Mavzu: Akademik litseylarda kimyo o’qitishni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida takomillashtirish mundarija


-BOB.AKADEMIK LITSEYLAR KIMYO KURSINI O’QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASH METODIKASI



Yüklə 492,88 Kb.
səhifə8/12
tarix07.01.2024
ölçüsü492,88 Kb.
#203614
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Akademik litseylarda kimyo o’qi

2-BOB.AKADEMIK LITSEYLAR KIMYO KURSINI O’QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASH METODIKASI
2.1.Akademik litseylarda “Noorganik kimyo” kursini o’qitishda muammoli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish
Kimyoni o’qitishda muammoli ta’lim texnologiyalarini qo’llash masalalari ko’pchilik kimyogar-metodist olimlarning ishlarida o’z aksini topgan [28-36].
Kimyo kursining materiallari muammoli o’qitishdan foydalanishga imkon beradi.
Ayniqsa, elektrolitik dissotsilanish nazariyasi mavzularini o’qitish uchun muammoli yondashuv juda qo’l keladi.
Shu boisdan ham “Elektrolitlar va elektrolitmaslar”, “Tuzlarning gidrolizi” mavzulari bo’yicha muammoli yondashuv tarzida o’tkaziladigan dars senariylarini keltirib o’tamiz.
Elektrolitlar va elektrolitmaslar
Maqsad. O’quvchilarga “elektrolitlar va “elektrolitmaslar” tushunchalarini shakllantirish; eritmalar elektr o’tkazuvchanligining moddalardagi kimyoviy bog’ turlari va kristall panjarasining tuzilishi bilan bog’liqligini asoslash.
Kerakli jihozlar va rektivlar: Natriy xlorid, mis(II) sulfat, natriy gidroksid, bariy gidroksid, xlorid va sulfat kislota eritmalari solingan stakanlar; mis, temir va alyuminiy simlari; kristall moddalar:natriy xlorid, mis kuporosi, bariy gidroksid; organik moddalar:benzol,etil spirt,shakar,glitserin; suyuqliklar elektr o’tkazuvchanligini o’rganish asbobi;“Eritmalar elektro’tkazuvchanligi“,“kristall panjara tiplari”, “kislota , asos va tuzlarning eruvchanligi“ga doir jadvallar.
Darsning mavzusi va maqsadlari elon qilingandan keyin savollar bo’yicha suhbat o’tkazadilar:

  1. Qanday kimyoviy bog’ turlarini bilasiz?

  2. Quydagi birikmalarda qanday kimyoviy bog’lar mavjud bo’lishi mumkin:

  1. NaCl , KJ (ion bog’);

  2. Na2SO4 , CuSO4, NaOH, Ba(OH)2 ( ion va qutbli kovalent bog’)

  3. HCl, H2SO4, HNO3, H2O (kovalent, kuchli qutbli bog’)

  4. C2H6O, C6H12O6, C6H6 (kovalent, kam qutbli bog’)

  1. Qanday zarrachalar ionlar deyiladi? Quydagi birikmalar tarkibiga qanday ion kiradi:NaCl , Na2SO4, CuSO4 , NaOH, Ba(OH)2?

  2. Qanday birikmalar ionli birikmalar deyiladi? Ularning umumiy fizik xossalari nimalardan iborat? O’quvchilar javob berishadi: hidsizligi, qattiqligi, qiyin suyuqlanuvchanligi.

  3. Suvsiz HCl-gaz, H2SO4, HNO3 - suyuqliklar ekanligini nima bilan tushunturish mumkin?

  4. Nima uchun suv yaxshi erituvchi hisoblanadi?

Suhbat natijalarini umumlashtirib quyidagi savollarga javob berib o’tiladi:
1.Elektr tokining tabiati haqida nimalarni bilasiz?
2.Metallarning elektr o’tkazuvchanligining sababi nimada?
3.O’tkazuvchilar nima? Ikkinchi tur o’tkazuvchilarga qanday moddalar kiradi?
Fizika kursidan o’quvchilarga ma’lum bo’lgan ma’lumotlarni takrorlab xulosa qilinadi:
Elektr toki - bu zaryadlangan zarrachalarning tartibli ( yo’naltirilgan) harakati (elektronlar va ionlar).
O’qituvchi o’quvchilar bilan birgalikda elektr o’tkazuvchanlikni o’rganish asbobi qurilmasini ishchi holatga keltirib mis, temir, alyuminiyning elektr o’tkazuvchanligini namoyish qiladi.Shundan keyin tuzlarning (NaCl va CuSO4) va ishqorlarning (NaOH va Ba(OH)2) eritmalari ham elektr tokini o’tkazishi, quruq suvsiz NaCl va CuSO4 hamda Ba(OH)2 elektr tokini o’tkazmasligi tajribada ko’rsatiladi. O’qituvchi tajriba natijalari bo’yicha quydagi muammoni o’rtaga tashlaydi:tuzlar va asoslar turlicha tarkibga va shu sabali turlicha xossalarga ega, lekin, nima uchun ularning eritmalari va kristallarining elektr o’tkazuvchanlik xossalari bir xil bo’lib chiqdi?
Kutilayotgan javob: tekshirilgan moddalar uchun umumiysi bu ularning ion birikmalar ekanligi, yani ular ion bog’ va ion kristall panjaraga ega.Ammo kristallarda ionlar bir-birini mahkam ushlab turadilar va erkin harakatlana olmaydilar, eritilganda esa ion bog’ uzillib ionlar hosil bo’ladi.Ular elektr tokini o’tkazadilar.
Farazni isbotlagach, o’quvchilar, “tuz, kislota va asoslarning suvda euvchanligi” jadvalidan foydalanib eritmalari elektr tokini o’tkazuvchi tuz va asoslarga 2-3 ta misol keltiradilar, keyin CaCO3, KOH, AgCl, Ca(OH)2,Al(OH)3 lar suv bilan aralashtirilganda elektr tokini o’tkazadimi degan savolga javob beradilar. Ionli birikmallarning hammasi ham suvda erimaydi va elektr tokini o’tkazmaydi. Birinchi muammoni yechib bo’lgach, ikkinchi muammoli holatni hosil qilishga o’tamiz.Yuqorida aytilgandek kislotalar ion bog’ga ega emas, ular suvda eritilganda chin (molekulalar) eritmalar hosil bo’lib, tarkibida ion tutmasligi kerak.O’quvchi bu farazga rozi bo’ladi. Tajriba buni inkor qiladi.Muammoli holat vujudga keladi. Kislotalar eritmalarining elektr o’tkazishi eritmada ionlar borligini ko’rsatadi. Suv mihiti kovalent bog’dan ion bog’ hosil bo’lishiga qanday ta’sir qiladi? Ushbu kislotalar eritmalarida qanday ionlar mavjud bo’ladi?
Tadqiqot uchun olingan NaCl va CuSO4 o’quvchilarga suv molekulalari ta’sirida vodorod va kislota qoldig’i orasidagi kovalent qutbli bog’ kamayishini ko’rsatadi. Vodorod elektroni kislota qoldig’iga o’tadi, kovalent qutbli bog’ ionga o’tadi, modda ionlarga ajraladi.
Ko’rilgan material umumlashtiriladi va xulosa qilinadi. Eritmalari va suyuqlanmalari elektr tokini o’tkazadigan moddalar elektrolitlar deyiladi.
Elektrolitlar elektr o’tkazuvchanligi bo’yicha aniqlanadi.
O’qituvchi fikrlash uchun savol beradi: suvda eruvchan barcha moddalarni elektrolit deyish mumkinmi?
Fikrlar, odatda, har xil bo’ladi.Tajribada aniqlaymiz.Suvda shakar yoki glyukoza va etanol eritiladi. Yangi qarama-qarshilik muammoni shakllantirishga imkon beradi: C2H6O va C6H12O6 molekulalari tuzilishi asosida qanday qilib ularning eritmalari elektr tokini o’tkazmasligini tushuntirish mumkin? Asos sifatida ushbu birikmalarda kovalent bog’lar kam qutbli, ular orasidagi zaif bog’lar va mustahkam ichkimolekulyar bog’lar ushbu moddalarni suvda ayrim molekulalarga parchalanishga olib keladi degan taxmin olinadi. Glitserin va benzolning elektr o’tkazuvchanligi o’lchanadi va xulosa qilinadi: Eritmalari elektr tokini o’tkazmaydigan moddalar noelektrolitlar deyiladi.Olingan ma’lumotni o’zlashtirish maqsadida o’quvchilarga quydagi topshiriqlar beriladi:
1. CaCl2, NaNO3, Ca(NO3)2, KOH, K2SO4, Ca3(PO4)2, CaCO3 moddalar qanday ionlardan iborat?
2. a) Cl-,Cl0, Cl2; b) SO3 va SO32- ; c) Na0 va Na+; d) S va S2- simvollar bilan belgilangan zarrachalar qanday nomlanadi va nimasi bilan bir- biridan farq qiladi?
Amaliy topshiriq.1. Qurilma yordamida qaysi probirkalarda elektrolitlar, qaysilarida noelektrolitlar eritmalari borligini aniqlang . Ularga ta’rif bering.
2. Oq kristall moddali 3 ta probirka bor. Ularni elektrolit deyish mumkinmi?Keng tarqalgan xatolarning oldini olish uchun o’quvchilarga quyidagi savollarni muhokama qilish topshiriladi. Fanda uzoq vaqt elektr toki ionlar hosil bo’lishiga yordam beradi degan fikr yurgan. Shu to’g’rimi?
Yoki qanday misollar yordamida, eritmada ionlar, elektr toki ta’sirida emas, balki,suv tasirida hosil bo’lishini ko’rsatish mumkin?
Dars oxirida o’qucvhilar materialni qanday o’zlashtirganini bilish uchun ularga yozma ish beriladi.
1-variyant
1.Quyidagilardan elektrolitlarga taalluqlilarini yozing: kaliy gidroksidning suvli eritmasi, disstillangan suv, benzin, kalsiy xlorid, spirt, nitrat kislota.
2.Natriy bromid qanday ionlardan tashkil topgan va ularning zaryadini ko’rsating.
2-variyant
1.Quyidagilardan noelektrolitlarni ko’rsating: temir(III)xloridning suvli eritmasi, shakarning suvli eritmasi, suyuq ammiak, vodorod xloridning suvli eritmasi, ohakli suv, disstillangan suv, yo’dning spirtdagi eritmasi.
2.Kaliy fosfatda qanday ionlar bor va ularning zaryadi qanday?
3-variyant
1.Quyidagilardan elektrolitlarni ko’rsating: suyuq vodorod ftorid, vodorod xloridning benzoldagi eritmasi,alyuminiy xloridning suvli eritmasi ,bariy sulfat,kalsiy gidroksid va qo’rg’oshin(II) nitrat kristallari.
2.Kalsiy fosfatda qanday ionlar bor va ularning zaryadi qanday?

Yüklə 492,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin