Mavzu: 2 Tayyorgarlik ishlari: qurilish olib boriladigan joylarni ish boshlashga tayyorlash Reja



Yüklə 95,61 Kb.
səhifə2/5
tarix12.04.2023
ölçüsü95,61 Kb.
#96731
1   2   3   4   5
2.1-ma\'ruza-2

Oʻsimlik qatlami bilan ishlash.
Vertikal tekislash loyihasida nazarda tutilgan, oʻsimlik oʻsadigan tuproq qatlami bilan bogʻliq ishlar uch bosqichda olib boriladi: birinchi bosqichda qatlam kesib olinadi va uyumlanadi; ikkinchi bosqichda mineral tuproq bilan bogʻliq ishlar bajarib boʻlingandan keyin, uchish maydonining tuproqli qismida taqsimlanadi; uchinchi bosqichda agrotexnika ishlari amalga oshiriladi. Bu holda oʻsimlik oʻsadigan tuproq qatlami mustahkam chim qoplama hosil qilish uchun material vazifasini oʻtaydi. Chim hosil qiluvchi Oʻtlarning ildizi yaxshi rivojlanishi uchun oʻsimlik oʻsadigan tuproq qatlamining qalinligi zichlangan holatda 10-12 sm dan kam boʻlmasligi, undagi chirindi miqdori kamida 5% boʻlmogʻi kerak.
Choʻzinchoq joylardagi oʻsimlik oʻsadigan tuproq qatlamini kovlab olish va yana joyiga qaytarishda tuproq u chuqurning choʻziq tomoni boʻylab, mineral tuproqni surish yoʻnalishiga teskari tomondan uyumlarga yotqiziladi.




Tuproqli oʻsimlik qatlamni oʻgirish sxemasi.


a) ikkiyonlama.
b) birlashgan joydan.
1. Oʻsimlik gruntining toʻkilmasi;
2. Oʻsimlik gruntining surish yoʻnalishi;
3. Mineral gruntini surish yoʻnalishi;

Oʻsimlik oʻsadigan tuproq qatlamini chuqurning bir tomoniga emas, balki ikki tomoniga uyumlash natijasida ishlarning sermehnatligi ikki baravar kamayadi.


Oʻsimlik oʻsadigan tuproq qatlami bilan bogʻliq ishlar ayrim oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlsada, mineral tuproq bilan bogʻliq ishlardan koʻp farq qilmaydi. Oʻsimlik oʻsadigan tuproq qatlamining qalinligi va uni surib borish masofasiga qarab ishlar avtogreyderlar, buldozer qoʻshilgan greyder bilan, buldozerlar va skreperlar bilan amalga oshirish mumkin. Uchish maydonidan tashqarida oʻsimlik oʻsadigan tuproq qatlamini kovlash va uyumlash buldozerlar bilan, ortish-ekskavatorlar bilan, tashish esa transport vositalari bilan bajariladi.
Oʻsimlik oʻsadigan tuproq qatlamini avtogreyderlar va greyderlar bilan kovlab olish.
Tuproq kesish, surish va tekislashda avtogreyder pichogʻini quyidagi burchaklar bilan oʻrnatishni tavsiya etiladi.



Bajariladigan ish

Burchak grad.

qamrovda

kesishda

qiyalikda

Kesish

30-45

35-40

0

Surish

40-50

35-45

0

Tekislash

55-90

45-50

0

Oʻsimlik oʻsadigan tuproq qatlamini avtogreyder va greyderlar bilan ikki sxema boʻyicha kesish hamda uyumlash mumkin. Birinchi sxemada, birinchi kesish uyumlash joyidan eng uzoqda joylashgan qismda amalga oshirilmogʻi darkor. Oʻrtadan boshlab kesishda oʻsadigan qatlamni qattiq yuza boʻylab suriladi. Bunda tuproq mineral grunt bilan aralashib ketmaydi. Oʻsimlik oʻsadigan tuproq qatlamini yumshatishda va joyda mayda notekisliklar mavjud boʻlganda tuproqni ish maydonchasining chegaralaridan boshlab olish kerak (ikkinchi sxema).



Yüklə 95,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin