Kuchlarni qo’shish va ayirish. Teng ta’sir etuvchi kuch
O’quvchilarning maktabda olgan bilimlarini takrorlab, mexanika uch qismdan iboratligini, ular kinematika, dinamika va statika deb yuritilishini, har bir bo’lim nimalarni o’rganishini eslariga tushirib, statika kuchlar ta’sirida jismning muvozanatini, kuchlarni qo’shish va ayirish, kuchni tashkil etuvchilarga ajratish va teng ta’sir etuvchisini topish va boshqalarni statikada o’rganilishini aytib o’tamiz. O’quvchilar dinamikada kuch haqidagi tushuncha bilan tanishganlar, kuch vektor kattalik bo’lib, u miqdorga va yo’nalishga ega bo’lishini biladilar. Buni eslariga tushirib, keyin uni qo’yilish nuqtasining ham ahamiyati katta ekanini, buni bilish zarurligini misollar asosida tushuntiramiz. Masalan, richagda yuk ko’tarishda kuch qo’yilgan tomonning yelkasi qancha katta bo’lsa shuncha kam kuch qo’yiladi. Buni chizmalar yordamida ko’rsatamiz.
Kuch qaysi turda bo’lmasin, uchta asosiy dalil (faktor) bilan aniqlanadi:
1) Kuchning miqdori,
2) Kuchning yo’nalishi va
3) Kuch qo’yilgan nuqta. Kuch yo’nalishga ega bo’lgani uchun uni vektor bilan tasvirlanishini, vektor kesmasining uzunligi ma’lum masshtabdagi kuch miqdorini, yo’nalishi esa kuch yo’nalishini va ta’sir chizig’ini tasvirlashini chizma va masshtablar yordamida tushuntiramiz Shundan keyin kuchlarni qo’shish, ayirish va tashkil etuvchilarga ajratish parallelogram (yoki kuchlar uchburchagi va ko’pburchagi) qoidasi orqali amalga oshirilishini chizmalar yordamida tushuntiramiz. Bir necha kuch ta’sirini bir kuch ta’siri bilan almashtirish-bu teng ta’sir etuvchisini topish bo’lib, uni vektorlarni qo’shish orqali topamiz. Masalan, ikkita kuch berilgan, ularning teng ta’sir etuvchisini topish lozim bo’lsin Agar kuchlar orasidagi burchak 00 bo’lsa ular bir tomonga yo’nalgan bo’lib teng ta’sir etuvchi kuch ham shu tomonga yo’nalgan bo’ladi. Agar kuchlar orasidagi burchak 1800 bo’lsa ularning teng ta’sir etuvchisi katta kuch tomonga yo’nalgan bo’ladi. Kuchlar orasidagi burchak 00 dan ortib borsa teng ta’sir etuvchisi kamayib borishini ham aytib, chizmalar yordamida ko’rsatamiz. Agar bir necha kuch berilgan bo’lsa ularning teng ta’sir etuvchisini aniqlash uchun avval ikkitasining teng ta’sir etuvchisini topamiz. Keyin bu teng ta’sir etuvchi bilan uchinchi kuchning teng ta’sir etuvchisini topamiz va Shu kabi oxirgi teng ta’sir etuvchi kuchni aniqlaymiz. Buni chizmada ketma-ket chizib ko’rsatamiz. b) Shundan keyin berilgan kuchni, ya’ni teng ta’sir etuvchi kuchni tashkil etuvchilarga ajratishni ko’rib chiqamiz. Bu yerda o’quvchilarga ikkita holni ko’rsatish maqsadga muvofiqdir: