Aksiz solig’ining soliq davri bo’lib, bir oy hisoblanadi. Soliq kodeksining 292-moddasiga muvofiq, soliq hisoboti, agar 292-moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, soliq bo’yicha hisobda turilgan joydagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning o’ninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi
Germaniyada aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlarning asosiy qismi Federal byudjetga o‘tkaziladi, faqat pivoga nisbatan joriy qilingan aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlar federal byudjetga kelib tushmaydi. Aksiz solig‘ining stavkalari tovarlarga nisbatan foizlarda va qat’iy summada belgilangan. Masalan, sug‘urta bitimlari bo‘yicha aksiz solig‘ining stavkasi sug‘urta polisi summasining 12 foiz miqdorida belgilangan. Shampan vinosiga nisbatan belgilangan soliq stavkasi 0,75 litr uchun 2 evroni tashkil qiladi.
Aksiz solig‘ini hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliq to’lash tartibi
Aksiz solig‘ini hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliq to’lash tartibi
Benzin, dizel yoqilg’isi va gaz avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilingan taqdirda, soliq hisoboti avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxobchalari joylashgan yerdagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning o’ninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Soliq kodeksining 293-moddasiga ko’ra, soliqni to’lash soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay, ya’ni har oyda, soliq davridan keyingi oyning o’ninchi kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi Aksiz solig‘ini hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliq to’lash tartibi
Import qilinadigan tovarlar bo’yicha soliqni to’lash bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Aksiz markalari bilan tamg’alanishi lozim bo’lgan olib kiriladigan aksiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha soliq aksiz markalari olinguniga qadar to’lanadi.
Dam olish (ishlanmaydigan) yoki bayram kuniga to‘g‘ri keladigan aksiz solig‘ini to‘lash muddatlari, tegishincha, hisob-kitobni taqdim etish muddatlari ham dam olish yoki bayram kunidan keyingi birinchi ish kuniga ko‘chiriladi.