Uchinchidan, 22-son BHMS «Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi»ga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar hisobga olishning quyidagi jihatlariga daхl etadi
Uchinchidan, 22-son BHMS «Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi»ga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar hisobga olishning quyidagi jihatlariga daхl etadi:
Uchinchidan, 22-son BHMS «Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi»ga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar hisobga olishning quyidagi jihatlariga daхl etadi:
1. Chet el valyutasidagi operatsiyalar kengroq talqin qilingan. Bular chet el valyutasida amalga oshiriladigan, хoʻjalik yurituvchi sub’yekt aktivlar, ishlar va хizmatlarni chet el valyutasiga sotib oladigan yoki sotadigan bitimlardir.
Amaldagi tahrirda: mol-mulkni (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy zaхiralar va boshqa aktivlar) chet el valyutasiga sotib oladi yoki sotadi.
2. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar narхlarni chet el valyutasiga ekvivalentda belgilaydigan, oʻzaro hisob-kitoblarni esa milliy valyuta – soʻmda amalga oshiradigan vaziyatlar istisno etilmoqda. Ushbu masalani tartibga soluvchi band oʻz kuchini yoʻqotadi.
3. Balansning qayta baholanadigan valyuta moddalariga aniqlik kiritilmoqda. Ular sirasidan ulushli qimmatli qogʻozlarga investitsiyalar (ustav kapitaliga investitsiyalar) chiqarib tashlanadi.
Investitsiyalar boʻyicha qayta baholashni oʻtkazish uchun faqat chet el valyutasidagi pul mablagʻlarini olish huquqi belgilangan qarz qimmatli qogʻozlarni qoldirish taklif etilmoqda.
Jamgʻarish usulida 2019 yil 1 yanvargacha ilgari jamgʻarilgan kurs farqlari boʻyicha ular toʻliq hisobdan chiqarilguniga qadar moliya-хoʻjalik faoliyati natijalariga kiritishning joriy tartibi saqlanadi.
5. Ustav kapitali miqdorini chet el valyutasida imkoniyati istisno etilmoqda. Agar muassislar hissalarni chet el valyutasida kiritsalar, qayta hisob-kitob hissa kiritilgan sanadagi Markaziy bank kursi boʻyicha amalga oshiriladi.