Afrika mamlakatlari aholisi soni dinamikasi va joylanishi
Foydali qazilmalari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Afrikada xilma-xil foydali qazilmalar bor. Bulardan koʻplari dunyodagi eng katta konlardir. Foydali qazilma konlari turli geologik davrlar yotqiziklarida uchraydi. Afrikaning asosiy mineral boyliklari kembriydan oldin va kembriy davrida hosil boʻlgan. Marganets rudalari, boksit, oltin, qalay, niobiy va asbest konlari kembriydan oldingi jinslar tarkibida uchraydi. JAR, Esvatini va Zimbabveda xrizotil-asbest konlari, JARda surma va korund konlari, dunyodagi uran aralash eng boy oltin konlari, Zimbabveda xromit va oltin konlari, Gvineyada boksit konlari, Ganada marganets rudasi, boksit va oltin konlari, Kongoda kumush, Nigeriyada kumush va kolumbit, Madagaskar o.da grafit bor. Markaziy Afrikaning mis mintaqasi kembriy davrida hosil boʻlgan jinslar orasida Zambiyada koʻp uchraydi. Bu yerda mis bilan birgalikda kobalt, uran, rux, Namibiyada vanadiy, berilliy va litiy konlari, Marokashda kobalt va polimetall konlari bor. Janubiy Afrikadagi kumush, xromit, marganets, temir rudalari, titanmagnetit va flyuorit konlari quyi paleozoyda hosil boʻlgan. JAR va Kongo Demokratik Respublikasidagi tub olmos, JAR va Zimbabvedagi koʻmir konlari, Sahroi Kabirning Jazoirga qarashli qismidagi neft konlari, Misrdagi marganets konlari mezozoy (yura va boʻr davrlari)da hosil boʻlgan. Atlantika sohilidan Misrgacha choʻzilgan keng maydonda fosforit, Marokashda marganets rudasi, Marokash, Jazoir va Tunisda temir, qoʻrgʻoshin, rux konlari mavjud.