Mavzu №9: Bilish jarayonlari diagnostikasi


Ayzenk bo‘yicha intellekt modeli



Yüklə 290,62 Kb.
səhifə3/38
tarix07.01.2024
ölçüsü290,62 Kb.
#211518
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Mavzu №9 Bilish jarayonlari diagnostikasi-fayllar.org (1)

Ayzenk bo‘yicha intellekt modeli
•Intellektual jarayonlar (tafakkur, xotira, idrok).
•Test materiali (verbal,fazoviy).
•Intellektual jarayoniar sifati (tezligi va kuchi).
Ijtimoiy va emotsional intellekt
Ijtimoiy intellekt termini 1920 yilda E.Tomdayk tomonidan taklif etilgan.
U intellektning 3 tatomonini ajratib ko‘rsatadi:
✓ Abstrakt (mavhum) intellekt - fikr, g ‘oyalar mohiyatini tushunish va ularni boshqarish.
•S Mexanik intellekt - konkret obyektlarga nisbatan fikrlar.
■S Ijtimoiy intellekt - insonlarga nisbatan fikrlar, g'oyalar va ularni boshqarish.
E.Torndayk bo‘yicha:
Ijtimoiy intellekt - insoniy munosabatlarda oqilona harakat qila olish qobiliyati, ijtimoiy muammolar bilish, inson shaxsi va uning holatini tushunish.
Emotsional intellekt - hissiyotlami (o‘zi va boshqalaming) tushunish va ularni boshqarish qobiliyati.
Emotsional intellekt tushunchasi psixologiyaga 1983 yil X.Gardner tomonidan kiritilgan.
Intellekt psixodiagnostikasi
Intellekt testlari - umumiy qobiliyatlarni aniqlash testlari (lotincha “intellektus” tushunish,bilish ma’nosini anglatadi.
Intellektual koeffitsiyent (IQ) -intellektual taraqqiyot darajasining miqdoriy ko‘rsatkichi bo‘lib, intellekt testlari orqali aniqlanadi.
Intellektual koeffitsiyent tushunchasi V.Shtem tomonidan kiritilgan (1912yil).
Bine-Simon testi
Bine-Simon testi 3 ta seriyada: 1- seriya 1905 yiI, 2-seriya 1908 yil va 3-seriyasi 1911 yilda nashr ettirilgan. Topshiriqlar yosh bo'yicha guruhlashtirilgan (3 yoshdan 13 yoshgacha). Har bir yosh uchun mos tarzda topshiriqlar tanlab olingan. Agar tekshirilgan 80-90% bolalar yecha olsalar, topshiriqlar shu yoshga mos deb qaralgan. Bunda 6 yoshgacha boigan bolalarga 4 tadan topshiriq, 6 yoshdan oshgan bolalarga 6 tadan topshiriq berilgan.
Aqliy yosh intellekt ko‘rsatkichi boiib, xronologik yoshdan farq qilishi mumkin. Aqliy yosh test topshiriqlarining bajarilishiga qarab aniqlanadi. Bolaning xronologik yoshiga mos topshiriqlar taklif etiladi. Agar bola bu topshiriqlaming barchasini bajara olsa, o ‘zidan katta guruh uchun moijallangan topshiriqlar beriladi.
Agar bola 7 yoshlilar uchun moijallangan barcha vazifalami bajarsa va 8 yoshlilamikidan 2 ta vazifani bajarsa, uning natijalari quyidagicha hisoblanadi:
12 oy : 6(8 yoshlilar uchun vazifalar soni) = 2 oy (bitta vazifa bahosi);
2 oy x 2 = 4 oy. Shunday qilib, bolaning aqliy yoshi - 7 yoshu 4 oy.
Aqliy yosh bilan xronologik yoshning mos kelmasligi yoki iqtidorlilik, yoki aqlan qoloqlik sifatida qaralgan, ya’ni agar aqliy yosh xronologik yoshdan past boisa - aqliy qoloqlik, aqliy yosh xronologik yoshdan yuqori bo‘ Isa - iqtidorlilik hisoblangan.



aqliy yosh





IQ =

____________________

*100




xronologik yosh






O‘rtacha ko‘rsatkich 100 ga tehg. 100±16, ya’ni 84 va 116 oraligidagi ko‘rsatkich norma hisoblanadi. 84 dan past boisa -aqlan qoloqlik, 116 dan yuqori boisa - iqtidorlilik.

Topshiriqlar namunasi (3 yoshlilar uchun);


  • K o ‘z, burun,og‘izni ko‘rsatish.


  • 6 bo‘ g‘ indan iborat so‘zni takrorlash.


  • Berilgan ikkita sonni takrorlash.


  • >Rasmdagi predmetlarni aytish.


  • >Familiyasini aytish.


Raven testi (Progressiv matritsalar)


Raven testi (Progressiv matritsalar) noverbal intellekt testi boiib, testning 1-redaksiyasi 1936 yilda L.Penroue va Dj.Raven tomonidan bolalar diagnostikasi uchun ishlab chiqilgan. Testning kattalar uchun varianti 1960 yilda yaratilgan.
Metodika geshtaltpsixologiya nazariyasi asosiga qurilgan. Har bir topshiriq o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq elementlardan tashkil topgan yaxlit, bir butun tuzilma sifatida qaraladi. Sinaluvchi dastavval keng miqyosda matritsani baholaydi. So'ngra tasvimi alohida elemenrlarga ajratadi (differensiatsiya qiladi). Yakuniy bosqichda ajratib olingan elementlar yaxlit obrazga birlashtiriladi.
Shu tariqa tasvirdagi etishmayotgan qism ajratib olinadi.
Testning 3 ta shakli mavjud.
- Birinchi shakli (oxirgi redaksiyasi 1996 yilda) standart oqqora progressiv matritsalar bo‘lib, 8 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan sinaluvchilarda qoilash uchun moijallangan. Ushbu shakl 60 ta matritsadan iborat boiib, 5 ta seriyaga ajratilgan (A,B,D,E,F). 1-seriyada matritsada tasvirlangan rasmni tuzilmaviy tarkibiy qismlarga bo‘Iish, differensiatsiya qilish talab etiladi. Keyingi seriyalarda topshiriqlar ancha murakkab boiib, analogiya bo‘yicha fikrlash, o‘rnini o‘zgartirish, figuradagi murakkab o‘zgarishlar tamoyillarini tushuna olish, aqliy harakatlar taqozo etiladi.
- Ikkinchi shakli (oxirgi redaksiyasi 1960 yil) rangli progressiv matritsalar. 5 yoshdan II yoshgacha, shuningdek, qarilik davri (60-89 yosh) hamda aqlan qoloq katta yoshli sinaluvchilami diagnostika qilishda foydalaniladi. Ushbu shakl 36 ta matritsadan tuzilgan boiib, 3 ta seriyaga boiingan. Topshiriqlarda tasvirdagi etishmayotgan qismni toidirish vazifasi qo‘yiladi.
- Uchinchi shakli (oxirgi redaksyasi 1994 yilda) yuqori murakkablikdagi progressiv matritsalar boiib, intellektual taraqqiyot dara­jasi yuqori boigan katta yoshdagilar va o‘smirlami diagnostika qilish uchun maxsus ishlab chiqilgan.
“Maktab aqliy taraqqiyot testi”. “Maktab aqliy taraqqiyot testi” o‘smirlik va o‘spirinlik davridagi o‘quvchilar aqliy taraqqiyoti diagnostikasi uchun, maktabdagi taiim jarayonida aqliy rivojlanishni nazorat qilish uchun moijallangan. Metodika M.K.Akimova, E.M.Borisova, K.M.Gurevich, V.T.Kozlova, G.P.Loginova, V.G.Zarxin tomonidan taklif qilingan. “Maktab aqliy taraqqiyot testi” psixologik maslahat, taiim nazorati, o‘quvchi aqliy taraqqiyotini tuzatish bo‘yica umumiy va individual tavsiyalar ishlab chiqish sohalarida qoilanilishi mumkin.
“Maktab aqliy taraqqiyot testi” 6ta subtestdan tuzilgan boiib, ulaming mazmuni quyidagilardan iborat:
* Umumiy bilimdonlik;
■ Analogiya;
■ Tasniflash;
* Umumlashtirish;
* Sonlar qatori.
Test bir-biriga o ‘xshash 2 ta shakl - A va В shakliariga ega.
Testni to‘g‘ri o‘tkazish uchun ko‘rsatmaga qat’iy amal qilish, sekundomer yordamida subtestlar bajarilish vaqtini nazorat qilish, topshiriqlami bajarishda sinaluvchilarga ko‘mak bermaslik juda muhimdir. Butun test bo‘yicha sinaluvchilarga umumiy ko‘rsatma tadqiqotchi tomonidan og‘zaki ko‘rinishda beriladi.
Subtestlami bajarish uchun sinaluvchiga muayyan vaqt belgilab beriladi.
Quyidagi jadvalda topshiriqlar va ularga ajratilgan vaqt ko‘rsatilgan.

t/r

Subtestlar nomi

Subtestdagi topshiriqlar soni


Bajarilish vaqti


(m)

1.

Umumiy bilimdonlik -1

20

8

2.

Umumiy bilimdonlik -2

20

4

3.

O‘xshashlik

25

10

4.

Tasniflash

20

7

5.

Umumlashtirish

19

8

6.

Sonlar qatori

15

7


Ko'rsatma: “Siz tirli topshiriqlar to‘plamini bajarishingiz lozim. Har bir topshiriq taklif qilinishidan oldin, ular yaxshilab tushuntiriladi hamda ulami yechish yoilari misollar bilan keltiriladi. Har bir topshiriqlar to‘plamini bajarish uchun muayyan vaqt belgilangan. Topshiriqni ko‘rsatma asosida boshlaysiz va tugatasiz.

Har bir topshiriqni qat’iy tartib boyicha yechishingiz, bunda tez va xatosiz ishiashga harakat qilishingiz zarur”.


Sinaluvchilarga ko‘rsatma o‘qib eshittirilganidan so‘ng tadqiqotchi javob varaqasini tarqatib chiqadi. So‘ngra o'quvchining familiya, ismi-sharifi, tadqiqot o'tkazilish vaqti, o‘quvchi o‘qiydigan maktab va sinf haqidagi ma’Iumotlami to‘ldirish bo'yicha ko‘rsatma beriladi.
Tadqiqot natijalari barcha subtestlar bo‘yicha to‘plangan ballar yig‘indisi asosida hisoblanadi.
D.Veksler intellektni o‘Ichash testi. Amerikalik psixodiagnost
D.Veksler tomonidan ishlab chiqilgan intellektni aniqlash testi 3 turdagi yosh guruhlari uchun moijallangan:
♦ Kattalar uchun - 16 yoshdan boshlab.
♦ Bolalar uchun - 6 yoshdan 16 yoshgacha.
♦ Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun - 3 yoshdan 6 yoshgacha.
D.Veksler metodikasi verbal va noverbal shkalalardan iborat subtestlardan iborat. Kattalar va bolalarga moijallangan testlarda 11 ta subtest mavjud boiib, ulardan 6 tasi verbal, 5 tasi noverbal topshiriqlar hisoblanadi.
Natijalar, ya’ni intellektual koeffitsiyent verbal va noverbal topshiriqlar bo‘yicha alohida hamda umuman test bo‘yicha hisoblanadi. Norma - IQ 85 dan 115 gacha oraliqdagi ko‘rsatkich.
“Tushunchalar tahlili ” organayzeri
Muhim muammoning yechimini topishga yordam beradi va
“Tushunchalar tahlili” usuli orqali muammo hal qilinadi.
Mazmuni:
Tafakkur
Konvergent tafakkur
Diqqat
Divergent tafakkur
2-guruh Mazmuni:
Intellekt
Ijtimoiy intellekt
Emotsional intellekt
Intellektual koeffitsiyent


Yüklə 290,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin