Mavzu: Addiktiv xulq-atvor tushunchasi : turlari va yondashuvlar



Yüklə 40,69 Kb.
səhifə4/5
tarix17.05.2022
ölçüsü40,69 Kb.
#58313
1   2   3   4   5
mustaqil ish og\'ishgan xulq atvor

Ovqatga tobelik. Addiktiv axloqning boshqa, uncha xavfli bo`lmagan, biroq ancha keng tarqalgan turi bu ovqatga tobelik. Ozuqa suiiste'mol qilishning eng soda ob'ekti hisoblanadi. Sistematik tarzda ko`p ovqat yeyish yoki aksincha ozish uchun miyadan ketmaydigan intilish, taomni serhasham tanlash, “ortiqcha og’irlik” bilan sermashaqqat kurash, yangi va yangi dieta bilan qiziqish bu va ovqatlanish axloqining boshqa turlari bizning davrimizda keng tarqalgan. Bularning barchasi
me`yordan og’ishdan ko`ra me`yorning o`zidir. Shu bilan birga ovqatlanish uslubi inson ruhiy holati va affektiv ehtiyojini aks ettiradi. Rus tilida muxabbat va ovqatlanish o`rtasidagi aloqa keng aks etgan:. Ilk yoshda vital ehtiyojlar frustratsiyasi katta ehtimol bilan bola rivojlanishida muammolarga olib keladi. Tadqiqotchilar ovqat addiktsiyasi sababini go`dak va ona o`rtasidan o`zaro munosabatning erta buzilishida ko`radilar. Shu jumladan, ona go`dak haqida go`dakning ehtiyojlaridan kelib chiqib emas, o`zining ehtiyojlariga muvofiq g’amxo`rlik qilishi mumkin. Qachonki bolaning signallari javob olmasa, bola o`zligining sog’lom hissiyotini ishlab chiqolmaydi. Buning o`rniga bola o`zini to`la huquqli avtonom mavjudot sifatida emas, shunchaki onaning davomi sifatida his qiladi. Go`dakni oziqlantirish vaqtida onaning hissiy holati ham kam ahamiyatga ega emas. R.Spits tadqiqotlarining natijasi shu faktni ishonchli tarzda tasdiqladiki, go`dakni muntazam ravishda hissiz oziqlantirish uning ehtiyojlariga javob bermaydi. Agar bolalar uyining go`daklari 5 oydan ortiq shu tartibda qolsa, ularning to`rtdan biri ovqat hazm qilishning buzilishidan o`lganlar, qolganlari esa og’ir ruhiy va jismoniy buzilishni namoyon qilganlar. Agar har bir bolani oziqlantirishda qo`liga olib, tabassum bilan ovqatlantiradigan qarovchilar soni ko`paytirilsa, bunda buzilishlar paydo bo`lmagan yoki yo`qolgan. Shunday qilib, go`dakni oziqlantirish kommunikativ jarayondir. Buzilgan ovqatlanish axloqi dastavval unga ahamiyatli bo`lgan ob'ekt bilan munosabatlarning erta buzilishi, himoyalanganlik va muxabbatning tanqisligini kechirish bilan bog’liq bo`lishi mumkin. Shaxs boshidanoq to`qlik va qoniqish layoqatini yo`qotadi. Ozuqa giyohlar kabi beixtiyor infantil affektlar, masalan, ruhiy azoblanish holati va qo`rquvdan himoya uchun tanlaydi. Buning oqibatida ovqat iste'mol qilish ustidan nazorat murakkablashadi. Odam nazoratsiz ozuqani tanovvul qilishga yoki aksincha o`z ishtahasini nazorat qilishga bor kuchini sarflaydi. Ushbu axloq yana shu bilan bog’liqki, zamonaviy ommaviy axborot vositalari ozg’in go`zallarni ideal obraz sifatida tiqishtiradilar. Bundan tashqari, ko`pincha noting ozuqa axloqiga ko`maklashuvchi ozuqa madaniyati juda serob. Umuman olganda ozuqa addiktsiyasi shaxs va jamiyat uchun jiddiy xavf tug’dirmaydi. Ayni vaqtda ovqatga tobelikning asabiy anoreksiya (grek tilidan “yeyish istagining yo`qligi”) va asabiy bulimiya (grek tilidan “bo`rilar ochligi”) kabi oxirgi variantlari o`ta jiddiy va qiyin yengiladigan muammolarni aks ettiradi.. Maxsus yuqori qadriyatli g’oyalar astenik qaddiqomatga ega bo`lishga mubtalolik xarakterlidir. Buzilish, qoidadagiday, pubertat muddat oldidan boshlanadi, remissiyada ko`pincha teskarisi bo`ladigan tana o`sishini kiritgan holda jinsiy rivojlanishning buzilishiga olib keladi. O`ta aniq ko`rinib turgan kaxeksiya (toliqish) bosqichida neyrofiziologik buzilishlar boshlanadi: diqqatni jamlashga layoqatsizlik, tezda psixik toliqish. Ko`pchilik ozuqa addiktlarida quyidagilar belgilanadi: nazoratning yo`qolishi; tana sxemasining buzilishi (bir muncha ta'sirchan sohalarning barchasiga qorin, dumba va bo`ksaning yuqori qismi kabilarga taalluqli). Vaqt o`tishi bilan ochlik va to`qlikni anglash yo`qoladi, deyarli doimo istisnoviy past o`z-o`zini baholashga joy bor. Kasallik davomida va o`sib boruvchi kaxeksiyada qiziqishlar doirasi torayadi, ijtimoiy aloqalar yo`qoladi va kayfiyatning ruhiy azoblanish holatiga surilishi o`sadi. Aniq ko`rinib turgan taom qabul qilish rituallari va asosan taom hamda kaloriyaga taalluqli miyaga o`rnashib qolgan fikrlar kuzatiladi. Jinsiy aloqaga ahamiyatsiz qiziqish va muvaffaqiyatga o`ta yuqori intilish ko`zga tashlanadi. Bu nazariyaga muvofiq ochlik yordamida jinsiy yetilishning jismoniy belgilari “yo`q”qa chiqadi va qiz bolaga “bola bo`lib qolish” va yoshga xos psixojinsiy talablardan berkinish imkonini beradi. O`z-o`ziga o`xshashlik va avtonomiyaning (ota-onadan yiroqlashish) yosh muammolari “ozuqa sohasidagi kurash maydoni”ga o`tkaziladi, buning sharofati bilan oila bilan simbiotik munosabatlar uzoq muddat saqlanib qoladi.

3. Addiktiv xulq-atvor haqida yondashuvlar



S.P.Korolenko va T.A.Donskiy addiktsiyaning shakllanishi bilan birga boruvchi o’zaro vaziyatning tipik ijtimoiy-psixologik o`zgarishlarni ko`rsatadi. Addiktiv ko`rsatmaning shakllanishiga hayotga addiktiv munosabatni uyg’otuvchi kognitiv, hissiy va axloqiy xususiyatlarning yig’indisi birinchi darajali ahamiyatga ega. Addiktiv ko`rsatma addiktsiya ob'ektiga yuqori baholi hissiy munosabatning (masalan, sigareta, giyohvand moddalarning doimiy zaxirasi bo`lishi haqidagi xavotir) paydo bo`lishida ifodalanadi. Ob'ekt to`g’risidagi fikrlar va suhbatlar ustunlik qilishni boshlaydi. Ratsionalizatsiyalash mexanizmi kuchayadi – addiktsiyani intellektual oqlash (“hamma chekadi”, “stressni ichkiliksiz yengib bo`lmaydi”, “kim ichsa, uni kasallik yengmaydi”). Bunda magik tafakkur (o`z buyukligi yoki giyohvand moddalarning qudratliligi haqidagi fantaziyalar ko`rinishida) va “istak bo`yicha tafakkur” deb nomlanuvchi shakllanadi, buning oqibatida addiktiv axloq va addiktiv muhitning salbiy natijalariga tanqid pasayadi (“hammasi joyida”; “men o`zimni nazorat qila olaman”; “barcha giyohvandlar yaxshi odamlar”). (addiktiv) axloq – bu psixik holatni o`zgartirish maqsadida qandaydir moddani iste'mol qilishga (yoki o`ziga xos faollikga) muhtoj bo`lib qolish bilan bog’liq bo`lgan autodestruktiv axloq. Sub'ektiv ravishda addiktsiya ob'ektisiz yashash mumkin emasday, unga yengib bo`lmas mayl kabi kechiriladi. Bu axloq, modomiki organizm va shaxsni muqarrar ravishda barbod qilarkan aniq ko`rinib turgan autodestruktiv xarakterga ega.


Yüklə 40,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin