12-rasm. Osma plugni tayinlangan shudgorlash chuqurligiga o’rnatish.
Agar ustun balandligi huu noratsional tanlansa, 3-4 va 1-2 tortkilar o’zaro parallel cheksiz uzoklikda bo’lib kolishi mumkin (12-a rasm). Bunday hol dagi osish mexanizmi parallelogrammli deb
ataladi, uning yordamida ko’tarilayotgan mashina doimo uzining dastlabki holatiga parallel kuchiriladi. Bunday variantdagi mexanizmga plugni osish mumkin emas, chunki ko’tarilib-tushayotganida engashish burchagi uzluksiz o’zgarmasdan koladi. Parallelogrammli mexanizmga kul tivator, seyalka kabi mashinalarning ishchi qismlari o’rnatilgan ma`kul.
Oniy aylanish markazi kanchalik uzokda bo’lsa, plug to’liq chuqurlikka botishi uchun uzok yo’l bosib utadi, chala haydalgan joy ko’p bo’ladi. Ustun balandligi to’g’ri tanlansa, plug 2...3 m davomida to’liq chuqurlikka botib ulguradi.
Osma plugni sozlash uni tayinlangan shudgorlash chuqurligi a ga o’rnatishdan boshlanadi. Plug osilgan traktor betlongan tekis maydoncha bo’ylab orqa tomonga yuritilib, oldindan maxsus tayyorlangan beton chuqurning chetida tuxtatiladi (12-rasm). Chuqurlik h chukqa max Q10 cm bo’lgani ma`kul. Tayanch g’ildiragi tagiga htqhchukQ1 sm ga teng balandlikda tirak o’rnatilib, unga tayanch g’ildiragi to’liq utirganicha plug pastga tushiriladi. Tayanch g’ildiragi mexanizmi yordamida unga eng yakin joylashgan korpus betonlangan maydoncha satxiga nisbatan pastga tayinlangan a chuqurlikka tushganicha plug ramasi pasaytiriladi. Markaziy tortki 3-4 ning uzunligi o’zgartirilib, plug ramasi buylama tekislikda, kashak 5-6 larning uzunligi o’zgartirilib, kundalang tekislikda gorizontal holatga keltiriladi.
Agar osma plug g’ildirakli traktor bilan agregatlansa, kupincha uni g’ildiraklarining biri shudgor tubi buyicha harakatlantiriladi, ya`ni traktor kundalang tekislikda shudgor tomonga engashib yuradi. Lekin kashaklarning yordamida plug ramasi gorizontal holatga keltirilgan bo’lishi kerak. Bu holatni bevosita dalada nazorat qilinadi.
Osma plugdan foydalanish. Respublikamiz dalalarini shudgorlashda osma pluglardan kuprok foydalanilmokda. Ular, asosan, g’ildirakli traktorlar bilan agregatlanadi. G’ildirakli traktor bilan plugni agregatlashning uziga xos xususiyatlarini e`tiborga olish lozim.
Tuprogi yumshok bo’lgan dala sharoitida g’ildirakli traktorning sudrash kobiliyati birmuncha cheklangan bo’ladi. Shu sababli u agregatlay oladigan plugning kamrov kengligi Vpl traktor g’ildiraklari oraliki Vtr ga nisbatan kam bo’ladi. Shu tufayli traktorning bir g’ildiragi majburan shudgorlangan tomonda yurgiziladi. Respublikamiz sharoitida ogir tuproqli dalalarni katta chuqurlikda shudgorlashda bu kamchilik yakkolrok kuzga tashlanadi.
Oddiy osma plug bilan shudgorlashda shudgor juyaklari hamda tuproq uyumlarini kamaytirish maksadida dala paykallarga ajratiladi. Paykallarni shudgorlash navbati va ularda harakatlanish tartibi maxsus sxemala buyicha bajariladi.
Osma plugli agregat uchun, ya`ni tirkalma plugli agregat uchun tuzilgan tartib buyicha paykallarga ajratiladi. Paykal ichida harakatlanish tartibida tafvutlar bor, chunki traktorning ung g’ildiragi (ung tomonga ag’daradigan korpuslar ishlatilishi sababli) doimo shudgorlangan yerda yuradi. Sharoitga qarab, agregatni paykalda yuritish sxemasi ham turlicha bo’lishi mumkin.
Paykallarda hosil bo’ladigan tuproq uyumini iloji boricha kichikrok qilish maksadida 3 korpusli plugdan tuzilgan agregatning dastlabki 4 ta yurishini tashkil qilish sxemasi 13-rasmda tavsiya etilgan 4 va 5 korpusli pluglar uchun ham shu tartibdan foydalanish mumkin.
1-yurishni (13-a rasm) paykalning urtasidan boshlab, traktorning ikkala g’ildiragi ham dala satxida bo’lishini e`tiborga olib, markaziy tortki va ung kashakni keskin kiskartirib, 1 va 2-korpuslarni yerga tegdirmasdan, oxirgi korpusni esa (bu misolda uchinchisi) 0,5 a chuqurlikka o’rnatib, agregatni harakatlantirish tavsiya etiladi. Bu hol dagi plugning 3-korpusi dala yuzasiga aG’2 tuproq palaxsasini chiqarib ketadi. Dalaning chetiga borib orqasiga kaytishdagi 2-yurishida plugning holati o’zgartirilmaydi, ammo traktorning chap g’ildiragi 1-yurishdan sung koldirilgan aG’2 tuproq uyumi usti bo’ylab harakatlanadi va 3-korpus bilan yana aG’2 palaxsani dala yuzasiga chiqarib tashlaydi (13-b rasm) yu