Mavzu: Akmelogiya fanini o’rganishning asosiy yo’nalishlari Reja



Yüklə 38,06 Kb.
səhifə1/4
tarix14.12.2023
ölçüsü38,06 Kb.
#177028
  1   2   3   4
Akmelogiya fanini o’rganishning asosiy yo’nalishlari


  1. MAVZU: Akmelogiya fanini o’rganishning asosiy yo’nalishlari


Reja:
1.Pedagogik akmeologiya pedagogning mehnat faoliyatida professionallikka erishishning yo‘llari haqidagi fan ekanligi.
2. Akmeologiyaning fan sifatida yuzaga kelish tarixi.
3. Akmeologiya asosiy yo‘nalishlari.
Tayanch so‘z va iboralar: tadqiqot, yondashuv, akmegramma, kasbiy mahorat, mezon, ijodkorlik, qobiliyat, omil, intellekt, ajdod, o‘tmish.

1.Pedagogik akmeologiya pedagogning mehnat faoliyatida professionallikka erishishning yo‘llari haqidagi fan ekanligi.
Respublikamiz olimlaridan M.G.Davletshin, E.G‘oziev, B.R.Qodirov, Z.Nishonova, E.Usmonova, R.Sunnatova va boshqalar ijodkorlik qobiliyati muammosi bo’yicha tadqiqotlar olib borgan. Jumladan, psixolog M.G.Davletshin o’quvchilarda texnik qobiliyatlarning namoyan bo’lishini tahlil etib: “O’quvchilarning texnik qobiliyatlari asosan texnik ijodkorlikda namoyan bo’ladi. O’quvchilarning texnik qobiliyatlarini tadqiq etish texnik qobiliyatlarning turli darajalari mavjud ekanligini ko’rsatadi. Ular eng avvalo reproduktiv va ijodiy darajalardir” – deb ta’kidlaydi. Shuningdek, M.G.Davletshin texnik qobiliyatlarning tuzilishini aniqlash bo’yicha tadqiqotlar olib borib texnik iste’dod tuzilishidagi ayrim jihatlarni ajratib ko’rsatgan. Muallifning ta’kidlashicha, ulardan biri texnik kuzatuvchanlik bo’lib, texnik topshiriqlarni bajarishdagi muvaffaqiyat idrok sifati hamda texnik kuzatuvchanlik darajasiga bog‘liqdir.
Psixolog B.R.Qodirov o’smirlar kasbiy layoqatining psixofiziologik jihatlarini tadqiq etgan va kasb tanlashga juda ko’p omillar: ijtimoiy talablar, moda, kasbning mavqei, oilaviy kasb an’analari, shuningdek, individual qobiliyatlar, qiziqishlar, xohish va shaxsning u yoki bu faoliyat bilan shug‘ullanish istagi, shuningdek ijodkorlik qobiliyati darajasi kabilar ta’sir ko’rsatishini alohida ta’kidlaydi. B.R.Qodirov tadqiqotlarining asosini o’smirlarni muayyan faoliyat bilan shug‘ullanishga undovchi individual layoqatlarini o’rganish tashkil etgan. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, miya faoliyatining turli darajadagi va ko’rinishdagi faolligi individni u yoki bu faoliyat turi bilan shug‘ullanishga undaydi.
Psixolog E.Z.Usmonova turli vaziyatlarda tafakkurni emotsional-motivatsion boshqarilishi muammosini o’rganib, tafakkur individual holatga nisbatan hamkorlik faoliyati jarayonida o’ziga xos tarzda kechishini tahlil qilgan. E.Z.Usmonova tafakkurni o’rganishning muhim jihatlaridan biri shaxslararo o’zaro ta’sir jarayonida intellektual masalalarni samarali echishga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashdan iborat deb hisoblab, o’z tadqiqotlarida tafakkurning motivatsion-emotsional boshqarilishini tafakkurning kechishi va mahsuldorligiga ta’sir etuvchi omil sifatida e’tirof etadi.
Psixolog T.S.Jo’raev o’smir o’quvchilar aqliy rivojlanishining psixologik xususiyatlarini tatqiq etgan. U o’smir o’quvchilarda intellektual usul va uslublarning yangi sharoitga ko’chish holati, ularni o’rganishga nisbatan shaxsiy qiziqishlarining ortishi, ularga suyangan holda aqliy faoliyatni boshqarish istagining paydo bo’lishi, bilish motivlarining uyg‘onishi faoliyat sub’ektining rivojlanishidan darak berishi usullarning ko’chish holati, bilish motivlari va aqliy faoliyatni boshqarish kabilar aqliy taraqqiyot mezoni ekanligini alohida ta’kidlagan.
2. Akmeogramma1 – akmeografik yondashuvning asosiy metodi va u progressiv rivojlanishga hamda birinchi navbatda shaxsning professionalizmi va konkret mehnat sub’ektlari faoliyatining taraqqiyotiga imkon beradigan talablar, sharoit va omillar tizimini namoyon etadi. Akmeogramma doimo individual bo‘ladi, rasmiy ravishda u samarali faoliyat ko‘rsatayotgan sub’ektning individual «kesimi»ni, uning imkoniyatlari va istiqbollarini, o‘rnini qoplaydigan va aksi bo‘lgan xususiyatlarini o‘zida mujassam etadi. Akmeogramma – professiogramma va psixogrammaga nisbatan umumlashtiruvchi kategoriya bo‘lib hisoblanadi.
Akmeogramma professional faoliyatning atroflicha tavsifini va u tomondan insonning individual-psixologik va psixofiziologik xususiyatlariga qo‘yiladigan talablarni o‘z ichiga oladi. Bolalar va yoshlarda ularning iqtidor va qobiliyatlarini aniqlash, rivojlantirish bo‘yicha real sharoitlarni yaratish akmeologik muhitdan darak bersa, ushbu yoshlarni topish, iste’dodlarini aniqlash va ularni rivojlantirish asosida yuqori pog‘onalarga erishuvini ta’minlash bir-biridan ajralmas, bir butun yaxlit tizim sifatida qaralmoqda.
Akmeogramma jarayoni qanday o‘tkaziladi? degan savolga birinchi navbatda akmeogrammani to‘ldirayotgan individning yoshi e’tiborga olinadi. Agarda individ o‘zi mustaqil ravishda to‘ldirishi uchun kichiklik qilsa, unga ota-onasi yoki uni yaxshi bilgan va u ishongan inson kshmak berishi mumkin. Akmeogrammaning ichida bir qancha: bilim, tajriba, xohish, qiziqish, intilish, maxsus va murakkab qobiliyatlar va boshqa bir qancha xususiyatlarning tavsifini so‘rovchi bo‘limlar borki, ularni mukammal to‘ldirish, yakuniy natijani aniqlashda albatta muhim rol o‘ynaydi. Agarda individ akmegrammani to‘ldirish jarayonida murakkabliklarga duch kelgudek bo‘lsa, u holda ushbu bo‘limni to‘ldirmay turadi hamda aniq javobni belgilash uchun ko‘mak beruvchi insonlarga murojaat etadi.
Aytib o‘tganimizdek, akmeogrammani aniq, to‘g‘ri va xolisona to‘ldirish, ekspert yoki akmeolog tomonidan maqbul va ishonchli natijaning berilish kafilidir. Individ tomonidan akmeogramma to‘ldirib bo‘linganidan so‘ng, ekspert yoki akmeolog tomonidan ko‘rib chiqilish uchun taqdim etiladi. Olingan natijalar bo‘yicha ekspert o‘z xulosasini berish bilan birgalikda, akmeologik tashxis qo‘yadi. Aytib o‘tganimizdek, akmeogramma natijalari ko‘ra ekspertiza qilinadi hamda bolaning qiziqishi, xohishi va intilishi bilan bog‘liq bo‘lgan resurslar aniqlanadi.
Boshqacha qilib aytganda, akmeogrammaning natijasi bo‘yicha quyidagilarni: [1] yoshlarning professional o‘sish dinamikasini; [2] ushbu o‘sishni cheklovchi omillarni; [3] motivatsion muhitning farqlanishi xususiyatlarini; [4] shaxsiy o‘sish dinamikasi hamda bunga imkon beruvchi va to‘sqinlik qiluvchi omillarni; [5] shaxsiy-professional rivojlanish uchun qanday akmeotexnologiyadan foydalanish maqsadga muvofiqligini aniqlash mumkin bo‘ladi.
3. Bugungi kunda mustaqil O‘zbekistonning har bir fuqarosida ajdodlar ibtidosi, madaniyatimizda chuqur iz qoldirgan buyuk insonlar, ularning akmeogrammalarini o‘rganish ehtiyoji mavjud. Bu buyuk zotlaming o ‘sib ulg‘ayishi va mukammallashuvi, o ‘z kasbi tomon intilishi jarayoni, qanday qilib olamshumul yangiliklar yaratganliklari va ko'plab insonlarga o ‘z ta’sirini o ‘tkaza olganliklari barchani qiziqtirsa kerak.
Shubhasiz, bunday savollarga javob olish asosida har bir o ‘quvchi uchun hayot maktabining ochilishi turgan gap. Natijada, o‘tmishdagi ajdodlarimiz bosib o ‘tgan yo‘lni, ular erishgan cho‘qqilarni, qanday qilib komil inson bo‘lib mukammallik cho‘qqisiga erishganliklari hamda ularning ishlari amalda qay tarzda bunyod bo‘lganligini yaxshiroq anglaymiz. Bu esa, o‘z navbatida, bugungi kun nuqtayi nazaridan istiqbolimiz yo’nalishini ham belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 38,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin