Mavzu: Addiktiv xulq-atvor tushunchasi : turlari va yondashuvlar



Yüklə 40,69 Kb.
səhifə3/5
tarix17.05.2022
ölçüsü40,69 Kb.
#58313
1   2   3   4   5
mustaqil ish og\'ishgan xulq atvor

Kimyoviy tobelik. Ko`pgina odamlar ichkilik, kofe, trankvilizatorlar kabi kimyoviy moddalardan keng foydalanadi. Ularning ko`pchiligi bu narsalarni butun hayotlari davomida iste'mol qilish ustidan nazorat qilishga erishadilar, faqat ba'zilarigina bu tobelikning quliga aylanadilar. Keng ma'noda kimyoviy tobelik tushunchasi ostida (boshqa nomlari – dorivor, giyohlar) qonuniy (tamaki, ichkilik, dorilar) va noqonuniy giyohlar (kokain, nasha, og’u ishlab chiqarish va boshqalar)
ga bo`linadigan har qanday psixofaol moddalarni iste'mol qilishga tobelik tushuniladi. 2000 yili Sankt-Peterburgning 2,5 minglik aholisi o`rtasida olib borilgan sotsiologik tadqiqotlar guvohlik berishicha, 20 yoshdagilarning 70 % foizigacha noqonuniy giyohlar bilan tanish, u yoki bu darajada ularga aralashganlar. Qizlarda bu ko`rsatkich 30 foizdan oshmaydi. Giyohvandlikka qo`shilganlarning to`rtdan bir qismi aniq ko`rinib turgan tobelik bilan azoblanadi. Nasha yoki boshqa og’ularni ishlab chiqarishga qo`shilganlar miqdori deyarli yoshlarning umumiy hisobiga teng. Barcha faol iste'mol qiluvchilarning beshtadan to`rttasi og’ular bilan 15 yoshdan 17 yoshgacha to`qnash kelganlar. Noqonuniy giyohlarni iste'mol qilish ko`pincha 14 yoshgacha uchraydi. Yosh avji 21 yoshga to`g’ri keladi. Albatta, shakllanmagan shaxsning giyohlarni iste'mol qilishi ijtimoiy-psixologik muammolarni tug’diradi: me`yoriy psixik va jismoniy yetilish imkonsizligi, maktabga moslashmaganlik, kasb va bandlikni tanlash muammosi, sheriklik munosabatlarini yaratishdagi qiyinchilik, asotsiallik va boshqalar. Mutaxassislarning fikricha, Rossiyada giyohlarni iste'mol qilish keying 10 yil ichida ijtimoiy fojia darajasiga yetdi. Kimyoviy bog’liqlikning o`ziga xos xususiyatlari uning ikki aspekti o`trasidagi zich aloqaning mavjudligi hisoblanadi – klinik va psixoijtimoiy. Bu shuni anglatadiki, giyohvand moddalar iste'moli bilan bog’liq axloqni ijtimoiy-psixologik muammolar majmui sifatida ham, organizmda taraqqiy qiluvchi fizik-kimyoviy o`zgarishlar oqibati sifatida ham ko`rib chiqish zarur. Addiktsiyaning shakllanishidagi muayyan bosqich (jismoniy bog’liqlik bosqichi) da organizmdagi kimyoviy jarayonlar addiktiv axloqni quvvatlashda yetakchi roli o`ynashni boshlaydi. Ushbu xususiyat mutaxassislarni giyohvand moddalarga bog’liqlikning klinik ko`rinishlari sohasida ba'zi bilimlarni egallashga yo`llaydi. Jismoniy bog’liqlik sindromi uchun quyidagi klinik belgilar xarakterlidir: – psixofaol moddalarni iste'mol qilishga yengib bo`lmas istak; – boshlanishi, oxiri yoki uni qabul qilishning umumiy dozirovkasi uchun pasaytirilgan nazorat; – bekor qilish sindromini yumshatish maqsadida iste'mol qilish (abstinent sindrom); – giyohvand moddalarga tolerantlikni oshirish (xiyla yuqori dozalarga ehtiyoj); – vaziyatli nazoratning pasayishi (noodatiy sharoitlarda iste'mol qilish); – giyohlarni qabul qilish uchungina boshqa lazzatlarni inkor qilish; – iste'mol qilish oqibatidagi psixik buzilishlar yoki jiddiy ijtimoiy muammolar.

Shunday fikr mavjudki, hamma moddalar ham jismoniy bog’liqlikni chaqirmaydi. Masalan, opiat, barbiturat yoki ichkilikni suiiste'mol qilganda bog’liqlik rivojlanadi, biroq amfetamin yoki kokainni iste'mol qilgan paydo bo`lmaydi. Bog’lanib qolishning turi va darajasini aniq baholash uchun mutaxassislarning (narkologlarning qoidasi kabi) aralashuvi talab qilinadi. Jismoniy bog’liqlik bosqichida psixoijtimoiy yordam og’riqli simptomlar davosi bilan ham birga borishi kerak. Kimyoviy bog’liqlikning alohida shaklini klinik ko`rinishlari farqiga qaramay, oxirgilari umumiy ijtimoiy-psixologik belgilarga ega. Ushbu addiktsiya asosida qulaylik tuyg’usiga erishish yoki noxush hissiyotlarni bartaraf etish (masalan, abstinent sindrom) maqsadida giyohlarni qabul qilishni davom ettirishga ehtiyoj yotadi. Giyohlarga ishqibozlik o`ta kuchli xarakterga ega. Saraton o`simtasiga o`xshash u shaxs va bemor hayotini tezda parchalaydi. Giyohlarni suiiste'mol qilishda ko`rsatmalardan biri dastavval tezda ijtimoiy moslashmaganlikka o`sib o`tishda ko`zga tashlanadigan ijtimoiy degradatsiya hisoblanadi. Bunda o`zlashtirishning pasayishi, o`qish yoki professional faoliyatdan voz kechish, ijtimoiy muhit bilan nizolar, qonun bilan muammolar, oila va do`stlaridan yiroqlashish, muloqotning giyohvandlar doirasigacha torayishi, yolg’izlanish yuzaga keladi. Ijtimoiy degradatsiya bilan parallel tarzda aniq ko`rinib turgan xarakter o`zgarishi sodir bo`ladi. Giyohvand moddalar bilan tashvishlanishlik fonida umumiy mas'uliyatsizlik o`sadi, amotivatsion sindrom shakllanadi (avvalgi qiziqishlarning yo`qolishi). Rad etish axloq usuliga aylanadi. Giyohvand moddalarga bog’lanib qolgan shaxs hamma narsani rad etadi: iste'mol qilish fakti, qoidalar, o`z harakatlari, o`z javobgarligi, muammoning mavjudligi hamda bog’lanib qolganlik va uni davolash zaruriyatini. Atrofdagilarning yordamga urinishlari yoki qadrsizlanadi, yoki tajovuzkorlikni uyg’otadi. Reallik mevasiz orzular, bajarilmaydigan va'dalar, yolg’on, illyuziya shaklidagi fantaziyalar bilan to`liq almashinadi. Giyohvand moddalarga bog’lanib qolganlar dunyosi bu miflar dunyosidir: “men bir marta ukol qilsam bo`lgani”, “men qachon xohlasamgina iste'mol qilaman”, “dozani nazorat qilish mumkin”, “men giyohlarsiz ham yashay olaman”, “sinishni boshdan kechirish mumkin emas”, “boshqalar uning nima ekanini bilmaganliklari uchun iste'mol qilmaydilar”, “shifokorlar bunda hech narsani tushunmaydilar”, “giyohvandlikni davolab bo`lmaydi” Agar addiktiv shaxs dastlab muammolar yechimidan ketishga intilsa, unda sekin-asta u umuman harakatga layoqatini yo`qotadi. Ruhiy azoblanish holati, yolg’izlanish, zaiflik, qonun bilan kelishmaslik bularning barchasi, nihoyat, muammoning jiddiyligini anglashga olib keladi. Giyohvandlikka bog’liq axloqning motivatsiyalari haqidagi masala birmuncha muhim hisoblanadi. Dastlabki iste'mol qilish sabablari orasida quyidagilarni ajratish mumkin:

– ataraktik (psixologik qulaylik va relaksatsiyaga erishish);

- submissiv (guruhning oqlashi va mansublikka intilish);

– gedonistik (o`ziga xos jismoniy qoniqish olish);

– giperfaolliklar (tonus va o`z-o`zini baholashning oshishi);

- psevdomadaniy (qandaydir sifatni namoyish qilish, masalan, kattalar axloqini);

-bilish-tadqiqot (yangi taassurotlarga intilish, qiziquvchanlik).



Shuni nazarda tutish lozimki, yoshlar giyohvand moddalarni o`z muhitining sifatida ko`radilar va ko`pincha bir marta iste'mol qilib ko`rish yoki sotuvchilarning bosimiga qarshi tura olmaydilar. Qator tadqiqotchilarning fikriga ko`ra, oddiy kayfni izlashga o`ta ahamiyat beriladi. Birinchidan, “giyohli ochlikdan” lazzatlanish eyforiyasi uzoq cho`zilmaydi va tezda uyqusirash bilan almashinadi. Ikkinchidan, ko`pchilik giyohlarni sinab ko`radi, biroq hamma ham unga bog’lanib qolmaydi. Psixodinamik tadqiqotlar kimyoviy moddalarni iste'mol qilishning chuqur tushunarsiz sabablarini ochib beradi. Sistemaik tarzda iste'mol qilishga yetakchi qo`zg’atuvchi sabablar zo`riqish va og’riqdan qochishga intilish bo`lishi mumkin. Bu holda har qanday zo`riqish ochlikning differentsiyalanmagan go`dak tuyg’usiga o`xshash mavjud bo`lishga yaqqol xavfning elchisi sifatida anglanadi. Shubhasiz, giyohvand moddalar, avvalo, o`z-o`zini davolovchi sifatida ishlatiladi. Ko`pchilik tadqiqotchilar shaxsiy ruhiy azoblanish buzilishi va giyohvand moddalarga muhtojlikning rivojlanishi o`rtasidagi aloqani ta'kidlaydilar. Agar marixuanani iste'mol qilishga tengdoshlar ahamiyatli ta'sir ko`rsatsalar, “og’ir” giyohlardan foydalanish ko`proq ota-onalar bilan chuqur buzilgan munosabatlar va ruhiy azoblanish holatiga bog’liq. Har bir odamda addiktiv moyillik ishtirok etadi, qator mualliflar fikriga ko`ra jiddiy shaxsiy buzilishlarning mavjudligi bu xususiyatning surunkali buzilishga o`tishida yetakchi sharoit hisoblanadi. Giyohvand moddalarni suiiste'mol qiluvchilar, umuman olganda, ancha shaxsiy buzilgan, yakkalangan va o`z hayotidan kam qoniqqanlardir. Dj.Xanzyan “Addiktiv bemorlarda o`z-o`zini boshqarish muhitining zaifligi” maqolasida kimyoviy bog’liqlikda yetakchi muammo sifatida o`z-o`zini boshqarishning asosli qiyinchiligi to`rtta asosiy muhitda ekanligini aytadi: tuyg’u, o`z-o`zini baholash, o`zaro munosabat, o`zi haqidagi g’amxo`rlik. Addiktiv shaxslar o`zlarini “yaxshi” deb his qilmasliklaridan azoblanadilar, bu esa, o`z navbatida, ularning boshqa odamlar bilan munosabatlarini qonitirmaydi. Kimyoviy moddalar ichki bo`shliq, uyg’unlashmaganlik va og’riq tuyg’usiga qarshi
ulkan vosita bo`lib xizmat qiladi. Bog’lanib qolishga moyil odamlar o`zlarining muhtojliklarini yashirishga urinib, reallikdan qochish, rad etish, voz kechish, o`zo`ziga yetarliligini tasdiqlash, tajovuz kabi himoya vositalaridan foydalanadilar. Giyohvandlikni alam, uyat va ruhiy azoblanish holati kabi chidab bo`lmas affektlarga qarshi nuqsonli himoyaning rivojlanishi sifatida ham ko`rib chiqish mumkin. Giyohlarga tobe bo`lib qolganlar, ko`rinadiki, bunga o`xshash affektlarni ko`tarishga qodir emaslar ular tahlikaga yaqin bo`lgan holatni his qiladilar. O`z tuyg’ularini anglash, gapirish va ifodalash ulardan ozod bo`lish o`rniga muhtoj odamlar o`z tuyg’ularini “o`chirib” va nazorat illyuziyasini yaratib, ularni boshqarish uchun kimyoviy moddalar qo`llaydilar. Giyohlar haqiqatan aniq ko`rinib turgan farmakologik ta'sirga ega va qisqa muddatga psixohissiy holatni o`zgartirishga qodir. Xullas, psixostimulyatorlar (amfetamin, kokain) ruhiy azoblanish holati va giperfaollikni susaytiradi; analgetikopiatlar (geroin, morfiy, metadon) qahr va ruhiy azoblanish holatini ko`taradi, uyat va aybdorlik tuyg’usini pasaytiradi; gallyutsinogenlar ruhiy azoblanish holati va bo`shliq tuyg’usini yengishga yordamlashadi. Umuman olganda giyohlar turg’unlikka ehtiyojni qondiradi, ideallashgan ob'ektni beruvchi jazolaydigan superEgoni neytrallaydi. X. Kogutning ta'kidlashicha, “giyohvand moddalar psixologik tuzilmada nuqsonning o`rnini bosishga xizmat qiladi”. Giyohvand moddalarga bog’lanib qolgan shaxslarni chuqur o`rganish S. Blattni geroinga (eng kuchli giyohlardan biri bo`lgan) bog’liqlik ahamiyatli tarzda quyidagi ustunlikka olib keladi, degan xulosaga olib keldi: 1) tajovuzni konteyn qilish ehtiyoji; 2) ona figurasi bilan ramziy munosabatlarni qoniqtirish istagini izlash; 3) ruhiy azoblanish affektlarini susaytirish istagi. Giyohlar, bir tomondan, zaiflikni yengish illyuziyasi va o`z-o`zini nazoratni kuchaytrishni paydo qiladi, boshqa tomondan esa – o`z hayoti va o`zi ustidan nazoratni yo`qotishga olib keladi. Nihoyat tobelik insonda hech qanday tanlash imkonini qoldirmaydi. Nazoratni to`liq yo`qotish va kuchsizlikni his qilish tobe shaxslar uchun shunchalik tipikki, “O`n ikki qadam” dasturi bo`yicha reabilitatsiya aynan giyohlar oldida o`z kuchsizligini tan olishdan boshlanadi. Giyohvand moddalar bilan bog’liq boshqa aniq shaxsiy buzilish – bu o`zi haqida g’amxo`rlik qilish qobiliyatining buzilishidir. U o`ziga nisbatan “pisand qilmay” munosabatda bo`ladi, giyohlarni iste'mol qilishning o`limga teng xavfli oqibatlari va oxirgi natijada o`z-o`zini parchalovchi ulkan tendensiya sini inobatga olmaslik. Masalan, ko`pchilik geroin giyohvandlari geroinni iste'mol qiluvchilar hayotining o`rtacha davomiyligi – 7 yil, uning alishtirmas yo`ldoshlari – OITS, gepatit yoki dozani oshirib yuborish, geroin – bu o`lim, uni iste'mol qilish esa o`zo`zini o`ldirish varianti ekani haqidagi statistik faktni biladilar. Tragedik oqibatlarni bilish ham yaxshi yordam bermaydi, xatto yaqin do`stlarining giyohvandlikdan o`lganlarini eshitish ham ularni keyinroq giyohvand moddalarni iste'mol qilishdan to`xtatmaydi. Addiktiv shaxsning o`z-o`zi hamda boshqa odamlar bilan munosabatida fantaziya va xafsalasi pir bo`lish cheksiz ustunlik qiladi.


Yüklə 40,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin