Afrika mamlakatlari aholisi soni dinamikasi va joylanishi
Afrika qitasini kim kashf etgan Oʻrganilish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shim. Afrika qirgʻoqpari miloddan avvalgi 2-asrdan boshlab misrliklarga maʼlum edi. Milodgacha boʻlgan 6-asrda materik qirgʻoqlari boʻylab finikiyaliklar suzib chiqqanlar. Milod boshlarida indoneziyaliklar Madagaskar o.ni kashf etib, uning sharqiy qirgʻoklarini egalladilar. Arablar oʻrta asrda Shimoliy Afrikani egallab boʻlgach, uning sharqiy qismiga borganlar. Afrikaning gʻarbiy qirgʻoqlari portugallarning Hindistonga boruvchi dengiz yoʻllarini qidirish vaqtlaridan maʼlum boʻlgan. 1443–44 ylarda N. Trishtan Mavritaniya qirgʻoklarini kashf etdi. Shu davrdan boshlab qul sotish ishlari boshlandi. 15-asrdagi B. Diash, Vasko da Gamalarning Afrikaga sayohatlari maʼlum. 16-asrda materik qiyofasi maʼ-lum boʻlgan edi. Materik ichki qismlarini 16–18-asrlarda portugallar, ingliz va fransuzlar oʻrgana boshladilar. 19-asrdan boshlab materik ichki rayonlari yanada mukammal oʻrganila boshladi (D. Livingston, G. Bart, J. Spik, G. M. Stenli, R. Kays va boshqa ekspeditsiyalari). Afrika tabiatini oʻrganishda rus sayohatshunoslari – YE. P. Kovalevskiy va V. V. Yunker xizmatlari bor.