Davlat soliq inspeksiyalari va Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy organlari aksiz markalarini sotishni belgilangan shaklga binoan ana shu markalarni xarid qilishga doir buyurtmanoma – hisob-kitobga muvofiq «Agrobank» aksiyadorlik tijorat bankining mintaqaviy bo‘linmalari orqali amalga oshiradilar.
«Agrobank» aksiyadorlik tijorat bankining mintaqaviy bo‘linmalari aksiz markalarini:
- alkogolli ichimliklarning mahalliy ishlab chiqaruvchilariga – aksiz markalarining nominal qiymatining 50 foizi to‘langanidan keyin;
- tamaki mahsulotlarining mahalliy ishlab chiqaruvchilariga – aksiz markalarining nominal qiymati to‘liq to‘langanidan keyin;
- tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar importchilariga – nominal qiymati bo‘yicha aksiz markalari to‘liq to‘langanidan va aksiz solig‘i to‘liq hajmda to‘laganidan keyin beradilar.