Mavzu: Akademik litseylarda kimyo o’qitishni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida takomillashtirish mundarija



Yüklə 492,88 Kb.
səhifə2/12
tarix07.01.2024
ölçüsü492,88 Kb.
#203614
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Akademik litseylarda kimyo o’qi

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik yillarida jamiyatimizning barcha sohalarida bo’lgani kabi ta’lim tizimida ham bir bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» va «Ta’lim to’g’risida»ги qonunlarda O’zbekiston Respublikasida ta’lim-tarbiya tizimini zamonaviy talablar darajasiga ko’tarish va ta’limning uzluksizligini ta’minlashning asosiy maqsadlari va shart sharoitlari belgilab berildi.Ushbu maqsadda Respublikamizda yangi turdagi o’quv muassasalari bo’lgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustdagi IX sessiyasida Prezident I.A.Karimov ta’kidlab o’tganidek,«Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. Biz o’zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo’lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo’lamiz»[1].
«Kadrlar tayyorlash Milliy фвфвdasturi»ni amalga oshirish uchun ta’lim tizimiga ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etish orqali o’quvchilarning faol bilim olishlarini tashkil etish va ta’lim tizimining demokratik tamoyillariga tobora keng yo’l ochib berish lozim.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Mustaqillikka erishganimizdan so’ng ta’lim tizimiga ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo’yicha ko’plab ishlar qilinlmoqda. Bu ishlar kimyo fanini o’qitishda ham o’z samarasini bermoqda. Lekin olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining aksariyati umumiy o’rta ta’lim yoki oily o’quv yurtlarida kimyo o’qitishni takomillashtirishga bag’ishlangan.Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida kimyo o’qitishni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida takomillashtirish masalalari yaxshi o’rganilmagan.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi.Akademik litseylarda kimyo o’qitish samaradorligini zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash orqali oshirish.
Tadqiqot ob’ekti. Akademik litseylarning tabiiy fanlar yo’nalishi talabalariga zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida kimyo kursini o’qitish jarayoni.



Yüklə 492,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin