Nominal
daromadlar pul ko`rinishida olingan daromadlardir.
Real
daromadlar iste`mol narxlarining indeksiga qarab tuzatilgan joriy davrdagi nominal pulli daromadlardir.
Aholining turmush darajasini quyidagi to`rt ko`rsatkich bilan ajratish mumkin:
to`q turmush darajasi - insonning har tomonlama kamol topishini ta`minlaydigan ne`matlardan foydalanish
normal daraja - insonning jismoniy va aqliy kuch-quvvatini to`la tiklash uchun qulay sharoitlarni ta`minlaydigan ilmiy asoslangan me`yorlar bo`yicha oqilona iste`mol qilish
kambag’allik - mehnat uchun resurslarni qayta yaratishning quyi chegarasi sifatidagi ish qobiliyatini saqlash darajasida ne`matlarni iste`mol qilish
qashshoqlik - iste`mol qilinishi insonning yashash qobiliyatini saqlash imkoniyatinigina beradigan ne`matlar va xizmatlarning biologik mezonlar bo`yicha yo`l qo`yiladigan minimal turlarini iste`mol qilish
Har bir insonning turmush darajasi havo va suv muhiti, uy-joy, maishiy va ishlab chiqarish sharoitlari, iste`mol tovarlarining sifati va hajmidan boshlab, to umumiy ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik vaziyat, shuningdek siyosiy institutlarning ahvoligacha bo`lgan qator tabiiy va ijtimoiy omillar bilan belgilanadi. Ularning eng diqqatga sazovorlari siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy soha va fan-texnik taraqqiyot, shuningdek ekologiyaga (atrof-muhitga) ta`sir etuvchi omillardir. Omillarning ta`siri tabiiy-iqlimiy sharoitlar va zaxiralarning (inson, mehnat, ishlab chiqarish, moliyaviy, axborot, ma`naviy zaxiralar mavjudligiga (yo`qligiga) qarab kuchayishi (susayishi) mumkin.
YAponiya erishgan iqtisodiy taraqqiyot, birinchi navbatda, ta`lim tizimi, millatning mehnatsevarligi, faolligi, korxonalarda mehnatning oqilona tashkil etilishi bilan bog’lanadi.
O`zbekistonda Respublikasida aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimining o`ziga xos xususiyatlari.
O`zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning markazida ijtimoiy siyosat masalasi turadi. Bu siyosatning zaruriyati mamlakatda amalga oshirilayotgan keng kulamli islohotlar natijasida aholi boshiga tushishi muqarrar mushkulliklarni engillashtirish bilan bog’liqdir. Bundan tashqari har qanday jamiyatda shunday shaxslar toifasi doimo mavjudki, ular ob`ektiv sabablarga ko`ra (yoshi, sog’ligining yomonligi, mamlakatdagi ishsizlik darajasi va boshqalar) ishlab chiqarishda ishtirok eta olishmaydi. SHuning uchun ular to`g’risida qayg’urishni davlat o`z zimmasiga olishi zarur, ya`ni yaratilgan milliy daromadning bir qismini ular foydasiga qayta taqsimlashi lozim.
Bozor munosabatlarining imkoniyati keng, ammo ayni vaqtda ular g’oyat talabchandir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har kimning taqdiri ko`p jihatdan kasb mahoratiga, o`zgarib turgan muhitga moslasha olishiga, tavakkal qilishi, hatto o`z shaxsiy mol-mulkini xavf ostiga qo`yishdan ham qo`rqmay, oilaviy farovonligini ta`minlay olish bilan bog’liqdir. Davlat esa bunday sharoitda ijtimoiy totuvlik va barqarorlik kafili bo`lib, adresli ijtimoiy sayosatni mazkur maqsadga yo`naltirib turadi. Bunday yordam ko`rsatish uchun o`z-o`zini boshqarish organlari zarur resurslar bilan ta`minlanadi. Mahallalarda respublika va mahalliy byudjetlar, shuningdek, korxona hamda tashkilotlar, tadbirkorlik tuzilmalari va ayrim fuqarolar ko`ngilli ravishda o`tkazgan pullar hisobidan maxsus fondlar tashkil qilingan. Vakolatli va ijroiya hokimiyat mahalliy organlari o`zlariga qarashli hududda aholining birinchi navbatdagi ehtiyojlariga binoan, ijtimoiy yordam tadbirlariga aniqlik kirita boradi. Ularning asosiy tashvishlaridan biri - ijtimoiy-ishlab chiqarish ko`makchi tuzilmalarini rivojlantirishdan, ya`ni gaz, suv quvurlarini, elektr va telefon tarmoqlarini o`tkazishdan iborat.