Mavzu: Aerodromlarni qurishni tashkil etish asoslari. Reja


Bitta aerodrom qurilishida quyidagi asosiy ishlar bajarilishi lozim



Yüklə 251,08 Kb.
səhifə3/5
tarix18.05.2022
ölçüsü251,08 Kb.
#58394
1   2   3   4   5
1-ma'ruza

Bitta aerodrom qurilishida quyidagi asosiy ishlar bajarilishi lozim:

Oʻsimlik oʻsadigan 50-150 ming m3 hajmdagi tuproqni qazib olish, 75-100 metr masofaga surib borish va bir yerga vaqtincha toʻplab qoʻyish, yer qazish ishlari bajarib boʻlingandan soʻng, uni mustahkam chim qoplamalar talab etiladigan joyga yoyish;

yerni qazib 60-600 ming m3 (ayrim hollarda esa 1-2 mln. m3 gacha) hajmli chuqurlar (rezervlar) hosil qilish, qaziladigan tuproqni 200-1500 metr masofaga surib borib, bir yerga toʻplash, qazilgan tuproqni qatlam-qatlam joylashtirish va talab etilgan zichlikka erishguncha zichlash;

tuproq uyumi va chuqurning sirtini, shuningdek uchish maydonini tekislash va chim qoplama hosil qilish maqsadida agrotexnika ishlarini amalga oshirish;

xandaqlar kavlash va agar zarur boʻlsa, ularning devorlarini mustahkamlash, zax qochirish quvurlarini yotqizish va xandaqlarni yana tuproq bilan toʻldirib, zichlash, zovur, zax qochirish tarmogʻi, quduqlar, ariqlar hamda qurilish inshootlari qurish;

aerodromning sinfiga qarab 50-760 m2-maydonda asos va qoplama, VPP, MS tutashmalari, tuproqli joylari boʻlgan perronlar hamda RD xoshiyalari qurish;

32-35 ming m2 kattalikda avtomobillar keladigan va ichki aeroport yoʻllarini qurish, koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini bajarish;

Koʻrsatilgan aerodrom qurish ishlarining sermehnati aerodrom qoplamalari qurishdir. Bu ish aeroport qurish ishlari umumiy qiymatining 40 foizigachasini boradi, vaholanki yer qazish va tekislash ishlari 5% gacha boradi, xolos. Yaxlit sementobeton qoplamali A sinf aerodromini qurishda 300 ming m3 gacha sementobeton qorishmasi tayyorlash va yotqizish talab qilinadi.




Yüklə 251,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin