Mavzu; Afrika mamlakatlari aholisi soni dinamikasi va joylanishi Reja. Afrika mamlakatlari aholisi


Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]



Yüklə 25,54 Kb.
səhifə5/9
tarix27.04.2022
ölçüsü25,54 Kb.
#56460
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Afrika mamlakatlari aholisi soni dinamikasi va joylanishi

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]


Ekvator chizigʻi materikni teng ikki qismga boʻlib turganidan Afrikaning ekvatordan shim. va janubiy tomondagi qismlari bir xil iqlim mintaqalariga ega: ekvator iqlimi zonasidan keyin ekvator musson iqlimi, tropik va subtropik iqlim zonalari keladi. Ekvatordan shim. va janubiy tomonda yil fasllari bir-biriga teskaridir, yaʼni shimolida yoz boʻlganida janubida qish boʻladi va aksincha, Janubiy yarim sharda yezda oylik oʻrtacha temperatura 30°dan ortiq boʻlganda, shim. qismida pasayib 10°,25°ga tushadi. Yozda Afrikaning shim. yarmida oʻrtacha oylik temperatura 25ye, 30° (Sahroi Ka-birda), janubiy yarmida esa 25ye, eng janubida 12ye boʻladi. Afrikadagi Tripoli shahri (Liviya) yaqinida Yer yuzida eng yuqori temperatura (58°) qayd kilingan. Kongo botigʻi va Gvineya qoʻltigʻining shim. sohilida juda koʻp (yiliga 1500–2000 mm) yogʻin tushadi. Afrikada eng seryogʻin joy Debunja (Kamerun togʻi etagi)da, yiliga 9655 mm yogʻin tushadi. Yogʻin miqdori, Sudanda janubidan shimolga tomon kamayib boradi. Qolgan rayonlarda ekvatorga hamda Hind okeaniga yaqinlashgan sari ortadi (200 mm dan 1500 mm gacha); Sahroi Kabirda, Kalaxarining janubi-gʻarbida va Namib choʻlida, iqlimni sovitib yuboradigan Bengela oqimi taʼsiri natijasida ahyon-ahyondagina bir oz yomgʻir (100–200 mm) yogʻadi. Afrikaning shim. va janubiy chekkalarida yomgʻir qishda (yiliga 600–700 mm) yogʻadi

Afrikada daryolarning geografik taqsimlanishi ham, sersuvligi ham turlicha. Atlantika okeaniga Kongo (Afrikadagi eng sersuv va uzunligi jihatidan ikkinchi oʻrindagi daryo – 4370 km), Niger, Oranj daryolari quyiladi. Hind okeaniga quyiladigan daryolardan eng kattasi Zambezi (2660 km). Oʻrta dengizga asosan Nil (Afrikadagi eng uzun daryo – 6671 km) quyiladi. Afrika maydonining 1/3 qismidan koʻprogʻi ichki suv havzalaridir. Bu yerlarda sernam mavsumlardagina suv oqadi (Sahroi Kabir, Kalaxari, Sharqiy Afrikaning bir qismi). Katta daryolar turli xil iqlimli oʻlkalardan oqib oʻtadi va rejimi juda murakkab. Dare oʻzanlarida ostonalar va sharsharalar koʻp (Nil ostonalari, Zambezidagi Viktoriya sharsharasi, Kongodagi Stenli va Livingston sharsharalari). Afrikadagi eng yirik koʻllar tektonik yoʻl bilan hosil boʻlgan: Sharqiy Afrikadagi Albert, Eduard, Kivu, Tanganika (chuq. 1435 m – chuqurligi jihatidan dunyoda Baykal koʻlidan keyin 2-oʻrinda), Nyasa, Rudolf koʻllari ana shulardandir. Afrikadagi eng yirik koʻl – Vik-toriya koʻli. Efiopiya togʻligida Tana koʻli bor, chala choʻl oʻlkalarida oqmaydigan shoʻr koʻl koʻp (Chad,



Afrikada tuproq-oʻsimlik qoplami zona-zona boʻlib joylashgan. Gvineya qoʻltigʻining shim. sohili va Kongo botigʻi sernam boʻlganidan podzollashgan laterit tup-rokdarda doim yashil sernam ekvatorial oʻrmonlar oʻsadi. Bu oʻrmonlar kalin, yarusli boʻlib, daraxt turlari nihoyatda koʻp, liana (chirmoviq)lar va epifitlarga boyil Yozda yogʻin yogʻadigan rayonlarda siyrak oʻrmonlar – savannalar (tropik oʻrmonli dashtlar), tikanli butazorlar uchraydi. Savannalarda gʻallagulli oʻtlar yilning quruq faslida qovjirab qoladi. Daraxtlar barg tashlaydi. Savannalarda daraxtlardan palma, baobab, akatsiya va boshqalarlar oʻsadi. Savannalarda kizil va qizil-qoʻngʻir tuproqlar, savanna oʻrmonlarida qizil-jigarrang toʻproqlar tarqalgan. Savannalarning ancha qismi haydab yuborilgan yoki yaylovga aylantirilgan. Choʻllarda (Sahroi Kabir, Namib) oʻsimlik siyrak, turlari kam. Sahroi Kabirda kserofitlar – yantoq, bargsiz retam butasi, lekanora lishaynigi, quruq oʻzanlar boʻylab yulgʻun, akatsiya oʻsadi, suv bor joylarda (vohalarda) xurmo ekiladi. Kalaxari choʻlining janubi-gʻarbida sukkulentlar, Namib choʻlida velvichiyalar oʻsadi. Afrikaning shim. subtropik yerlarida hamda janubiy chekkalarida doim yashil butazorlar tipik oʻsimliklardir; togʻ yon bagʻirlari oʻrmonlar bilan qoplangan. Afrikada 40000 dan ortiq gulli oʻsimlik turlari bor. Aning katta qismi Paleotropik ob-lastga kiradi. Sahroi Kabir va Afrikaning shimoliy sohili Golarktika oblasti tarkibidadir. Qitʼaning eng janubi-gʻarbiy chekkasi Kap oblastini hosil qiladi.

Yüklə 25,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin