Mavzu: abbosiylar hukmronligi yillarida madaniy hayot



Yüklə 219,5 Kb.
səhifə2/9
tarix04.06.2022
ölçüsü219,5 Kb.
#60653
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Abbosiylar 222

O`rganilganlik darajasi. O`zbekiston olimlari tomonidan mavzuga doir masalalar atroflicha yoritilgan. Xususan, Narshaxiyning “Buxoro tarixi”1 , Hofiz Tanish al-Buxoriyning “Аbdullanoma”2 , Ibn Xavqalning “Kitob surat al-ard” (Movarounnahr)1 nomli , Hudud-ul olam (Movarounnihr tavsifi)2 , Аbdulkarim as-Samʼoniyning “Аl-Аnsob Nasabnoma”3 nomli , Hasanxoja Nisoriyning “Muzakkiri ahbob” (Doʼstlar yodnomasi)4 kabi o’rta asr muarrixlari, F.Sulaymonova5, B.Abduhalimov6, Hoji Ismatulloh Abdulloh7, A.Murodov8, U.Uvatov9, М.Хайруллаев10, А.Muhammadjonov11, R.Shamsutddinov, Sh.Karimovlarning12, M.Juraev, R.Nurullin, S.Kamolov13 , va boshqa olimlar musulmon madaniyatini tadqiq etishga muhim hissa qo`shganlar. Rossiyalik sharqshunoslar orasida esa arab-musulmon madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi bilan bog`liq masalalar, asosan, V.V. Bartold14, O.G. Bolshakov15, I.M.Filshtinskiy16, L.G.Landa17, T.A.Chistyakova18, T.Y.Irmiyayeva19, K.P.Matviyev20, M.V.Sokolovalarning21 asarlarida o`z ifodasini topgan.
Bu o`rinda F.Sulaymonovaning “Sharq va G`arb” monografiyasida arab-musulmon madaniyatini yaxlit holda tadqiq etganligini alohida ta`kidlash zarur. Shuningdek, B.Abduhalimovning “Bayt al-Hikma va Markaziy Osiyo olimlarining Bag`doddagi ilmiy faoliyati” kitobida o`rta asr manbalarida saqlangan “Bayt al-Hikma” haqidagi ma`lumotlar jamlangan, ular ilk bor atroflicha yoritilib, mazkur ilmiy markazning tashkil topishi, tarkibiy tuzilishi, vazifalari va taraqqiyoti haqida so`z yuritiladi.
So`nggi yillarda “Ma`naviyat yulduzlari” nomi bilan chop etilgan va yuzga yaqin Markaziy Osiyolik buyuk siymolar, allomalar va adiblar haqida ma`lumotlarni o`z ichiga olgan bio-bibliografik asarni mamlakatimizda ushbu turkumdagi tadqiqotlarning eng yirigi sifatida baholash mumkin. Kitobda ming yildan ortiq vaqt (IX-XX) oralig`ida yashab, ijod etgan mashhur kishilarning hayoti va ilmiy merosi bayon qilinadi1.
Shveytsariyalik sharqshunos olim Adam Mets o`zining IX-X asrlarda musulmon Sharqida yuz bergan madaniy rivojlanishning tarixiga bag`ishlangan “Musulmon renessansi2” asari bilan mutaxassislarga yaxshi tanish. Asarda muallif ko`zlagan asosiy g`oya – IX-X asrlarning musulmon Sharqidagi Uyg`onish (Renessans) davri ekanini ko`rsatishga intilish deyish mumkin; shuning uchun ham u o`z asarini “Musulmon Renessansi” deb ataydi. Adam Metsning kitobi Sharq xalqlari ijtimoiy hayotining deyarli barcha qirralarini tarixiy manbalar asosida yoritib beruvchi muhim fundamental tadqiqot hisoblanadi.

Yüklə 219,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin