Tirik organizmlarning tuzilishi va organlarning funksiyalaridagi o‘ziga xos xususiyatlarni yashash muhitiga bog‘liq holda o‘rganilishi o‘quvchilar tomonidan biologik qonuniyatlarni “tabiat-inson-jamiyat” munosabatlari nuqtai nazaridan o‘rganishga imkon yaratadi. O‘rganilayotgan mavzu mazmuniga bog‘liq holda samarali tashkil etilgan ekskursiyalarda o‘quvchilarda biologik ob’ektlarning tuzilishi, rivojlanishi va hayotiy faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini chuqurroq anglash, ilmiy dunyoqarashni kengaytirish imkonini beradi. Tirik organizmlarning jamoalari, ularning tarkibi, oziq zanjiri, energiya sarfi, biosferadagi modda va energiya almashinuvini tasavvur qilishga zamin tayyorlaydi.