Mavzu: №1Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari


Mavzu: № 33 Xarakter va uning shakllanishi



Yüklə 360,12 Kb.
səhifə44/54
tarix07.01.2024
ölçüsü360,12 Kb.
#207907
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54
Mavzu №1Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari-fayllar.org

Mavzu: № 33 Xarakter va uning shakllanishi
Reja:
1.Xarakter haqida tushuncha.
2. Xarakterning fiziologik asoslari.
3. Xarakter tipologiyasi.
Mavzu yuzasidan tayanch tushunchalar:
Xarakter - shaxsning voqelikka bo`lgan munosabatlarini ifodalovchi uning xulq - atvori va xatti - harakatlarida namoyon bo`ladigan barqaror xususiyatlarning individual tarzdagi yig`indisi.

Xarakter aktsentuatsiyasi - biror xususiyatning boshqa belgilar fonida ajralib turishi va alohida rivojlanishga ega bo`lishi.


Psixopatiya - aqliy qobiliyat saqlanib qolgani tarzda boshqa kishilar bilan bog`liq xarakterga oid hastalik, ba`zan atrofdagilar uchun ijtimoiy xavfli bo`lishi ham mumkin.
Har bir odam har qanday boshqa odamdan o`zining individual - psixologik xususiyati bilan ajralib turadi. Bu erda gap xarakter haqida boradi. “Xarakter” so`zi aynan tarjima qilinganda grekchadan “tamg`a” degan ma`noni anglatadi. Lekin har qanday individual xususiyatlar ham xarakter bo`la olmaydi. Masalan, ko`rish va eshitishning o`tkirligi, tez esda olib qolish bu xarakter emas.
Xarakter deganda mazkur shaxs uchun tipik hisoblangan, faoliyat usullarida namoyon bo`ladigan, tipik sharoitlarda ko`rinadigan va bu sharoitlarga shaxsning munosabati bilan belgilanadigan individual - psixologik xususiyatlar yig`indisi tushuniladi. Xarakter xususiyatlarining namoyon bo`lishi - har bir tipik vaziyat hissiy kechinmalarining individual o`ziga xos xususiyati shaxs munosabatlariga bog`liq. Ikkinchi tomondan, har bir tipik vaziyatdagi harakat sifatlari va individual o`ziga xos usullari shaxs munosabatlariga bog`liq. Xarakterning intellektual, hissiy va irodaviy xislatlarini ajratish mumkin. Xarakter deganda, shaxsda muhit va tarbiya ta`siri ostida tarkib topgan va uning irodaviy faolligida, tevarak atrofdagi olamga (boshqa kishilarga, mehnatga, buyumlarga) o`z - o`ziga bo`lgan munosabatlarda namoyon bo`ladigan individual xususiyatlarini tushunamiz.
Xarakterning juda ko`p xislatlari odamning ish - harakatlarini belgilovchi chuqur va faol mayllar hisoblanadi. Mana shu moyilliklarda xarakter xislatlarining undovchilik kuchi namoyon bo`ladi. Odam xarakter xislatlarining ana shunday undovchilik kuchi tufayli ko`pincha ob`ektiv sharoitga zid ish qiladi va mutlaqo maqsadga nomuvofiq harakat usullarini qo`llaydi. Ayrim odamlar bilib turib qiyin vazifani tanlaydilar, ayrimlar aksincha. Xarakter xislatlari ma`lum tarzda harakat qilishga ba`zan esa sharoitga qarama - qarshi harakat qilishga undar ekanlar, ular hayotiy qiyin daqiqalarda yaxshiroq namoyon bo`ladilar. Xarakter qarshilik ko`rsatuvchi sharoitlar bilan kurashda sinaladi. Xarakterni tarbiyalash barkamol avlodni tarbiyalashning markaziy va muhim vazifalaridan biridir. Qat`iyatlilik tanqidiy qarash, fahm-farosat, kuzatuvchanlik, xushyorlik singari xislatlari – intellektual (aqliy), quvnoqlik, mehribonlik - hissiy - irodaviy xususiyatlarga kiradi.
Xarakterning psixologik va fiziologik sabablari haqida faqat taxminiy fikrlar, xulosalar mavjud. Kishi temperamenti uning xarakteri tarkibiga kiradi, shu sababli ham xarakterning fiziologik asosi asab tizimining tipidan iborat.
Xarakter xislatlari shaxsning qiyin hosil qilinadigan va mustahkamlanib qoladigan xususiyatlari bo`lganlari tufayli, xarakterning fiziologik asosi ham individual hayot jarayonida asab tizimining o`zgargan xususiyatlaridan iborat. Hayvon asab faoliyatining tug`ma konstitutsion turi genotip. Lekin hayvon tug`ilganidan keyin tashqi sharoitlarning g`oyat xilma - xil taassurotlariga duch keladi va bunga muayyan faoliyat orqali u muqarrar javob berishi lozim bo`ladiki, ko`pincha bu faoliyatlar mustahkamlanib, butun hayoti bo`yicha saqlanib qoladi. SHu sababli hayvonning batamom tarkib topgan asab faoliyati tipga oid belgilardan tashqari muhit ta`siri ostida hosil bo`lgan o`zgarishlarning qotishmasi - fenotip xarakterdir. Dinamik stereotip shaxsdagi mustahkam odat bo`lib qolgan xususiyatlarining, jumladan, xarakter xislatlarining ham nerv - fiziologik asosidir. Xarakterning nerv - fiziologik asosini tushunish uchun I.P. Pavlovning ikkinchi signal tizimi haqidagi ta`limoti katta ahamiyatga egadir. Ikkinchi signal tizimi nutq va tafakkurning fiziologik asosi bo`lish bilan birga, kishi xulqini ham idora qiladi. Xarakterning fiziologik asosi xarakterning mazmunini tashkil qiladigan sifatlari, chunonchi, ijtimoiy maslak, mardlik, o`z burchiga sadoqatli bo`lishlarini o`z ichiga olmaydi va ololmaydi ham, albatta xarakter psixologiyasining mazmuni o`zining kelib chiqishi jihatidan ijtimoiy hodisadir: psixologiya xarakterning mazmunini tashqil qilgan tomonlarini yoritishligi tufayli, u ijtimoiy fanlar qatoriga kiradi.
Psixologiya tarixida xarakterning tipologiyasini yaratishga bir necha bor urinib ko`rilgan. Nemis psixologi va psixiatri e.Krechmer tomonidan XX asr boshlarida tavsiya etilgan tipologiya eng mashhur va dastlabki urinishlardan biri edi. Keyinchalik uning hamkasblari U.SHeldon, e.Fromm, K. Leongard va A.E.Lichkolar tomonidan ham shunday tipologiyalar tavsiya etildi. Inson xarakterining barcha tipologiyalari quyidagi asosiy g`oyalarga muvofiq tarzda tashqil etilgan:
1. Inson xarakteri uning ontogenetik taraqqiyoti mobaynida juda erta namoyon bo`la boshlaydi va butun hayoti davomida barqaror bo`lib boradi.
2. Xarakter tarkibiga kirgan xususiyatlar tasodifiy uyushma emas. Ular xarakter tipologiyasini tuzish imkonini beruvchi bir - biridan farq qiluvchi tiplardan iborat.
3. Mazkur tipologiyaga ko`ra, ko`pchilik kishilarni ma`lum guruhlarga birlashtirish mumkin.
E. Krechmer odam tanasining tuzilishi va konstitutsiyasiga ko`ra, eng ko`p uchraydigan uchta tipni ajratib ko`rsatgan (astenik, atletik, piknik).Ularning har birini shaxsning ma`lum xarakter tiplari bilan bog`langan bo`lsa ham aslida hech qanday ilmiy asoslar bo`lmagan.
1. Astenik tip - Krechmer fikricha, uncha katta bo`lmagan gavda tuzilishi urtacha yoki undan balandroq bo`yli, oriq kishilardir. Asteniklarning tana va yuz terisi noziq, elkasi tor, yassi, mushaklari yaxshi rivojlanmagan.
2. Atletik tip - skelet va mushaklar yaxshi rivojlangan, o`rtachadan yuqori, baland bo`yli, keng elkali, kuchli ko`krak qafasli, boshini tik tutib yuradigan kishilardir.
3. Piknik tip - bosh, ko`krak qafasi va qorin bo`shligi yaxshi rivojlangan, semirishga moyil, tayanch - harakat a`zolari yaxshi rivojlanmagan kishilardir.
E. Krechmer mazkur tiplar bilan ayrim ruxiy kasalliklar o`rtasida muvofiqlik bor, degan fikrni ilgari suradi. Masalan, atletik va astenik tiplar shizofreniyaga moyilroq deb hisoblaydi.
E. Krechmer tipologiyasi hayotiy kuzatishlar asosida xulosalar chiqarish orqali tuzilgan bo`lsa ham kamchiliklarga ega. Ba`zi ilmiy tadqiqotlar ma`lum tana tuzilishiga ega kishilar ruxiy kasalliklarga moyil ekanligini aniqladi va xarakter aktsentuatsiyasi haqidagi fikrlarni ilgari surish imkonini berdi.Nemis psixiatri K. Leongard fikricha, 20 - 50 % kishilarda ba`zi xarakter xususiyatlari shu darajada kuchliki, ba`zan bir xil tipdagi ziddiyat va hissiy portlashlarga olib kelishi mumkin. Xarakter aktsentuatsiyasi - biror xususiyatning boshqalari zarariga kuchli rivojlanishi va atrofdagilar bilan munosabatlarining yomonlashuviga olib kelishidir. Xarakter aktsentuatsiyasi turli darajada engil va hatto psixopatiya darajasigacha bo`lishi mumkin. O`smirlar orasida xarakter aktsentuatsiyasi ko`p (50-80%) uchraydi. Uni turli psixodiagnostik testlar, masalan, Shmishek testi orqali aniqlash mumkin.
K. Leongard tomonidan xarakter aktsentuatsiyasi quyidagicha tasniflanadi:


Yüklə 360,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin