Mavzu: 4 sinf geometrik jismlar bilan tanishtirish metodikasi



Yüklə 261,49 Kb.
səhifə1/6
tarix21.12.2023
ölçüsü261,49 Kb.
#188142
  1   2   3   4   5   6
Mavzu 4 sinf geometrik jismlar bilan tanishtirish metodikasi


Mavzu: 4 sinf geometrik jismlar bilan tanishtirish metodikasi

Reja:
Kirish


I-bob 4 sinf geometrik jismlar bilan tanishtirish metodikasi
1.1. Geometrik materiallarni o‘rgatish metodikasi
1.2. O‘quvchilarni geometrik figuralar bilan tanishtirish metodikasi
II-bob Boshlang‘ich sinflarda geometriya elementlarini oʻrgatish metodikasining umumiy masalalari
2.1. Boshlang‘ich sinflarda Perimetr va yuza (Sig`im, hajm)
tushunchalarini oʻrgatish metodikasi.
2.2. Gеоmеtriya mаtеriаlini o‘rgаnish mеtоdikаsining umumiy
tаvsifnоmаsi

Kirish
Boshlang’ich sinflarda ishlash tajribasi shuni ko’rsatadiki, geometrik bilim, ko’nikma, malaka borasida o’quvchilarda tipik xatolar uchrab turadi. Kichik yoshdagi o’quvchilar geometrik bilimlari sifati takomillashtirishga muhtoj. Lekin buning amalga oshishi uchun hamma narsadan ham avval yaxshi tayyorlangan o’qituvchi kerak. O’qituvchining vazifasi – dars jarayonida turli ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda, mavzu mazmunini o’quvchining yosh xususiyatlariga mos holda tushuntirib berish. Bundan tashqari, geometrik jihatdan savodli o’qituvchi boshlang’ich matematika kursida yangi geometrik mazmun kiritish sharoitida juda ham keraklidir. Bu holat, ayniqsa, bugun har qachongidan ham muhim. Bola geometrik jihatdan to’g’ri fikrlab, darsda uni ifodalab bera olishi shart. Geometrik materialni o’rgatishning asosiy maqsadi geometrik figuralar, ularning elementlari haqida, figuralar va ularning elementlari orasidagi munosabatlar haqida, ularning ba’zi xossalari haqidagi tasavvurlarning to’la tizimini tarkib toptirishdan iborat. Geometrik figuralar haqidagi fazoviy tasavvurlar geometrik figuralarni chizmachilik va o’lchash asboblari yordamida va bu asboblarning yordamisiz o’lchash va yasashning amaliy malakalarini (ko’zda chamalash, qo’lda chizish va hokazo) tarkib toptiriladi; o’quvchilarning nutq va fikrlashlari shu asosda rivojlantiriladi. O’quvchilar matematika darslarida geometrik shakllar bilan tanishib borar ekanlar, ularning mantiqiy tafakkuri ortib boradi. Nimagaki, bolalar darsdan so’ng atrofdagi buyumlar, narsalarning shakli bilan yanada ko’proq qiziqadilar. Endi ular dars jarayonida ham o’qituvchiga qo’shimcha savollar bera boshlaydilar: “ustoz, quyosh, oy, yulduzlarning rangini nima deb ataymiz?” “nima uchun yarim aylana deb aytamiz?” kabi. Bunda o’qituvchining eng muhim vazifasi o’quvchining savoliga to’g’ri va mantiqli javob berishdir. Chunki, savol o’qituvchining darsga qiziqishini ifodalaydigan belgidir. Savoliga kerakli javobni olgan o’quvchi uyga borib yana atrofni kuzatadi va o’ziga mavhum, tushunarsiz bo’lgan shakllarning mohiyatini ustozidan so’rab, bilib olishni niyat qilib qo’yadi. Matematika darsida olingan bilimlari texnologiya darsida yanada mustahkamlanadi, sababi, xuddi shu geometrik shakllar orqali turli narsalar yasaladi (qog’ozdan hayvonlar, qushlar shaklini, plastilindan shakllarning o’zini yasash topshiriqlari beriladi). O’quvchilar to’g’ri to’rtburchak va kvadratni yanada aniq farqlashni o’rganadilar.
Geometrik materialni o‘rgatish vazifalarini hisobga olgan holda o‘qitishning har xil vositalaridan keng foydalanish kerak. Bular geometrik figuralarning rangli kartondan yoki qalin qog‘ozdan tayyorlangan demonstratsion, butun sinf uchun mo‘ljallangan modellari, figuralar tasvirlangan plakatlar, doskadagi chizmalar, diapozitivlar, diafilmlardan iborat. Bundan tashqari, individual ko‘rgazmalar ham kerak bo‘ladi. Bular qog‘oz poloskalar ko‘rinishidagi tarqatma materiallar, figuralar modellari, qog‘oz va kartondan qirqilgan har xil uzunlikdagi cho‘plar va boshqa narsalar bo‘lishi mumkin. Ayrim mavzularni o‘rganishda o‘quvchilar bilan birgalikda qo‘lda ko‘rgazma-qo‘llanmalar tayyorlash foydali, bular to‘g‘ri, o’tkir, o’tmas burchak modeli, ko‘pburchaklar modellari (shu jumladan to‘g‘ri to‘rtburchaklar va kvadratlar ham) va boshqa narsalardan iborat. Doskada chizmalarni bajarish uchun chizmachilik o‘lchash asboblari to’plami, chizg‘ich, chizmachilik sirkuli albatta sinfda mavjud bo‘lishi kerak. Shunday asboblar har bir o‘quvchida ham bo‘lishi kerak.



Yüklə 261,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin