81- DARS Mavzu.Nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar. 192-193-mahsqlar
Maqsad. Harakat bildirgan so'zlarning (fe'lning) vaqt (zamon) bilan o'zgarishi haqida tasavvur hosil qilish, bunday so'zlarga nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so'roqlarini berish va ulardan nutqda foydalanish ko'nikmasini o'stirish.
B) Tarbiyaviy: Vatanga, tug’ilib o’sgan yurtga mehr- muhabbatni tarbiyalash;
C) Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning yozma va og’zaki nutqini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi
Darsning metodi: aralash; _______________
Darsning jihozi: darslik, elektron darslik, plakat va tarqatmalar.
Darsning borishi. I. Uy vazifasini tekshirish. II.Nima qilyapti?, nima qildi?, nima qiladi? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlarni kuzatish. 1. O'qituvchi bir o'quvchini xattaxta oldiga chiqaradi. Bolaga kitob beradi, bola o'qiyotganda so'raydi:
— O'rtog'ingiz nima qilyapti? Bir so'z bilan ayting. (O'qiyapti.)
Bola xattaxtaga o'qiyapti so'zini yozadi va o'tiradi. O'qituvchi so'raydi:
— Endi u nima qildi? (Yozdi.) Endi u daftariga nima qiladi? (Yozadi.)
O'quvchilar bilan birga ish jarayonida o'qituvchi so'zlarni doskaga
yozadi va so'roqlarga moslab o'zgartiradi:
Nima qilyapti? Nima qildi? Nima qiladi?
o'qiyapti o'qidi o'qiydi
yozyapti yozdi yozadi.
Umumlashtiradi. Demak, harakat bildirgan so'zlar nima qilyapti?, nima qildi?, nima qiladi? so'roqlariga javob bo'ladi.
III. Harakat bildirgan so'zlardan nutqda foydalanish ko'nikmasini o 'stirish. 192- mashqni birgalikda bajarish. Bir o'quvchi mashq topshirig'ini o'qiydi. O'qituvchi so'raydi: «0'rtog'ingiz nima qildi?» Bir so'z bilan ayting. (O'qidi.) O'qituvchi matnni ifodali o'qiy boshlaydi va o'quvchilardan so'raydi: «Hozir men nima qilyapman?» Bir so'z bilan ayting. (O'qiyapsiz.) Matnni o'qib bo'lgach, o'quvchilardan biriga o'qitiladi. Bola o'qiyotganda so'raydi: «Aziz nima qilyapti?» Bir so'z bilan ayting. (O'qiyapti.)
O'qituvchi mashq topshirig'ini va savollarni o'qiydi. Topshiriqlarni bajarish yo'llarini tushuntiradi. Avval bir o'quvchi 1- savolni (Uch faslda yer nima qiladi?) o'qiydi. Matndan bu savolga javob bo'lgan gap birgalikda toptiriladi va javobni topgan o'quvchiga o'qitiladi. (Yer tabiatning uch faslida xayrli mehnat qiladi.) Javobni barcha o'quvchilar daftarlariga xatboshidan boshlab yozadilar. Keyingi savollarga javob ham shunday yo'l bilan toptiriladi va xatboshidan yozdiriladi. O'quvchilar yozganlarini darslikdan tekshiradilar. Nima qiladi? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlar birgalikda aniqlanib, tagiga to'g'ri chiziq chizdiriladi.
IV. Umumlashtirish.
Ish-harakat bildirgan so'zlar nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so'roqlariga javob bo'ladi.
V. Uyga vazifa. 193- mashq.