O‘qitishning asosiy shakli bo‘lgan darsda o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni orttirish, ularni amaliyotga qo‘llash, tabiatga nisbatan ongli munosabat, kuzatish, o‘quv va amaliy mehnat ko‘nikmalarini tarkib toptirishga xizmat qiladi. O‘qitish davomida alohida organizmlar va xodisalar haqida ilk bor shakllangan tushunchalar kengaytiriladi, boshqa tushunchalar bilan birikib, murakkab tushunchalarning hosil bo‘lishiga olib keladi. Tabiat hodisalarini kuzatish olamning moddiyligi, tabiatdagi o‘zaro bog‘lanish va rivojlanish, tabiiy boyliklarning inson hayoti va xalq xo‘jaligida tutgan o‘rni, ularni muhofaza qilish tadbirlari bilan tanishtirish orqali Ona Vatanning tabiatga mehr-muxabbat uyg‘otish, ekologik, estetik, iqtisodiy va gigienik tarbiya berish imkoniyati vujudga keladi.