Mavzu №4. Suv: qayta tiklanadigan va zahira qilinadigan manbalar. Yer: joylashishi va undan ko‘p maqsadli foydalanish



Yüklə 48,55 Kb.
səhifə9/10
tarix04.12.2023
ölçüsü48,55 Kb.
#172465
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Suv tanqisligini oldini oluvchi potensial imkoniyatlar. Qattiq s-azkurs.org

Sug‘oriladigan yerlar – qishloq xo‘jaligida foydalanish va sug‘orish uchun yaroqli bo‘lgan, suv resurslari shu yerlarni sug‘orishni ta’minlay oladigan sug‘orish manbayi bilan bog‘langan, doimiy yoki muvaqqat sug‘orish tarmog‘iga ega bo‘lgan yerlar. Qishloq va suv xo‘jaligi organlari sug‘oriladigan yeri bo‘lgan yer egalari va yerdan foydalanuvchilarni sug‘orish ishlari uchun manbalarning sersuvligini hisobga olgan holda joriy etilgan limitlar bo‘yicha suv to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan tartibda suv bilan ta’minlashlari shart.
Tuproq degradatsiyasi degan aniq bir tushuncha yo‘q, chunki ko‘p yerlarning ustki qismi tuproq qatlamiga ega, shuning uchun bir vaqtning o‘zida tuproq degradatsiyasi yer degradatsiyasi deb ham yuritiladi. Quyida bir qator mazmuni bir-biriga yaqin bo‘lgan ta’riflar keltirilgan.
Qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish, ekinlarning hosildorligini oshirish bo‘yicha vazifalarni bajarish uchun tuproqning sho‘rlanishiga va botqoqlanishiga qarshi kurash tadbirlarini amalga oshirishning ahamiyati kattadir.
Sho‘rlanish va sho‘rxoklanish jarayonlarining oldini olishda, avvalo, shu hodisalarni keltirib chiqaruvchi quyidagi asosiy sabablarni bartaraf qilish kerak:
• suv isrofgarchiligiga yo‘l qo‘ymaslik (chunki bu suvlar sizot suvlariga qo‘shilib, ularning sathi ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi);
• tuproq namligining bug‘lanishini har taraflama kamaytirish;
• yuza joylashgan sho‘r yoki chuchuk sizot suvlari sathini pasaytirish.
Degradatsiya so‘zi polyak tilidan olingan bo‘lib, (Degradaya – lotin tilida esa degradation) “sekin-astalik bilan kamayish” va “pastga ketish” degan ma’noni anglatadi.
Tuproq degradatsiyasi jarayonlar yig‘indisi bo‘lib, ular tuproqlarning funksiyasi o‘zgarishi, xossalarining miqdor va sifat ko‘rsatkichlari yomonlashishi va unumdorlikning pasayishiga olib keladi, yani tabiiy va antropogen omillar ta’sirida elementlarning ekologik tizimda tuproqlarning turg‘un xossalari buzilishi, xo‘jalik nuqtayi nazardan bahosining tushishi va samaradorlikning pasayishidir.
Tuproq degradatsiyasi quyidagi turlarga bo‘linadi:
 fizik va mexanik degradatsiya tuproq granulometrik tarkibining o‘zgarishi bilan tuproq materiallarining yomonlashish jarayoni kuzatilishi, tuproq qatlamlarining nazoratsiz qolishi, ularning zichlashishi, havo va suv rejimlarining buzilishidir;
 kimyoviy va fizikaviy degradatsiya tuproq singdirish sig‘imidagi jarayonlar, jumladan, kislotalik-ishqoriylik xossalarini, oksidlanish-qaytarilish potensialini, makro va mikroelementlari hamda o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan hayot elementlarining salbiy tomonga o‘zgarishidir;
 biologik va biokimyoviy degradatsiya tuproq organik qismining o‘zgarishi va sifatining yomonlashishi, tuproq organizmlarining sifat va miqdor tarkibi salbiy tomonga o‘zgarishidir.
“Tuproq degradatsiyasi tuproq tizimi vazifalarining o‘zgarishi yoki tarkibi va qattiq fazaning tuzilishi hamda tuproqning boshqarish vazifalari, mavjud natijalarning ekologik mezonlardan chetga burilishi va barcha ko‘rsatkichlari hamda inson va biotalar uchun muhim vazifalarining yomonlashishidir”.
“Tuproq degradatsiyasi deganda, barcha tuproq xossalari, funksiyalari yig‘indisi, tabiiy rejimlari hamda ekologik tizimlar elementi sifatidagi tuproq vazifalarining o‘zgarishi jarayonlari va natijalari tushuniladi”.
Tuproqning degradatsiyaga uchrashining asosiy sababi tabiiy iqlimiy omillar va inson faoliyati natijasida yerlarning cho‘llanishi va tanazzulidir. Bular jumlasiga quyidagilar kiradi:
– cho‘llanish, o‘rmonsizlashish va hokazo;
– sug‘orma dehqonchilik sharoitlarida yerning ikkilamchi sho‘rlanishi, suv va zax bosishi;
– tog‘ va tog‘oldi hududlaridagi tuproqlarning suv va irrigatsiya eroziyasiga uchrashi;
– intensiv ko‘chma chorvachilik hududlarida yaylovlarning degressiya va tuproqlarning deflyatsiyaga uchrashi;
– yerlarning qishloq xo‘jaligi va sanoatda o‘zlashtirishdagi texnogen cho‘llanishi;
– agrokimyoviy vositalar qo‘llanilishi, sanoat va maishiy chiqindilar tashlanishi va ziroatchilikdagi yakkahokimlik natijasida tuproqning ifloslanishi va hosildorlikning yo‘qotilishi;
– Orol dengizining qurishi va tuz-chang to‘zonlari, aerozol va boshqalarning tuproq yuzasiga o‘tirishi hisobiga tuproqlarning sho‘rlanishi.
Tuproq degradatsiyasining darajalari: tuproq degradatsiyasining barcha turlari har xil darajada bo‘lishi mumkin, ya’ni kuchsizdan kuchligacha va hokazo. Tuproq degradatsiyasi miqdor ko‘rsatkichlari yordamida ajralib turadi yoki sifat belgilari ko‘rinishida ham bo‘ladi.
Tuproq degradatsiyasi quyidagi tiplarga bo‘linadi:

  •  texnologik (yerdan uzoq muddat foydalanish);

  •  tuproq eroziyasi;

  •  sho‘rlanish;

  •  botqoqlanish;

  •  tuproqning ifloslanishi;

  •  cho‘llashish (qurg‘oqchilik).
    Atrof-muhit va tuproq qoplamining degradatsiyasini baholashda ayrim olimlar tomonidan taklif qilingan quyidagi gradatsiyadan (14-jadval) foydalanish mumkin.
    Tuproq va yerlarning degradatsiyaga duchor bo‘lishida quyidagi jarayonlar va tadbirlar asosiy rol o‘ynaydi:

1. Mineral va organik o‘g‘itlar hamda pestitsidlarning noto‘g‘ri qo‘llanishi. Tuproqlarga yuqori miqdorda mineral o‘g‘itlar va pestitsidlarning qo‘llanilishi tuproq tuzilmasiga va ayrim xossalariga salbiy ta’sir qilib, uni eroziyaga moyil bo‘lishiga olib keladi.


2. Meliorativ ishlar. Meliorativ ishlarni noto‘g‘ri texnologiyalar asosida olib borish natijasida tuproqlarning gumusli qatlami kamayishiga va tuproqning unumdor qatlamiga tuproq hosil qiluvchi ona jins mahsulotlarini aralashib ketishiga olib keladi.
3. O‘rmon qurilish materiallarini tayyorlash. O‘rmon qurilish materiallarini tayyorlash vaqtida og‘ir texnikalarning harakati o‘rmon qiyiga, o‘simliklar qoplamiga salbiy ta’sir qiladi va daraxt ildizlarini ko‘chirishda u bilan ko‘p miqdorda gumus ham chiqib ketadi, natijada tuproqning ustki gumusli qatlami yo‘qoladi.
4. O‘rmon yong‘ini. O‘rmonlarda yong‘in sodir bo‘lganda o‘rmon bilan birga o‘rmon qiyi, o‘simlik qoplamiga salbiy ta’sir qiladi va natijada tuproqning gumusli qatlami yo‘qoladi.
5. Qo‘riq va torfli tuproqlarning yonishi. Qo‘riq va torfli tuproqlarda yong‘in sodir bo‘lganda tuproqning to‘liq organik qismi yonib ketadi.
Tuproqning unumdorligiga salbiy ta’sir etuvchi asosiy jarayonlardan biri suv va irrigatsiya eroziyasidir. Irrigatsiya eroziyasiga, asosan, sug‘orma tipik va to‘q tusli bo‘ztuproqli yerlar moyil bo‘ladi. Bu maydonlarning yarmiga yaqini bo‘laklangan relyefli joylar va ularda irrigatsiya eroziyasi rivojlanish ehtimoli cho‘l hududlaridagiga nisbatan ko‘proqdir.
Tuproqlarning yuvilishi qiyaligi 1-20 ga yetganda boshlanib, qiyalik oshgan sari eroziya jarayoni jadallashadi. Eng xavotirlisi shundaki, irrigatsiya eroziyasi natijasida tuproqlardan gumus va oziqlantiruvchi moddalar yo‘qoladi.
Buning oqibatida qishloq xo‘jaligi yer aylanmasidan qimmatbaho sug‘oriladigan yerlar chiqmoqda. Bundan tashqari tuproqlarga solinadigan o‘g‘it va zaharli kimyoviy moddalarning uchdan bir qismi tuproqdan yuvilib, suv havzalarida yig‘iladi va atrofmuhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tuproq degradatsiyasini tezlashtiruvchi omillarga quyidagilarni keltirish mumkin (14-rasm).
Ekin maydonlari respublika bo‘yicha jami 4064,7 ming gektarni, shu jumladan, sug‘oriladigan ekin maydonlarning umumiy hajmi 3307,3 ming gektar yoki qishloq xo‘jalik yer turlarining 13,1 % ini hamda lalmi ekin maydonlarining umumiy hajmi 757,4 ming gektarni yoki qishloq xo‘jalik yer turlarining 3,0 %ini tashkil qilib, qishloq xo‘jaligidan olinadigan hamma mahsulotlarning 30-35 %dan ko‘prog‘ini yetkazib beradi.

Yüklə 48,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin