Mavzu: Akademik litseylar fizika kursida “mexanika ” bo’limini bayon qilish uslubi



Yüklə 130,5 Kb.
səhifə8/9
tarix19.05.2023
ölçüsü130,5 Kb.
#117859
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Akademik litseylar fizika kursida “mexanika ” bo’limini bayon qilish uslubi

Xulosa


O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq ta’lim
muassasalarini maxsus tayyorlangan pedagogik kadrlar bilan ta’minlash, ularning
ish jarayonida raqobatga asoslangan muhitni yuzaga keltirish, o’quv-tarbiya jarayonini sifatli o’quv adabiyotlari bilan va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash kabi masalalalarni amalga oshirishni nazarda tutadi.
Ushbu vazifalarni amalda bajarish har bir ta’lim muassasasining bevosita burchi hisoblanadi.Ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyalarni muvaffaqiyatli ravishda tadbiq etish har bir fan o’qituvchisining maxsus bilim va ko’nikmalarga hamda pedagogik amaliyotda zarur bo’ladigan metodik tayyorgarlikka ega bo’lishini taqozo etadi.
Shu o’rinda ta’kidlash kerakki, pedagogik texnologiya atamasining o’ziga ham shu soha bo’yicha izlanishlar olib borgan har bir olim o’z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ta’rif bergan. Masalan: “Pedagogik texnologiya psixologik va pedagogik o’gitlar yig’indisi bo’lib, shakllar, metodlar, usullar, o’qitish yo’llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus to’plamidir. Ayni zamonda u pedagogik jarayonnig tashkiliy metodik omilini ham bildiradi”(V.Lixachev).
“Pedagogik texnologiya – o’quv jarayonini amalga oshirishning mazmunli texnikasi”(V.P.Bespalko).
Jismlarning yoki bir jism qismlarining fazoda bir-biriga nisbatan siljishiga mexanik harakat deyiladi. Jismlarning mexanik harakatini o’rganganda ko’pincha ularning shakllari va o’lchamlarini hisobga olmasa ham bo’ladigan hollar uchraydi. Bunday sharoitlarda jismni moddiy nuqta deb qarash mumkin. Masalan, bir bola uyidan maktabgacha ma’lum masofa bosib o’tsa, bolaning harakatini o’rganganda uni moddiy nuqta deb qarash masalani osonlashtiradi. Lekin shu bola qo’l va oyoqlarini qimirlatib gimnastika bilan shug’ullansa, uni endi moddiy nuqta deb qarash mumkin bo’lmaydi.
Mexanikaning jismlarning harakatini shu harakatni vujudga keltirgan sabab bilan birga o’rganadigan bo’limini dinamika deyiladi. Dinamikaning asosini 3 ta qonun tashqil etadi. Bu qonunlarni ingliz olimi I.Nyuton aniqlagan. Shu sababli ularni Nyuton qonunlari deb ham ataladi.
Har qanday qattiq jism tashqi kuch ta’sirida o’z shakli va o’lchamlarini o’zgartiradi. Bu hodisaga deformatsiya deyiladi. Deformatsiyalar elastik va plastik bo’ladi. Agar tashqi kuch ta’siri to’xtagandan so’ng, jism dastlabki shakli va o’lchamlarini qayta tiklasa, bunday deformatsiya elastik deformatsiya deyiladi. Tashqi kuch ta’siri to’xtagandan so’ng jismda qoldiq deformatsiya qolsa, deformatsiya plastik bo’ladi


Yüklə 130,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin