Mavzu: Addiktiv xulq-atvor tushunchasi : turlari va yondashuvlar



Yüklə 40,69 Kb.
səhifə5/5
tarix17.05.2022
ölçüsü40,69 Kb.
#58313
1   2   3   4   5
mustaqil ish og\'ishgan xulq atvor

Kontseptual modellar. Muhtoj axloq tabiati haqidagi tasavvurlar madaniyatning rivojlanishi bilan parallel ravishda rivojlandi va hozirgacha mukammal deb hisoblash mumkin ems. Tarixan birinchi bo`lib, ehtimol, addiktiv axloqsizlik va ma'naviy nomukamallik oqibati sifatida ma'naviy model chiqdi. Bu model halokatli odatlar odamning gunohkorligi ko`rinishlaridan biri hisoblanishiga mos tushuvchi diniy dunyoqarash boshlanadi. Etnik nuqtai nazardan odam o`z axloqiga to`la mas'uliyatni oladi. Masalan, piyonistalar o`z ishqibozligiga beriluvchan gedonistik kayfiyatdagi individ hisoblanadilar. Albatta, axmoqona odatlardan qutulish uchun o`ziga ichishni man etish va sust irodani obrazli qilib aytganda “sochidan ushlab botqoqdan tortib olishga urinish” bilan yengish zarur. Hozirgi vaqtda axloqiy model, agar o`rni bo`lsa, giyohvand moddalarga bog’lanib qolganlarga giyohvand moddalarni iste'mol qilish va qonunbuzarlik sodir etish o`rtasidagi zich aloqaga asosan qo`llaniladi. Addiktiv axloqning boshqa konseptual paradigmasi kasallik modeli hisoblanadi. Ushbu model mutaxassislar orasida ommaviylikka erishdi va keng jamoatchilik e'tirofini oldi (masalan, “O`n ikki qadam” dasturi doirasida). Ko`rib chiqilgan modelga muvofiq bog’lanib qolish o`zida maxsus yordam olishni talab qiluvchi kasallikni aks ettiradi. Bunda addikt qisman o`z kasalligining o`tishida mas'uliyatdan qisman ozod bo`ladi. Masalan, o`z diabetiga javob berishi mumkin bo`lmaganiday, piyonista ham o`z piyonistaligi uchun javobgar emas. Addiktlar ekzogen moddalardan bog’lanib qolishga immanent moyilligi bo`lgan odamlar sifatida ko`rib chiqiladi. Modomiki, muhtojlik qiyin davolanuvchi deb tan olingan ekan, u bilan azoblanuvchi odam butun hayoti davomida bu og’riqli maylga qarshilik ko`rsatishi lozim va aynan shuning uchun u shaxsan javobgardir. Anonim piyonistalar jamiyatida (AL) davolashning nisbatan yuqori samarasi kasallik modeli ommaviyligining o`sishiga olib keldi. Giyohvandlikka bog’lanib qolganlar anonim giyohvandlar (AN) tashkilotini yaratib, muvaffaqiyatga erishishga urinmoqdalar. P. Kutter ta'kidlashicha, bu qisman piyonista shaxslar va giyohvand moddalarni iste'mol qiluvchi odamlar o`rtasidagi ahamiyatli farqni tushuntiradi. Boshqa simptomatik model addiktiv axloqni alohida axloqiy “simptomlar” yoki odatlar sifatida o`rganishni ko`zda tutadi. Masalan, chekish jiddiy shaxsiy muammolar bilan ham, kasallik buzilishlari bilan ham bog’liq bo`lmagan oddiy odat bo`lishi mumkin. Bunday axloq axloqning boshqa har qanday (shu jumladan, foydali) steriotipi kabi o`rganish qonunlari bo`yicha shakllanadi. Masalan, o`smir chekishga o`zi uchun ahamiyatli bo`lgan kompaniyada tengdoshlarining ma'qullashini olib va kattalikni his qilib, qo`shilishi mumkin. Albatta, tibbiypsixologik ta'sir aniq bir simptom odatga yo`nalgan bo`lishi darkor. Buning uchun quyidagilarni aniqlab olish muhim: shaxs ushbu axloqdan (u nima bilan o`z-o`zini mustahkamlaydi) qanday psixologik foyda chiqaradi; u, odatda, qanday sharoitlarda o`tadi (nima uni mustahkamlaydi); nihoyat, qachon va nima uchun u namoyon bo`lmaydi (uning ingibitorlari qanday).

XULOSA


Addiktiv xulq-atvor bu inonlarning bior narsaga tobeligi, qaramligi sanaladi. Oila nafaqat tobe axloqning sodir bo`lishida, balki uni qo`llab-quvvatlashda ham ahamiyatli rol o`ynaydi. Qarindoshlarning o`zlari turlicha garchi undan real tarzda azoblansalar-da, uning kuchida addikt “buzish”ni qo`zg’atadigan psixologik muammolarga ega bo`lishlari mumkin. Addiktning qarindoshlarida oila a'zolaridan qaysilaridir addiktiv axloqning uzoq muddatli saqlanishi holatlarida, o`z navbatida, jiddiy muammolar paydo bo`lishi va kammuhtojlik holati rivojlanishi mumkin. Oila a'zolarining qaysilaridir tobe axloqning oqibatida shaxs va qarindoshlarining axloqidagi salbiy o`zgarishlarni nazarda tutiladi. Ayni vaqtda kuzatishlarning aytishicha, bitta oilada bolalar turlicha axloqni namoyish qiladilar. Bundan tashqari, xatto ota-onalar piyonistalikdan azob chekadigan oilalardagi bolalarda tobe axloq shakllanishi shart emas. Albatta, aniq shaxsning individual xususiyatlari kam bo`lmagan muhim rolni o`ynaydi.Hayot o`zgarishi bo`yicha odamlarda tobe axloqning yangi shakllari paydo bo`ladi, masalan, bugungi kunda kompyuterga bog’liqlik juda tez tarqalmoqda.Bolalarning komyuterga tobeligini oldini olish uchun vaqtni tog’ri taqsimlash maqsadga muvofiqdir.

ADABIYOTLAR RO’YXATI



  1. M.Atadjanov,D.A.Salieva “Xulqi og;ishgan bolalar psixologiyasi”

  2. SH.Ostanov “Desruktiv xulq psixologiyasi”

  3. N.Komilova “Xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi”

  4. Arxiv.uz sayti

Yüklə 40,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin