2. O’zbekiston Respublikasi xududida ishlab chiqarilgan va respublikaga impoprt qilinadigan tovarlar uchun aktsiz solig’i. Aktsiz solig’ini hisoblash tartibi. Alkogolli mahsulotlar bo’yicha mahsulot birligiga (1 litr) aktsiz solig’i summasi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
(M x A) / 100, bunda:
M - tayyor alkogolli mahsulotning quvvati (%) (spirt tayyorlangan xom ashyo turidan qat’i nazar)
A - aktsiz solig’i stavkasi, mahsulot birligiga so’mda.
Boshqa aktsizlanadigan mahsulotlar bo’yicha aktsiz solig’i summasi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
(O x A) / 100, bunda:
O - O’z ichiga aktsiz solig’ini olgan shartnomaviy (erkin) narx, QQSsiz;.
A - aktsiz solig’i stavkasi..
Aktsiz markalari bilan markalangan tovarlar bo’yicha aktsiz solig’i to’lashning o’ziga xos xususiyatlari
Aktsiz markalari bilan markalangan tovarlar bo’yicha aktsiz solig’i umumo’rnatilgan tartib bo’yicha hisoblanadi. Aktsiz markalarining nominal qiymati aktsiz solig’i to’lovi hisobiga kiritilmaydi.
Berilgan xom ashyodan ishlab chiqariladigan tovarlar bo’yicha aktsiz solig’ini hisoblashning o’ziga xos xususiyatlari.
Buxgalteriya hisobi haqidagi qonunchilikka muvofiq berilgan xom ashyo mahsulotni ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan balansdan tashqarida hisobga olinadi.
Berilgan xom ashyodan ishlab chiqariladigan mahsulotga aktsiz solig’ini hisoblab chiqishda, aktsiz to’lanadigan tovarlar realizatsiyasi bo’yicha aylanish (oborot) ushbu tovarlarni ishlab chiqish bo’yicha bajarilgan ishlar qiymati va berilgan xom ashyo qiymatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
3. Soliqni to’lovchilar tarkibi, soliqqa tortish ob’ekti, soliq stavkalari, to’lash muddatlari, soliq bo’yicha imtiyozlar va hisoblash tartibi.Aktsiz solig’i to’lovchilari deb mulk shaklidan qat’i nazar aktsiz to’lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar hisoblanadi. Soliq solish maqsadlarida yuridik shaxslar deganda o’zining mulkchiligida, xo’jalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida mulkka ega bo’lgan, shuningdek o’zining majburiyatlari bo’yicha ushbu mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balans va hisob-kitob schyotiga ega bo’lgan alohida bo’linmalar tushuniladi.
Aktsizlanadigan tovarlar uchun soliq solish ob’ekti bo’lib:
alkogolli mahsulotlar bo’yicha - unga nisbatan qat’iy (spetsifik) soliq stavkalari belgilangan sotilgan alkogolli mahsulotlar hajmining naturadagi ifodasi (yuklab jnatilgan tovar tarkibida 100% suvsiz spirtning hajm birligiga yoki mahsulot hajmi birligiga absolyut summada);
boshqa aktsizlanadigan mahsulotlar bo’yicha - berilgan xom ashyodan ishlab chiqarilganini O’z ichiga olgan holda, kelishilgan (erkin) narxlarda (O’z ichiga aktsiz solig’i summasini olgan), qo’shilgan qiymat solig’ini hisobga olmagan holda yuklab jo’natilgan tovarning qiymati yoki uning fizik hajmi hisoblanadi.
Tekinga beriladigan aktsizlanadigan tovar ham soliq solish ob’ekti hisoblanadi. Bunda:
alkogolli mahsulotlar bo’yicha - unga nisbatan qat’iy (spetsifik) soliq stavkalari belgilangan sotilgan alkogolli mahsulotlar hajmining naturadagi ifodasi (yuklab jqnatilgan tovar tarkibida 100% suvsiz spirtning hajm birligiga absolyut summada);
boshqa aktsizlanadigan mahsulotlar bo’yicha - soliq to’lovchida tovarni topshirish paytida shakllangan, lekin ushbu aktsizlanadigan tovarni ishlab chiqarishda haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlardan kam bo’lmagan hisob-kitob (ulgurji) narxlari darajasidan kelib chiqqan holda hisoblangan qiymat soliq solish ob’ekti bo’lib hisoblanadi.
Aktsiz solig’i bo’yicha imtiyozlar
Aktsiz solig’i quyidagilarga solinmaydi:
a) aktsiz to’lanadigan tovarlarni eksport uchun etkazish, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan alohida tovarlarning ro’yxati bundan mustasno;
b) yog’-moy va "O’zbekiston" yog’ini ishlab chiqarishda ishlatiladigan paxta yog’ini etkazish;
v) O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan, xalq ta’limi va sog’liqni saqlash tizimlari ehtiyojlari uchun ixtisoslashtirilgan mebel.
Imtiyoz berish maqsadlarida ixtisoslashtirilgan mebel deganda quyidagilar tushuniladi:
davlat va nodavlat ta’limi va tibbiyot muassasalarini ta’minlash uchun realizatsiya qilinadigan mebel;
ta’lim va sog’liqni saqlash tizimini ta’minlash uchun ta’minot sotish bilan shug’ullanuvchi qaramog’idagi tashkilotlarga sotiladigan mebel.
Ushbu imtiyoz ta’lim va sog’liqni saqlash tizimini ta’minlash uchun ixtisoslashtirilgan mebelni sotib olish bo’yicha tuzilgan shartnomalar mavjud bo’lgan taqdirda beriladi.
Mazkur mebel boshqa iste’molchilarga realizatsiya qilinganda unga umum o’rnatilgan tartibda aktsiz solig’i solinadi;
g) alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun "O’zmevasabzavotuzumsanoatxolding" xolding kompaniyasi, "O’zkimyosanoat" assotsiatsiyasi va qishloq va suv xo’jaligi vazirligi korxonalariga spirt realizatsiya qilinganda;
d) "O’zmevasabzavotuzumsanoatxolding" xolding kompaniyasi va Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi korxonalariga vino ishlab chiqarish uchun vinomateriallarni realizatsiya qilish.
Soliq to’lovchi tomonidan, realizatsiyaning haqiqiy hajmidan kelib chiqqan holda hisoblangan aktsiz solig’ining summasi, byudjetga quyidagi muddatlarda to’lanadi:
joriy oyning 13 sanasidan kechikmasdan - joriy oyning birinchi dekadasi uchun;
joriy oyning 23 sanasidan kechikmasdan - joriy oyning ikkinchi dekadasi uchun;
keyingi oyning 3 sanasidan kechikmasdan - hisobot oyining qolgan kunlari uchun.
Realizatsiya kuni deb tovar-kuzatuv hujjatlarida ko’rsatilgan tovar ortilgan kun hisoblanadi.
Dekadali to’lovlar bo’yicha aktsiz solig’ining kelib tushgan summasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to’lovchilarning shaxsiy schyotlarining soliqni "hisoblash" va "to’lash" ustunlarida bir vaqtning o’zida aks ettiriladi.
Soliq to’lovchi o’zi ro’yxatdan o’tgan joydagi tegishli soliq xizmati organiga aktsiz solig’i bo’yicha hisob-kitoblarni har oyda, hisobot oyidan keyin keluvchi oyning 20 sanasigacha, soliq solinmaydigan aylanishlar (oborotlar) summasini yoyilmasi ilova qilingan holda mazkur Yo’riqnomaning 3-ilovasiiga* (alkogolli mahsulotlar bo’yicha) va 4-ilovasiga* (boshqa aktsizlanadigan mahsulotlar bo’yicha) muvofiq shaklda taqdim qilinadi.
Aktsiz solig’i to’lash muddatlari va mos ravishda hisob-kitoblarni taqdim qilish muddatlari dam olish (ishlamaydigan kun) yoki bayram kuniga to’g’ri kelsa, u holda ular dam olish yoki bayram kunidan keyingi birinchi ish kuniga kqchiriladi.
hisobot davri mobaynida dekadali to’lovlar bo’yicha to’langan aktsiz solig’i summalari tegishli hisobot davri uchun hisoblangan soliq summasida hisobga o’tkaziladi.
Aktsiz solig’ining ortiqcha to’langan summalari kelgusi to’lovlar hisobiga o’tkaziladi yoki to’lovchiga soliq organi tomonidan uning yozma ravishdagi arizasini olingan kundan boshlab 30 (o’ttiz) kunlik muddat ichida (byudjetta to’lovlar bo’yicha qarzlari bo’lmasligi sharti bilan) qaytarib beriladi.