Mavzu: Agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligida halqaro tashkilotlar. Reja



Yüklə 105,09 Kb.
səhifə1/17
tarix16.12.2023
ölçüsü105,09 Kb.
#183857
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligida halqaro


Mavzu: Agrar siyosat va oziq-ovqat xavfsizligida halqaro tashkilotlar.

Reja:

1. Oziq-ovqat xavfsizligida halqaro tashkilotlarning tutgan o`rni;


2. BMT ning jahon oziq-ovqat dasturi.
3.Butunjahon savdo tashkiloti: unga a`zo bo`lishning afzalliklari va chiqimlari.

1. Oziq-ovqat xavfsizligida xalqaro tashkilotlarning tutgan o`rni
O`zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlashda xalqaro tashkilotlarning ro`li sezilarli hisoblanadi. Birgina Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xo`jalik tashkiloti O`zbekistonda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlashda keng targ`ibotlarni olib bormoqda. Ushbu tashkilot bilan munosabatlarni rivojlantirish masalalari Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga yuklatilgan. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi vakillari FAO tomonidan qishloq xo‘jaligidagi hosildorlikni oshirish, turli transchegaraviy hayvon kasalliklarini tarqalishiga to‘sqinlik qilish, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaliklarini rivojlantirish bo‘yicha salohiyatni oshirish maqsadida o‘tkazilayotgan tadbirlarda muntazam ravishda ishtirok etishmoqda.
FAOning O‘zbekistonga ko‘rsatayotgan texnik ko‘magi quyidagilardan iborat:
- sabzovot urug’larini ishlab chiqarish dasturini rivojlantirish;
- o‘rmon xo‘jaligining yog‘och bo‘lmagan mahsulotlar sektorini qo‘llab-quvvatlash milliy strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- kam suv sarflaydigan texnologiyalarni Podshoota daryosining sayoz joylariga joriy qilish;
- baliq ovlash va yem-xashak tayyorlash jarayonini tashkillashtirishga ko‘mak ko‘rsatish;
- qishloq xo‘jaligi innovatsion tizimlarini tahlil qilish va takomillashtirish salohiyatini rivojlantirish;
- sug’oriladigan maydonlarda kam resurs sarflaydigan texnologiyalarni joriy etish;
- baliqchilik va suv xo‘jaligi madaniyatlarini rivojlantirish;
- pestitsidlarni nazorat qilish va qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashish;
- chigirtkalar bosqiniga qarshi kurashish;
- yuqori-patogen qush gripini nazorat qilish va uni yo‘q qilish;
- transchegaraviy hayvon kasalliklarini nazorat qilish.
FAO bilan hamkorlik doirasida O‘zbekistonda 1,5 million AQSH dollari miqdorida qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekiston tashkilotning mintaqaviy loyihalari bilan ishlashda faol ishtirok etmoqda (ularning umumiy summasi taxminan 6,9 million AQSh dollarini tashkil etadi).



Yüklə 105,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin