Mavzu: Akademik litseylarda kimyo o’qitishni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida takomillashtirish mundarija



Yüklə 492,88 Kb.
səhifə9/12
tarix07.01.2024
ölçüsü492,88 Kb.
#203614
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Akademik litseylarda kimyo o’qi

Tuzlarning gidrolizi.
Mustaqil ish frontal tarzda ikki variyantda bajariladi[25-26].
Maqsad: Tuzlarning gidrolizini o’rganishda muammoli yondashuvni tashkil etish.
Ishni boshlashdan oldin o’quvchilar stoliga quyidagi reaktiv va laboratoriya anjomlari qo’yiladi: lakmus eritmasi, suyultirilgan xlorid kislota eritmasi, rux sulfat kristallari, natriy karbanat kukini, probirkalar shtativi bilan.
Mustaqil ish yangi mavzuni o’rganish maqsadida tashkil qilinayotganligi sababli, o’quvchilarga uni diqqat bilan bajarish, barcha qo’yilgan savollarga javoblarni daftarga yozish tavsiya qilinadi.
1-variyant
Quydagi savollarga javob bering:
1.Nima uchun lakmusning suvli eritmasi binafsha rangli?
2.Agar shu lakmus eritmasiga kislota eritmasi qo’shilsa uning ranggi qanday o’zgaradi? Nima uchun?
Tajribani bajaring: Berilgan lakmus eritmasiga rux sulfat kristallaridan qo’shing.Qanday o’zgarish kuzatdingiz? Rux sulfat eritmasi qanday muhitga ega – kislotalimi yoki ishqoriymi?Lakmus eritmasiga rux sulfat kristallaridan qo’shilganda uning rangi o’zgarishi sababini tushuntiring.Buning uchun quyidagi reaksiya tenglamalarini yozing:
a) Rux sulfatning elektrolitik dissotsilanishi:
b) Rux ionining suv bilan ta’siri. Bunda rux gidroksid emas, balki Zn(OH)+ ioni hosil bo’lishini nazarda tuting.
Bunday o’zgarishlardan keyin eritmada qaysi ionlar ortiqcha miqdorda bo’ladi? Vodorod ionlarimi yoki gidroksid ionlarimi?
2-variyant
Quydagi savollarga javob bering:
1.Nima uchun lakmusning suvli eritmasi binafsha rangli?
2.Agar lakmus eritmasiga ishqor eitmasidan qo’shilsa, lakmus qanday rangga kiradi? Nima uchun?
Tajribani bajaring: berilgan lakmus eritmasiga kaliy karbonat kukinidan qo’shing.Bunda qanday o’zgarish kuzatdingiz? Kaliy karbonat eritmasi lakmusga qanday reaksiya beradi?
Lakmusga kaliy karbonat qo’shilganda lakmus rangining o’zgarishini tushuntiring. Buning uchun quyidagi reaksiya tenglamalarini yozing:
a)Kaliy karbonatning elektrolitik dissotsilanishi:
b)CO32- kislota qoldig’i ionining suv bilan o’zaro tasiri. Bunda karbonat kislota molekulasi emas, balki HCO3- ioni hosil bo’lishining nazarda tuting.
Bunday o’zgarishlardan keyin eritmada qaysi ionlar ortiqcha miqdorda bo’ladi:vodorod ionlarimi yoki gidroksid ionlarimi?
O’qituvchi o’quvchilarning dastlabki berilgan 2 ta savolga qanday javob berganliklarini ish davomida tekshirib boradi.Bu javoblar albatta elektrolitik dissotsilanish nuqtai nazaridan berilishi lozim.O’quvchilar lakmusning suvdagi eritmasi binafsha rangdaligi, chunki bunda suvning dissotsilanishi natijasida bir xil miqdorda vodorod va gidroksid ionlari hosil bo’lishini alohida ko’rsatib o’tishlari lozim.Agar lakmus eritmasiga mo’l miqdorda vodorod ionlari kiritilsa, u qizil rangga kiradi. Agar gidroksid ionlari kiritiladigan bo’lsa u ko’k rangga kiradi.
O’quvchilarning rux ioni bilan suv molekulasi o’rtasidagi o’zaro ta’sir reaksiya tenglamasini qanday yozganliklarini va bu asosda qanday xulosaga kelganliklarini kuzatib borish, nazorat qilish lozim.Agarda ular tomonidan barchasi to’g’ri bajarilgan bo’lsa,ular lakmus eritmasining u yoki bu tuz eritmasi ta’sirida ranggi o’zgarish sababini bekamu ko’st tushunib oladilar.

Yüklə 492,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin