Mavzu: Akmelogiya fanini o’rganishning asosiy yo’nalishlari Reja



Yüklə 38,06 Kb.
səhifə3/4
tarix14.12.2023
ölçüsü38,06 Kb.
#177028
1   2   3   4
Akmelogiya fanini o’rganishning asosiy yo’nalishlari

Faoliyat mahsuldorligi. Ko‘p hollarda sub’ekt professionalizmi uning kasb sohasida erishgan natijalar va mahsulot hajmi bilan o‘lchanadi. Albatta, bu ob’ektiv va birlamchi mezondir. Lekin, insonning kasb sohadagi faolligi o‘z ichiga, shaxsning maqsadga intilishini, tashabbusga tayyorlik va jonbozlik ko‘rsata olish qobiliyatlarini ham mujassamlashtirishi lozim.
Nazarimizda, mahorat mezonlarini ishlab chiqishda insonni kom­pleks tarzda o‘rganish tamoyiliga asoslangan holda, uning boshqa sifatlariga ham e’tibor qaratilgani ma’qul. Masalan, rahbarning o‘z qo‘l ostidagi xodimlariga bo‘lgan g‘amho‘rligi, rahbarning o‘z sog‘ligi haqida qayg‘urishi, inson sifatida atrof-muhit va fuqaro sifati­da o‘z jamiyatiga munosabati, rahbarning strategik fikrlay olish qobiliyati kabi ko‘rsatkichlar ham mahorat mezonlari qatoriga kiritilishi lozim. Rahbarning tashkilotni asosiy maqsad sari etaklashidagi boshqaruv samarasi quyidagi mezonlarga asoslanadi:


  1. Ob’ektiv mezonlar – bunga yuqorida ta’kidlab o‘tilgan fao­liyat mahsuldorligining ob’ektiv ko‘rsatkichlari kiradi.


  1. Sub’ektiv mezon – insonning o‘z ishidan qoniqishi (bunday qoniqishning yo‘qligi natijasida ayrim odamlar kasbiy faolligidan bo‘sh vaqtida turli xulq og‘ishlari holatiga boradilar. Masalan, spirtli ichimliklarga ruju qo‘yish, o‘z kasbidan ko‘ra boshka faoliyat bilan shug‘ullanishni ma’qul ko‘rish, o‘z-o‘zini mukammallashtirishdan chetlanish va hokazo).


  1. Natijaga oid mezonlar – bu esa, faoliyat natijasi jamiyat manfaatiga, mos keladimi yoki adekvat, degan savolga javob olishdir. Masalan, agar biron mahsulot jamiyat uchun zarur bulsa-yu, rahbarda shu ehtiyojni qondirish imkoniyati bo‘lsa samarali rahbar rejani tartib bilan bajarishga intiladi va xalq manfaati haqida qayg‘ura­di. Bu esa yuksak mahorat mezonidir.


  2. Me’yorga asoslangan tomonlar – rahbar xulqning axloqiy va ma’naviy namunalarga mos kelishi. Bu mezonga rahbar ma’naviyati, rahbar odobi, o‘zaro munosabatlar tizimida amalga oshuvchi xatti-harakatlari va boshqalar kiradi. Bu me’yorga muvofiq har qanday mahorat asosida ushbu lavozimga qo‘yiluvchi talablar majmuasi professiogramma yotadi, degan ta’rif e’tirof etiladi.


  3. Kasbiy ta’limga moyillik – ya’ni o‘z sohasidagi yangilikni bilishga, malaka oshirishga intilish.


  4. Ijtimoiy faollik. Rahbar iloji boricha, ijtimoiy sohada ham o‘z faolligini namoyon etib borishi lozim.


  5. Faoliyatni sifat va miqdor tarzida baholashga asoslan­gan mezon. Ekspertlar yordamida reyting baholash tizimiga asoslan­gan holda rahbarlik samarasi yuzasidan so‘rovlar o‘tkazilishi.

4. Har bir inson nimagadir, qaysidir darajada qobiliyatli ekan, albatta, hayoti davomida qobiliyatlarini ma’lum maqsad yo’lida ishlatishlari talab etiladi. Zero, bekorga sarf qilingan bo’sh vaqt odamning ruhiy taraqqiyotini to’xtatib, borgan sari ruhiy qashshoqlanishiga olib boradi. Ammo vaqtim bo’sh deb o’zini turli faoliyatga majburan undash ham aqliy kamolotga etaklamaydi. Bu erda xalqimizning «bo’ynidan bog‘langan it ovga yaramaydi» degan dono maqoli o’rinlidir. Buning ma’nosi shuki, kishi o’zi xohlamagan, intilmagan ishga uni majbur qilishdan hech bir natija chiqmaydi. Eng avvalo, kishida faollikka undovchi turtki, ichki ehtiyoj mavjud bo’lgandagina, faoliyatni faol bajarishga intiladi.


Ijodkorlik qobiliyati muammosiga nisbatan olimlarning qarashlari va adabiyotlar tahlili asosida quyidagicha ta’rif berdik: ijodkorlik qobiliyati tabiat in’omi bo’lishi bilan bir qatorda ta’lim-tarbiyaga muhtoj bo’lgan, uzluksiz rivojlanish xarakteriga ega bo’lib, shaxsning umumiy rivojlanganlik darajasini hamda fikr yuritish uslubini belgilab beruvchi ko’pqirrali individual psixologik xususiyat hisoblanadi.
Umuman, zamonaviy tadqiqotchilarning talabalarda ijodiy tafakkur rivojlanishining turli xususiyatlarini o’rganish buyicha ilmiy tadqiqotlari natijalarini tahlil etish quyidagi xulosalar uchun asos bo’ldi:
1. Zamonaviy tadqiqotchilarning deyarli barchasi bo’lajak tarbiyachilarda ijodiy tafakkurning rivojlanish xususiyatlarini o’rganishda tafakkur kreativligi sifatining tarkib topishi va taraqqiy etishi muvaffaqiyatli kasbiy shakllanishning muhim omili ekani haqidagi qarashga tayanadi.
2. Talabalik davrida ijodiy qobiliyatning rivojlanishini o’rganuvchi xorij tadqiqotchilari izlanishlarida asosiy e’tibor shaxs kreativligi sifatining rivojlanishiga faollashtiruvchi yoki susaytiruvchi ta’sir ko’rsatish xususiyatiga ega bo’lgan individual va ijtimoy-psixologik omilarni aniqlashga qaratilgan.
3. Pedagogik-psixologik tadqiqotlar natijalari turli mutaxassisliklar bo’yicha ta’lim oluvchi talabalar to’laqonli kasbiy tayyorgarlikka erishishi ijodiy qobiliyatning, avvalo, tanlangan kasb talablariga mos sifatlari tarkib topishiga bog‘liq bo’lishini tasdiqlamoqda.
4. Bo’lajak tarbiyachiilarda oliy ma’lumotni egallash jarayonida ijodiy qobiliyatni shakllantirish uchun ko’pchilik tadqiqotchilar o’qitishning metodik ta’minotida chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, mazkur jarayonda pedagogik innovatsiyalardan samarali foydalanish zarurligi haqida tavsiya beradilar.
Akmeologiyaning tadqiqot obekti — bu akmeshaxs bо‘lib, obektiv qonuniyatlarga asoslangan holda kasb-korlikning va ijodiy faoliyatning metodologik, texnologik hamda gumanitar (insonparvarlik) jihatlarini о’rganish jarayonida jamiyat rivojida kasb-hunar moddiy, iqtisodiy va m a ’naviy jihatlari bilan bog’liq akmeologik muammolami aniqlaydi. Masalan, bozor munosabatlarining rivojlanishida yangi kasbhunarlami shakllantirish, davr talabiga monand yetuk kadrlarni yetishtirish dolzarb masalalardan biri bо’lib qolmoqda. Globalizatsiya jarayonlariga ijodiy kompleks yondashish, kasbkorlik madaniyati, komillik va mukammallik haqida alloma va mutafakkirlaming qarashlarini tahlil etishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga xos jihatlami va zamonaviy tajribalami chuqur egallash, texnika, texnologiya va axborot madaniyatini о’zlashtirish masalalari ham akmeologiyaning obektlaridan biriga aylanishi mumkin.
Binobarin, akmeologiyaning tadqiqot predmeti — akmeshaxsni shakllantirishda ishtirok etadigan kasbiy bilimlar majmuyi bilan axloqiy fazilatlar hamda siyosiy, iqtisodiy va boshqa ijtimoiy institutlar bilimlari orasidagi funksional aloqadorlik bo "lib, muayyan ilm sohasi, majmuning jabha yoki xususiyatidan kelib chiqib belgilanadi. Shunday qilib, akmeologiya predmetini insonni yetuklik darajasidagi rivoji bilan chegaralab qo yish va и о’z rivojida qaysi sharoitlarda optimumga erishadi va uning optimumi qanday bо‘ladi deyishni aniqlash bilan bir qatorda, uning predmetini juda keng tushunish kerak bо’ladi. Bunga turli umumlashmalarning rivoji va ulaming rivojida eng yuqori darajaga erishishga imkon yaratuvchi sharoitlarni aniqlash hamda ushbu fanda bazaviy kategoriya sifatida akmening chiqishi va shakllarining keng kontinuumda konkretlashtirishi har bir holatda и yoki bu inson rivojida erishgan chо’qqining belgilarini konkret integrallashtirilishi va obektivlashtirilishi yoki turli jamoalarning rivojlanishlarida erishilgan cho’qqida akkumulyatsiya qilinishi namoyonligi о’z ifodasini topadi. Har qanday ilm о’z oldiga faqat bitta maqsadni qo’yadi.
3.
Yüklə 38,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin