Mavzu: 2 Tayyorgarlik ishlari: qurilish olib boriladigan joylarni ish boshlashga tayyorlash Reja



Yüklə 95,61 Kb.
səhifə5/5
tarix12.04.2023
ölçüsü95,61 Kb.
#96731
1   2   3   4   5
2.1-ma\'ruza-2

Ekskovator bilan ishlaganda
- ekskovatorlarning koʻchma tayanchlari gorizontal tekislikka mustahkam
oʻrnatilmaguncha grunt qazish ishlarini boshlash taʼqiqlanadi.
- ekskovatorning oʻqi (stela) va choʻmichi tagida, ekskovator va transport
vositalari orasida, kovlanayotgan joyda va ish olib borilayotgan joyning
15 m gacha boʻlgan masofasida odam boʻlmasligi kerak.
- ishlash vaqtida transport vositalarini shunday joylashtirish kerakki,
ekskovatorning choʻmichi mashinaning kabinasi ustidan emas, balki mashinaning
orqasidan yoki yonidan oʻtishi kerak.
- ekskovatorning choʻmichi toʻldirilgan holatda yurishi mumkin emas.
Aerodromlar qurilishida yer ishlarini olib borishda atrof muhitni muxofaza qilish chora tadbirlarini hal qilish zarur. Ishlab chiqarishda texnologik yechimlarni qabul qilishda atrof muhitga zarar yetkazmaslikni tabiat muvozanatini buzmasligini, geologik, ekologik va gidrogeologik sharoitlarni oʻzgarish xavfi tugʻilmasligini hisobga olgan holda hal etish lozim.
Yer ishlari jarayonida mexanizmlarni tanlashda tegishli sanitariya meʼyorlarini, atrof-muhitni va suv qurilmalarini ifloslantiruvchi chiqindilarning ruxsat etilgan meʼyorlarga rioya qilgan holda atrof-muhit va atrofdagi yerlarga zarar keltiruvchi boshqa zararlarni butunlay yoʻq qilish va oʻta kamaytirishni koʻzlash zarur.
Transport oqimi shovqini sanitariya meʼyorlaridan oshmasligi zarur. Qurilish maydoni atrofidagi hududga koʻrsatilgan salbiy taʼsirni kamaytirish maqsadida maydon atrofida tashqi salbiy taʼsirlarga chidamli boʻlgan yashil daraxtlardan himoya mintaqasi yaratish kerak.
Qurilishni olib borishda shamol yoʻnalishi bilan bir xil yoʻnalishda ish olib borish maʼqul.
Qirqib olinadigan unumdor qatlamning fizik va ximiyaviy tarkibi GOST 17.5.1.03-86 ga toʻgʻri kelishi kerak. Gildan supesgacha boʻlgan gruntlarning granulometrik tarkibi 1.5 g/sm3 dan oshmasligi kerak. Aholi punktlaridan oʻtgan joylarda shamol yoʻnalishi hisobga olinib, chang toʻzon va transport tovushlaridan saqlanish uchun shamol yoʻnalishiga teskari tomondan ish olib boriladi
Qurilishda ishlatiladigan maxsulotlarni tashib keltirishda quyidagilarga eʼtibor berilishi kerak:
- qurilish maxsulotlarining transportdan toʻkilishiga yoʻl qoʻyilmasligi.
- yoqilgʻi moylarini yoʻllarga toʻkilib ifloslanishiga yoʻl qoʻyilmasligi
- qurilish maydonidan suvni chetlatish chora tadbirlarini koʻrish.


Nazorat savollari:
1. O‘simlik qatlami gruntini ko‘chirib olish ishlarini tushuntiring.
2. Qurilish uchastkalarini dastlabki quritish ishlari qanday amalga oshiriladi?
3. Muhandislik tarmoqlarini buzib ko‘chirish ishlari qanday amalga oshiriladi?
4. Qurilish ishlarni bajarishda sifat nazorati qanday tashkillashtriladi?
Yüklə 95,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin