Figura
|
Formulalar
|
Tasvir
|
Kub
|
{\displaystyle V=a^{3}\;}
|
|
Cuboid (to'rtburchaklar parallelepiped)
|
{\displaystyle V=abc}
|
|
Prizma
|
{\displaystyle V=Bh}
|
|
Piramida (matematika)
|
{\displaystyle V={\frac {1}{3}}Bh}
|
|
Parallelepiped
|
{\displaystyle V=abc{\sqrt {K}}} {\displaystyle {\begin{aligned}K=1&+2\cos(\alpha )\cos(\beta )\cos(\gamma )\\&-\cos ^{2}(\alpha Hajm — geometrik jism sirtlari bilan chegaralangan fazo qismi. Oddiy holatlarda qirrasi birga teng kublar soniga teng koʻriladi.
]
Figura
|
Formulalar
|
Tasvir
|
Kub
|
{\displaystyle V=a^{3}\;}
|
|
Cuboid (to'rtburchaklar parallelepiped)
|
{\displaystyle V=abc}
|
|
Prizma
|
{\displaystyle V=Bh}
|
|
Piramida (matematika)
|
{\displaystyle V={\frac {1}{3}}Bh}
|
|
Parallelepiped
|
{\displaystyle V=abc{\sqrt {K}}} {\displaystyle {\begin{aligned}K=1&+2\cos(\alpha )\cos(\beta )\cos(\gamma )\\&-\cos
|
|
|
|
Tetraedr
|
{\displaystyle V={{\sqrt {2}} \over 12}a^{3}\,}
|
|
Shar
|
{\displaystyle V={\frac {4}{3}}\pi r^{3}}
|
|
Ellipsoid
|
{\displaystyle V={\frac {4}{3}}\pi abc}
|
|
Silindr
|
{\displaystyle V=\pi r^{2}h}
|
|
Konus
|
{\displaystyle V={\frac {1}{3}}\pi r^{2}h}
|
|
Solid of revolution (eng.)
|
{\displaystyle V=\pi \cdot \int _{a}^{b}f(x)^{2}\mathrm {d} x}
|
|
XULOSA
Boshlang'ich sinf matematika darsligida geometrik materiallarni o'rgatish uchun alohida mavzu ajratilmagan. Shunga qaramasdan boshlang'ich sinf matematika dasturida geometrik material katta o'rinni oladi. Ko'pchilik hollarda bu material arifmetik materiallar bilan uzviy bog'lanadi.
Geometrik materialni o'rganish vazifalarini hisobga olgan holda o'qitishning har xil vositalaridan keng foydalanish kerak. Bular geometrik figuralarning rangli kartondan yoki qalin qog'ozdan tayyorlangan butun sinf uchun mo'ljallangan modellari, figuralari va diafilmlardan iborat. Doskadagi chizmalarni bajarish uchun sinfda chizma o'lchov asboblarining jamlamasi: chizg'ich, chizmachilik burchagi, sirkul bo'lishi zarur.
O'quvchilarni yangi matematik tushunchalarni o'zlashtirishga tayyorlashning yana bir muhim jihati shundan iboratki, o'quvchilarda aqliy operasiyalar; analiz, sintez, taqqoslash nomuhim narsalarni oddiygina chetlab o'tib, muhim umumiylikni his eta olishidir. Bunday aqliy operasiyalarni shakllantirish o'qitishning birinchi kunlaridan boshlashni nazarda tutadi.
Shu yuqorida o'rganish kerak bo'lgan, geometrik figuralar va geometriya elementlarini o'rgatishda o'qituvchi ilg'or pedagogik texnologiyadan foydalansa maqsadga muvofiq bo'lar edi.
Birinchi sinfdan boshlab o‘quvchilarda nuqta, to‘g‘ri chiziq, nur, egri chiziq, kesmalarni bir-biridan farqlash o’rgatiladi. 1-sinf Matematika darsligi (L. O’rinboyeva va boshq. Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2021. – 160 b.) da 3-bob “Geometrik shakllar” deb nomlangan. 20 soatga mo’ljallangan ushbu bob o’qituvchi tomonidan mukammal tushuntirilsa, o’quvchi sodda geometrik shakllar bo’yicha beriladigan savollarga javob berib, qanday chizish, yasashni ko’rsata oladi. Mashqlarni bajarish asosida o‘quvchilar to‘g‘ri va egri chiziqlarning ba‘zi xossalari bilan tanishadilar. Masalan. bolalar nuqtadan chiziqlar o‘tkazish bo‘yicha mashq qilib, bir nuqta orqali istalgancha to‘g‘ri va egri chiziq o‘tkazishlari mumkin, ikki nuqta orqali bitta to‘g‘ri chiziq, istalgancha egri chiziq o‘tkazish mumkin degan xulosaga keladilar. Kesma bilan ham o‘quvchilar amaliy tanishadilar. Agar to‘g‘ri chiziqqa ikkita nuqda qo‘yilsa, to‘g‘ri chiziqning chegarasi shu nuqdalardan iborat qismi to‘g‘ri chiziqchalar kesmasi yoki qisqacha kesma deyiladi. Kesmaning chegaralarini chiziqchalar (shtrixlar) bilan belgilash ham mumkin. O‘qituvchi qog‘ozdan qilingan har xil ko‘rinishdagi, har xil rangdagi va har xil kattalikdagi uchburchaklardan foydalanib, bolalarni uchburchak bilan tanishtiradi. Tanishtirishni o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan metodik qo‘llanmada tavsiya etilganidek amalga oshirish mumkin: «Bular uchburchaklar. Bu figuralar bir-biridan farq qilsa ham, ularning hammasi bir xilda «uchburchaklar» deb ataladi. Kim aytadi, nega bu figura ham (katta uchburchakni ko‘rsatadi) va bu figura ham (kichkina to‘g‘ri burchakli uchburchakni ko‘rsatadi) uchburchak deyiladi?» (chunki bularning uchtadan burchagi bor.) O‘qituvchi ko‘rsatib turib gapiradi: «Bu uchburchakning tomoni, bu uchburchakning uchi. Uchburchakning nechta tomoni bor, nechta uchi bor?» Shundan keyin o‘quvchilarning o‘zlari ixtiyorlaridagi uchburchak modellarida uchburchak elementlarini ajratishadi. Bunda o‘quvchilar uch bu nuqta ekanini, tomon esa kesma chiziqni aniq tushunib olishlari muhimdir. Uchburchakning yana bitta elementi — burchakni ajratishda uni ko‘rsatish bilan bir qatorda (ko‘rsatkichning bir uchini uchburchak uchiga qo‘yib, uni burchakning bir tomonidan ikkinchi tomonigacha surib boriladi), hosil qilish ham o’rgatiladi. Shundan keyin bolalarni to‘rtburchaklar, beshburchaklar va oltiburchaklar bilan tanishtirish mumkin. Bolalarni to‘rtburchaklar va beshburchaklar bilan tanishtirishda ularning belgilarini ajratishga doir, ikki yoki undan ortiq figuralarni taqqoslashga doir, berilgan belgilar bo‘yicha figuralarni bilishga doir bir qator mashqlarni bajarishda figuralar modellaridan foydalanish mumkin. Geometrik figuralarning modellari yordamida figuralarni qismlarga ajratish va qismlardan yangi figuralar tuzishga doir (applikatsiyalar yasashga doir), naqshlar tuzishga doir masalalar bilan bog‘liq bo‘lgan har xil topshiriqlarni bajarish mumkin. Bunday mashqlar bolalarning geometrik tasavvurlarini boyitadi, geometrik sezgirlikni, fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishga imkon beradi. 2-sinf matematika darsligi (L. O’rinboyeva va boshq. Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2021. – 192 b.) da esa turli materiallardan yassi geometrik shakllar, sodda fazoviy shakllarni yasash, sodda shakllardan murakkab geometrik shakllarni hosil qilishni, to’g’ri to’rtburchak va kvadratni farqlashni, ularning perimetri, yuzasini topishni o’rganadilar. Ko’pburchak va uning perimetri, fazoviy geometrik shakllar, ularning yasalishi bilan tanishadilar. 3-sinf darsligi orqali sodda geometrik shakllar(kesma, nur, to’g’ri, egri chiziq, parallel va perpendikulyar chiziqlar, simmetriya o’qi) ning ta’rifini o’rganadilar, uchburchaklar qaysi belgisiga ko’ra teng yonli, teng tomonli va turli tomonli bo’lishini o’qib, bilib oladilar. Kesma, doira, uchburchak, ko’pburchaklarni teng bo’laklarga bo’lish topshirig’i orqali ularda ko’zda chamalash ko’nikmasi rivojlantiriladi. Butunni teng qismlarga bo’lish topshirig’i bolalarni geometrik shakllarni o’lchashni aniq bajarishga undaydi. 4-sinfda bolalar avvalgi sinflardagi geometrik bilimlarini yanada mustahkamlaydilar. Darslikda geometrik shakllar geometrik jismlar va yassi shakllarga ajratib ko’rsatiladi, ko’pyoq, uning xossalari, parallelepiped va kubning ta’rifi keltirilgan, murakkab shaklda uchburchak va to’rtbrchaklar nechtadan ekanligini aniqlashga qaratilgan topshiriqlar mavjud. Bir xil ko‘pburchaklarning o‘zidan (bir qancha kvadratlar, to‘g‘ri to‘rtburchaklardan, trapetsiyalardan, uchburchaklardan va boshqa figuralardan) bir vaqtning o‘zida har xil predmetlar, yani uychalar, archa, parovoz, qayiqcha, odamcha va hokazo predmetlarni tuzishni talab qiladigan mashqlarni ham bolalar katta qiziqish bilan bajaradilar. Yuqoridagi mashqlarning barchasi o’quvchilarda geometrik bilimlar nafaqat matematika fanida, balki hayotda ham katta ahamiyat kasb etishi haqidagi tasavvurni hosil qilishi kerak
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Xayrullayeva M. Farobiy ruhiy prosesslar va ta'lim-tarbiya to'g'risida - T.: O'qituvchi, 2002-yil.79-bet
2. Habibullayev R.A. O'quvchilarning matematik tafakkurini shakllantirish.-Toshkent: O'qituvchi, 2010. 247-bet.
3. Abduraxmonov A. Maktabda geometriya tarixi.- Toshkent: O'qituvchi, -2006. 569-bet.
4. Mardonova F.I. Boshlang'ich sinflarda ta'lim-tarbiyani shakllantirish.- T.: "Sharq" nashriyoti matba konserni bosh tahririyati, 2018. 92-bet.
5.M. E. Jumayev, Z. G’. Tadjiyeva. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi. T. “Fan va texnologiya”, 2005. 312 bet.
6. 1-sinf Matematika darsligi: L. O’rinboyeva va boshq. Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2021. – 160 b.
7. 2-sinf Matematika darsligi: L. O’rinboyeva va boshq. Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2021. – 192 b.
8. Matematika: 3-sinf uchun darslik. S. Burxonov va boshq. T.: “Sharq” , 2019. – 208 b.
9. Matematika: 4-sinf uchun darslik. N. U. Bikbayeva va boshq. T.: “O’qituvchi” , 2017. – 208 b.
Dostları ilə paylaş: |