik nutq deb, tana harakatlari yordamida ma’lumot etkazishning sodda tizimiga aytiladi.
Inson muloqotda shakllanadi, rivojlanadi va shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy muloqotda ruhiyat taraqqiy etadi va individ o‘zini hayotga joriy etadi. Ruhiy jihatdan rivojlangan odamlar bilan muloqotda bo‘lish orqali, ilm olishga bo‘lgan keng imkoniyatlar evaziga inson o‘zining barcha yuksak qobiliyat va sifatlarini egallab borib, shaxsga aylanadi.
Tirik mavjudotlar muloqoti filo- va ontogenezda rivojlanadi. Bu rivojlanish jarayonning barcha asosiy tomonlari: mazmuni, maqsadlari va vositalarini egallaydi. Muloqotning filogenetik taraqqiyoti muloqot mazmunining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lib, quyidagi fikrlarda o‘z ifodasini topadi:
- bir mavjudotdan ikkinchisiga etkaziladigan muloqot mazmunining yangi axborot bilan boyitilishi. Avvalo – bu organizmning ichki, biologik holatlari haqidagi ma’lumotlar; so‘ngra – tashqi muhitning hayotiy muhim xossalari haqida axborot. Shundan so‘ng muloqot mazmuniga kognitiv xususiyatga ega bo‘lgan, ob’ektiv, tirik jonzotning xususiy ehtiyojlaridan mustaqil bo‘lgan tushunchalar ko‘rinishidagi olam haqida bilimlarini ifoda etuvchi axborot kiradi. Bu, endi, inson darajasida, muloqot evolyusion rivojlanishining birinchi ikki bosqichi esa hayvonlar darajasi sodir bo‘ladi;
- maqsadlarning boyitilishi o‘zaro muloqotda bo‘ladigan organizmlar ehtiyojlarining o‘zgarishi va rivojlanishi bilan bog‘liq: bu ehtiyojlar qanchalik turlicha va yuksak bo‘lsa, muloqotning maqsadli nuqtai nazari ham shunchalik xilma-xil va takomillashgan bo‘ladi.
Muloqot vositalarining filo- va ontogenezdagi taraqqiyoti bir necha yo‘nalishlarda boradi. Birinchidan, bu muloqotchanlik vositalarining maxsus organlari. Masalan. Qo‘llarning ajralishi. Ikkinchidan, ekspressiv ko‘rinishdagi harakatlar (imo-ishora, mimika, pantomimika)ning rivojlanishi. Uchinchidan, axborotlarni etkazish va kodlashtirishning vositasi bo‘lgan belgili tizimlarni kashf etish va qo‘llash. To‘rtinchidan, insonlar muloqotida qo‘llaniladigan axborot etkazish va qayta tuzish, saqlashning texnik vositalarini rivojlantirish va takomillashtirish (matbuot, radio, televidenie, telefon, telefaks, texnik yozuvning magnitli, lazerli va boshqa usullari va h.k.).
Bolaning ruhiy taraqqiyotida ontogenezning dastlabki bosqichi davridagi uning kattalar bilan muloqoti, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Muloqotda, avvalo,to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqlid qilish, keyinchalik vikar o‘rganish, so‘ngra esa, verbal o‘rganish – iborali qoidalar orqali bolaning hayotiy tajribasi orttirilib boriladi. U bilan muloqotda bo‘ladigan odamlar bola uchun bu tajribani tashuvchi bo‘lib xizmat qiladi va muloqotdan tashqari, boshqa hech qanday vosita yordamida bunga erishib bo‘lmaydi.
O‘z tadqiqotlarida r.s. Nemov inson muloqoti taraqqiyoti ontogenezi va uning asosiy bosqichlarini ko‘rib chiqadi. Uning ta’kidlashiga ko‘ra, inson bolasi o‘zida odamlar bilan emotsional muloqotga kirishishga bo‘lgan layoqatni uch oyligida sezadi (jonlanish kompleksi), bir yoshga etganda esa uning ekspressiyasi shunchalik boyib ketadiki, muloqotning verbal tilini tezda o‘zlashtirib olish, tovushli nutqdan foydalanish imkonini beradi.
R.s. Nemovning fikriga ko‘ra, maktabgacha bo‘lgan davrda odam muloqotining ontogenetik taraqqiyoti bosib o‘tadigan asosiy bosqtchlarni quyidagicha tasavvur qilib, ta’riflash mumkin:
1. Tug‘ilgandan 2-3 oylikkacha bo‘lgan yosh davri. Mazmun jihatidan biologik bo‘lgan, bolaning hayotiy ehtiyojlarini qondirish vositasi bo‘lib xizmat qiluvchi aloqaviy muloqot. Muloqotning asosiy vositasi – sodda mimika va oddiy imo-ishoralar.
2. 2-3oylikdan 8-10 oylikkacha yosh davri. Asosiy his-tuyg‘u organlari faoliyatining boshlanishi va yangi taassurotlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan bilish muloqotining dastlabki bosqichi.
3. 8-12 oylikdan taxminan 1,5 yoshgacha bo‘lgan davr. Kognitiv ehtiyojlarga xizmat qiluvchi boshqariladigan, verbal-neverbal muloqot. Tildan muloqot vositasi sifatida foydalanishga o‘tish.
4. 1,5 yoshdan 3 yoshgacha. Jismli faoliyat va o‘yinning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyat va o‘yin muloqotining yuzaga kelishi. Faoliyat va shaxs muloqotiga bo‘linishning dastlabki bosqichi.
5. 3 dan 6-7 yoshgacha bo‘lgan davr. Tabiatdan berilgan turli xildagi tabiiy belgilar yoki orttirilgan muloqot vositalarini ixtiyoriy ravishda tanlash va ulardan foydalanish. Syujetli-rolli o‘yinlarga jalb qilish asosida paydo bo‘ladigan syujetli-rolli muloqotning rivojlanishi.
Maktabga qadam qo‘yishi bilan bolaning aqliy va shaxsiy o‘sish jarayoni jadallashadi. Muloqot mazmuni chuqurlashadi va xilma-xillashadi, maqsadlar ko‘payib, muloqotchanlik vositalari takomillashadi.



Yüklə 360,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin