AKTSIZ TAVARLARNI BELGILASH VA ULARNI SOLIQQA TORTISHNING O\'ZIGZ XUSUSIYATLARI
Alkogolli mahsulotlar bo’yicha aktsiz solig’i hisob-kitobiga MISOL (1 litr aroqqa)
1.
Aroq tarkibidagi spirt hajmi (%)
40%
2.
Aroq bo’yicha 1 litr suvsiz etil spirti uchun byudjetga o’tkaziladigan aktsiz solig’i summasi (so’m.)
2600
3.
Aroq bo’yicha 1 litr suvsiz etil spirti uchun "O’zmevasabzavotuzumsanoat-xolding" XK maxsus hisobraqamiga jo’natiladigan aktsiz solig’i summasi (so’m.)
60
4.
Byudjetga o’tkaziladigan aktsiz solig’i summasi (1-satr X 2-satr / 100%) (1 litr aroq uchun so’m.)
1040
5.
"O’zmevasabzavotuzumsanoat-xolding" XK maxsus hisobraqamiga jo’natiladigan aktsiz solig’i summasi (1-satr X 3-satr / 100%) (1 litr aroq uchun so’m.)
24
10 ming dal aroq sotilganda byudjetga to’lanadigan aktsiz solig’i summasi 104 mln. so’mni (4 satr X 100000 litr) tashkil etadi.
10 ming dal aroq sotilganda "O’zmevasabzavotuzumsanoat-xolding" XK maxsus hisobraqamiga jo’natiladigan aktsiz solig’i summasi 2,4 mln. so’mni (5 satr X 100000 litr) tashkil etadi.
Izoh:
Tarkibida etil spirti hajmi 30 foiz va undan yuqori bo’lgan alkogolli mahsulotlarning barcha turlari bo’yicha, hamda konyak (brendi) bo’yicha hisob-kitoblar shu misolda ko’rsatilgandek hisoblanadi.