Mavzu-4: markaziy osiyo tarixiga tegishli qadimiy manbalar. Reja



Yüklə 24,77 Kb.
səhifə1/4
tarix23.10.2023
ölçüsü24,77 Kb.
#160028
  1   2   3   4
Muhammadaliyev Zokirjon Manbashunoslik


MAVZU-4: MARKAZIY OSIYO TARIXIGA TEGISHLI QADIMIY MANBALAR.
Reja
1. IX-XV asrlarda yozilgan arab tilidagi yozma manbalar.
2. IX-XV asrlar tarixiga oid forsiy yozma manbalar.
3. Temuriylar saltanati tarixiga oid forsiy yozma manbalar .


Arab tilidagi tarixiy, tarixiy-jug‘rofiy va adabiy
asarlar.
Rivojlangan o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda sodir bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy voqealar arab va fors-tojik tilida bitilgan juda ko‘p tarixiy manbalarda o‘z aksini topgan.
X-XV asrlarla O‘rta Osiyoga bir necha ajnabiy, asosan arab sayyoxlari tashrif buyurib bu erda ko‘rgan-kechirganlarini o‘z asarlarida yozib qoldirganlar. Bu sayyoxlar qatoriga Abu Dulaf, al-Muqaddasiy, al-Idrisiy, Yoqut Xamaviy singari arab olimlarini kiritish mumkin.
Abu Dulaf (X asr) o‘z asarlarida o‘lkamizning tarixiy geografiyasini o‘rganish uchun muxim bo‘lgan ma’lumotlar mavjud. Abu Dulaf qator SHarq mamlakatlari, shu jumladan Movarounnaxrga safar qilib, ma’lum muddat davomida bu erdagi xukmdorlar saroyida xizmat qilgan. Safarlari chog‘ida yiqqan materiallari asosida u "Risolat ul-avval" ("Birinchi risola") va "Risolat ul-uxro" ("Ikkinchi risola") nomli asarlar yaratgan. Abu Dulafning xar ikkala asarining qo‘lyozmasi 1923 yilda Mashxad kutubxonalarining biridan topilgan. Mazkur qo‘lyozmani atroflicha taxlil etgan I. YU. Krachkovskiy Abu Dulaf asarlarida keltirilgan fakt va dalillar ob’ektiv ekanligini ta’kidlaydi.
X asrda yashab o‘tgan yana bir arab geograf olimi al-Mukaddasiy 947 yilda Quddus shaxrida tug‘ilib, 1000 yilda vafot etgan. Al-Mukaddasiy sayoxatlari vaqtida to‘plagan va boshqa manbalardan olingan materiallar asosida "Axsan at-takosim fi ma’rifat al-akolim" ("Iqlimlarni o‘rganish uchun eng yaxshi qo‘llanma") nomli asar yozgan. Mazkur asarning ikkinchi kismida Ajam mamlakatlari, shu jumladan Xuroson, Movarounnaxr va Seyistonning jug‘rofik xolati mashxur shaxarlari, osoru-atiqalari, axolisi va uning mashg‘ulotlari, diniy e’tiqodi xamda urf-odatlari, viloyatlarning va mashxur kishilari to‘g‘risida ma’lumotlar beradi.
O‘lkamizning XII asrdagi tarixiy-geografiyaga doir ma’lumotlar Al-Idrisiyning «Nusxat al-mushtok» (asarning to‘liq nomi «Nuzimat al-malok faxtiran ul-ofok» , ya’ni «Jaxon bo‘ylab kezib xoldan toygan kishining ovunchog‘i», ayrim xollarda mazkur asar Sitsiliya qiroli Rojerga bag‘ishlanganligi sababli «Kitob al-rujoriy» deb ataladi) va YOqut Xamaviy «Mu’jai ul buldon» («Mamlakatlar ro‘yxati») nomli asarlarida xam uchraydi.
Bu davr tarixini o‘rganishda arab tilida bitilgan tarixiy asarlarning axamiyati g‘oyat muximdir. Ayniqsa, Utbiy, Abu Rayxon Beruniy, Ibn al-Asir, SHaxobuddin Nasaviylarning qalamiga mansub asarlar diqqatga sazovardir.
Abu Nasr Muxammad ibn Abdujabbor Utbiy asli Ray shaxridan bo‘lib, badavlat va zodogon oilaga mansubdir. Utbiy o‘z xayoti davomida Somoniylar, Ziyoriylar va /aznaviylar saroyida xizmat qilgan. Bizgacha Utbiyning «Tarixiy YAminiy» asari etib kelgan. Bu asarda muallif Sabuqtagin va Sulton Maxmudlar zamonida /aznaviylar davlatida ro‘y bergan siyosiy voqealarni bayon etadi. Asar xukmron feodal sinf manfaatlarini ximoya qiladi. Lekin ayrim xollarda muallif mexnatkash xalq ommasining og‘ir axvoliga nazar tashlaydi. Asarning arabcha matni va forsiy tarjimalari bir necha marotaba nashr qilingan.
Buyuk qomusiy olim Abu Rayxon Beruniy tarix faniga oid bir necha asarlar yozib qoldirgan. Bulardan biri «Osor ul-bokiya al-kurun jaxoliya», («Kadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar») asari bo‘lib, bu asarni u 1000 yilda Gurgonda, shu shaxar xukmdori Kobus ibn Vishmagin, Ziyoriy saroyida xizmatda bo‘lgan chog‘ida yozadi. «Osor ul-bokiya» asari shu bilan xam qimmatliki, unda oldingi davrlarda yaratilgan va keyinchalik yo‘qolib ketgan ko‘pgina manbalardan foydalanilgan. Beruniy o‘z asarida folklor va etnografiyaga doir qiziqarli ma’lumotlar keltiradi. Biz uchun kitobda keltirilgan Iskandar Zulqarnayn, Moniy, Zardusht, Muqanna kabi tarixiy shaxslar xayotiga doir ma’lumotlar qimmatlidir. Bu asar eng qadimgi davrdan to islomiyatgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Beruniyning bizgacha etib kelmagan «Tarixi Xorazm» nomli asarida Xorazmning Gaznaviylar davlati tarkibidagi tarixi (1017-1043) bayon etiladi bu asarning ayrim parchalari Bayxakiy va Xamaviy asarlarida saqlanib qolgan.
Yirik arab tarixchisi Ibn al-Asir (1160-1234) bir necha tarixiy asarlar yozib qoldirgan. Biz uchun uning «Al komil fi-t-tarix» nomli 12 jildlik asari muximdir. Asarning I-VI jildlari komnilyasiya bo‘lib, muallif Tabariy, ibn Miskavayx, As-Sulamiy va boshqalarning asarlaridan keng foydalangan. Asarning VII-XII jildlari muxim axamityaga ega bo‘lib, 924-1031 yillar orasida SHarq mamlakatlari, jumladan O‘rta Osiyoda bo‘lib o‘tgan voqelarni o‘z ichiga oladi. Bu qism asosan qo‘lyozma manbalar, shuningdek tarixni yaxshi bilgan kishilar bergan axborot xamda muallifning shaxsiy kuzatishlari bilan to‘plangan faktik materiallar asosida yozilgan. Asarning mug‘ullar istilosiga bag‘ishlangan XII jildi aloxida qimmatga egadir. Ibn al-Asirning "Al komil fi-t-tarix" asari Xivada Muxammad Raximxon II xukmronligi davrida o‘zbek tiliga tarjima qilingan.
XIII asrning ko‘zga ko‘ringan tarixchilaridan biri SHaxobuddin Muxammad Nasaviy shaxsan mug‘ullarga qarshi janglarda ishtirok etgan edi. 1224-1231 yillarda Nasaviy sulton Jaloliddin Manguberdining xizmatida bo‘ldi va 1241 yilda o‘zining "Sirot us-sulton Jaloluddin Menkburni" nomli asarini yozib qoldirdi. Asar muqaddima va 108 bobdan iborat. Asarning I-IV boblarida Mug‘ullar davlatining tarixi bayon etiladi. V-XXII boblar xorazmshox Alouddin Muxammadning xayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan. XXIII bobdan boshlab kitobning to oxirigacha mug‘ul istilosi va xorazmshox Alouddin Muxammadning o‘z yurtini sharmandalarcha tashlab qochishi,
sulton Jaloliddinnnng xayoti va uning mug‘ul istilochilari bilan olib borgan kurashi, uning Ozarboyjon xamda Iroqdagi faoliyati va nixoyat fojiali xalokati xikoya qilinadi. "Sirot us-sulton"ning, ayniqsa, 1224-1231 yillar voqealarini o‘z ichiga olgan boblari original axamiyatga ega. CHunki bayon qilingan voqealarning ko‘pchiligida muallif shaxsan ishtirok etgan.

Yüklə 24,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin