Jismoniy tarbiyaning umumiy vazifalari: Jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish maqsadida organizmning shakllari va funkstiyalarini uyg‘un ravishda jismonan kamol toptirish, aholining sog‘ligini mustahkamlash, uzoq umr ko‘rishini ta’minlash.
Harakat malaka va ko‘nikmalarini hamda jismoniy tarbiya
va sport bo‘yicha mahsus bilimlarni shakllantirish.
Jismoniy fazilatlar kuch, chidamlilik, tezkorlik,chaqqonlik, egiluvchanlik bilan bir qatorda shaxsning ma’naviy,irodaviy va estetik sifatlarini tarbiyalash. Aqliy, intellektual kamolotga etkazish.
Sog‘lomlashtirish jismoniy rivojlantirish hamda harakat malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish vazifalari jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilaryoshi, jinsi hamda shaxsiy xususiyatlariga qarab turli shakllarda bo‘ladi. O‘quvchi va talabalarning jismoniy tarbiyasi ularni uyg‘un jismoniy rivojlanishi va organizmini chiniqtirishga qaratilgan bo‘lsa, sport bilan shug‘ullanishda sport turi bo‘yicha mutaxassislikka erishi va sportda yuksak natijalar ko‘rsatishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ayollar jismoniy tarbiyasi ular sog‘ligini mustaxkamlash hamda onalikka jismoniy jihatdan tayyorlash bo‘lib, keksalar jismoniy tarbiyasi davolash jismoniy mashqlari, toza havoda sayr qilish va dam olish muolajalari shaklida bo‘lib umrning uzaytirishga qaratilgan bo‘ladi. Jismoniy tarbiyaning yuqorida qayd etilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda bosh omil murabbiylar hamda tashkilotchilar hisoblanadi. Shuningdek, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarning yoshi, jinsi, jismoniy tayyorgarliklari, sog‘ligi hamda qiziqishlari ham jismoniy tarbiyani amalga oshirishda hal qiluvchi axamiyat kasb etadi. Mashg‘ulotlarni tashkil qilishda jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifasini amalga oshirish ko‘zlanmasa, tarbiyada ijobiy natijalarga erishish mumkin emas. Jismoniy madaniyat-umumiy madaniyatning ajralmas bir qismi, hamda jismoniy tarbiya vositalarini yaratish va foydalanishda jamiyat erishgan muvaffaqiyatlarning yig‘indisidir. Jismoniy madaniyat uzoq tarixiy davrlar mobaynida shakllanib keladi. Millatning jismoniy madaniyat va sport soxasida erishgan yutuqlari, axolining ommaviy jismoniy tarbiya va sportga jalb etilishi, mamlakatda yoshlarni qolaversa axolini hamma qatlamini jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishini ta’minlovchi vositalar-sport inshootlari, jixozlari, jismoniy tarbiya jarayonini tashkil etuvchi va boshqaruvchi mutaxassis kadrlar etarliligi ham jismoniy madaniyat saviyasini belgilaydi. Jismoniy tarbiya tadbirlarini muntazam o‘tkazib borish o‘quvchi va talabalarni o‘zini-o‘zi nazorat qilish, kun tartibiga rioya qilish hamda faolligini mustahkamlashga o‘rgatadi. Jismoniy tarbiya tadbirlari maktab va kasb-xunar kollejlarining ta’lim va tarbiyaviy ishlari shakllaridan bo‘lib o‘quv mashg‘ulotlari bilan muvofiq holda tashkil etilishi kerak. Olib boriladigan jismoniy tarbiya tadbirlari o‘quvchi va talabalarni qiziqtira olishi va ularga jismoniy tarbiya hamda sportga bo‘lgan qiziqishlarini ortirishini taminlash kerak.
Xulosa
Kurs ishida ta’lim muassasalarda o‘quvchi va talabalarni jismoniy tarbiyalash, sog‘lomlashtirish tadbirlarining asosiy shakllari hamda vositalari keng doirada o‘rganildi. Kurs ishisi mavzusi bo‘yicha uslubiy va ilmiy adabiyotlar, o‘quv darsliklar,qo‘llanmalar,kino va videofilmlar xamda internet materiallari taxlil etildi. Ta’lim muassasalarida o‘quvchi va talabalarni jismoniy tarbiyalash va sog‘lomlashtirishning asosiy shakllari jismoniy mashqlar va tabiat omillarining sog‘lomlashtiruvchi ta’siri keng axamiyat kasb etadi. Ta’lim muassasalarida o‘quvchi va talabalar jismoniy mashqlar bilan ertalabki badantarbiya, jismoniy tarbiya darslari, sport to‘garaklaridagi mashg‘ulotlar, sport musobaqalari va bayramlari xamda kun tartibidagi sport va sog‘lomlashtirish tadbirlarida shug‘ullanishni amalga oshiradilar. Jismoniy mashqlar o‘quvchi va talabalarni jismoniy xarakatlarini ta’minlovchi asosiy vositasi turi bo‘lib xisoblanadi. Ular o‘z bajarilish tarzi, ta’sir doirasiga qaraganda umumrivojlantiruvchi mashqlar, maxsus mashqlar xamda yordamchi mashqlarga bo‘linadi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlarida, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida, sport to‘garak mashg‘ulotlarida amalga oshiriladi. Umumrivojlantiruvchi jismoniy mashqlarning maqsad va vazifalari jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanuvchi organizmini jismoniy yuklamaga tayyorlash va jismoniy yuklamani organizmga bo‘ladigan salbiy ta’sirini oldini olishdir. Umumrivojlantiruvchi mashqlar tananing xar bir qismlariga alohida- alohida holatda beriladi. Ulardan gavda muskullari bo‘yin muskullari, elka muskullari, qo‘l muskullari, bel muskullari, son va boldir muskullari uchun alohida qismlarga ajratiladi. Shuningdek umumrivojlantiruvchi mashqlar o‘z bajarilish shakli, ta’sir etuvchi kuchi hamda shiddatiga muvofiq sog‘lomlashtiruvchi mashqlar, tayyorlovchi mashqlar, tetiklashtiruvchi yoki davolovchi mashqlarga bo‘linadi.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar shug‘ullanuvchilar jinsi, shaxsiy qiziqishlari, yoshi, jismoniy tayyorgarligi xamda mashg‘ulotlar shakliga qarab quyidagi usullarda bajarilish mumkin. Yurgan xolatda, yugurib, doirada, safda, qatorlarda, buyumlar bilan va sherigining qarshiliklari bilan bajariladi. Sport mashg‘ulotlarida umumrivojlantiruvchi mashqlar akrobatika mashqlari bilan xamda sport turiga xos bo‘lgan mashqlar bilan va sport turi jihozlari bilan ham bajarilish mumkin.
Ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlaridagi umumrivojlantiruvchi mashqlar sog‘lomlashtiruvchi yoki tetiklashtiruvchi mashqlar bo‘lib hisoblanadi. Jismoniy tarbiya darslari va sport to‘garaklaridagi umumrivojlantiruvchi mashqlar tayyorlov mashqlari bo‘lib organizmga mashg‘ulot jarayonida tushadigan jismoniy yuklamaga tayyorgarlik ko‘riladi. Surunkali kasalliklarni davolash hamda shikastlanishlarda tiklanish jarayonlarida davolovchi jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish tavsiya etiladi.
Maxsus mashqlar sport turining harakatlar texnikasidan iborat bo‘lgan mashqlardan tuziladi. Engil atletikachining yugurish, sakrash, uloqtirish mashqlari, gimnastikachining osilib, tayanish, muvozanat saqlash, tayanib sakrash, akrobatika mashqlari, sport o‘yinlarida basketbol, voleybol, futbol, gandbol, tennis sport turlarida to‘p olib yurish, to‘p uzatish, to‘p qabul qilish, to‘pga zarba berish xarakatlari, suzuvchining krol, brass, batterflyay, delfin suzish usullarining harakatlari, shuningdek, yakka kurash turlarida zarba berish, himoya qilish, uloqtirish, qayirish, bo‘g‘ish, og‘ritish kabi xarakatlarni maxsus mashqlar jumlasiga kiritish mumkin.
Yuqorida keltirilgan maxsus mashg‘ulotlarni egallashda sportchining mustaqil qiladigan harakatlari shuningdek jixozlardagi va buyumlar yordamida amalga oshiriladigan mashqlar yordamchi mashqlar deb ataladi. Yordamchi mashqlarning vazifalari sport turlariga muvofiq bo‘lgan maxsus mashqlarga malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish o‘rganish, takomillashtirish bo‘lib xisoblanadi. Tabiat omillari hisoblangan suv, quyosh va xavo muolajalari o‘quvchi va talabalarni sog‘lomlashtirish tadbirlarining asosiy vositalaridan biridir. Shuningdek tabiat qo‘yniga tashkil etiladigan sayrlar va sayoxatlarda ham o‘quvchi va talabalar tabiat omillari yordamida chiniqib boradilar. Ochiq xavoda o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya, sport va sog‘lomlashtirish tadbirlarining jismoniy rivojlantirish va sog‘lomlashtirish ahamiyati katta. O‘quvchi va talabalarni yoz fasllarida suv muolajalarini muntazam qabul qilishi, quyosh nurlarida toblanish, kuz va qish oylarida hamda bahorda toza havoda sayr va sayoxatlar tashkil etilishi, ular organizmini sog‘lom bo‘lishi va kasalliklarga chidamliligi ortishini kafolatlaydi.