Мавзу: Қаламтасвир фанидан амалий машғулотларни ташкил этишда академик мактабнинг аҳамияти



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/15
tarix03.06.2022
ölçüsü1,57 Mb.
#60564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
1930-1950-yillarda O’zbekiston rangtasvir sanati

  
  
  
  
  
  


23 
II bob. Rangtasvirda maishiy janr va uni dolzarb masalalari.  
2.1. Maishiy janrning o`ziga xos tomonlari  
Maishiy janr-tasviriy sanʼatning kundalik ijtimoiy va shaxsiy hayotni, maishiy 
turmushni aks ettiradigan janri. Turmushda koʻzga tashlanadigan oʻzaro 
munosabatlar va xatti-harakatlarni, uning ichki mohiyati va ijtimoiy-tarixiy 
mazmunini chuqur ochib berish kabi xususiyatlarga ega. Demokratik va realistik 
badiiy anʼanalarning oʻsishi, rassomlarning xalq hayoti va mehnat faoliyatini 
atroflicha tasvirlashga qiziqishining ortishi bilan bog`liq holda rivojlandi. Maishiy 
janrda rangtasvir (kartina) yetakchi oʻrin tutadi, grafika, kichik hajmdagi 
haykaltaroshlikda ham maishiy mavzu keng tarqalgan.
Maishiy lavhalar ibtidoiy sanʼat (ov manzaralari, urf-odatlar tasvirlari), Sharq 
(devoriy rasmlar va relyeflar) va Yunon (vazalar bezagi) sanʼatida koʻp uchraydi, 
ellinizm sanʼatida muhim oʻrin egallagan. Dastlabki namunalari Qadimiy Sharq 
(Xitoy, key-inroq Koreya, Yaponiya)da yaratilli. Uyg`onish davrida maishiy janr 
real voqealar, maishiy detallar bilan boyitildi. Oʻrta asrlarda ham Yevropa, ham 
Osiyoda devoriy rasmlar, boʻrtma naqshlar, miniatyuralar keng tarqaldi. Sharqda va 
Yevropada sanʼatning maxsus janri sifatida namoyon boʻldi.
Maishiy janrda XVII asrdan maishiy hayot ijtimoiy mazmunga ega boʻldi, 
hajviy, ijtimoiy tanqidiy yoʻnalish yuzaga keldi, emotsional nafislik, psixologik 
noziklik va oʻtkir xayotiy kuzatishlar oʻz aksini topdi. Jahon rassomlari Jotto, 
Rembrandt, U.Xogart, A.Vatto, F.Goyya, P.P.Rubens, V.G.Perov, I.Ye.Repin,
V.Ye.Makovskiy, A.A.Deyneka kabilarning maishiy janrdagi yetuk sanʼat asarlari 
mashhur.
Oʻzbekiston hududida maishiy janr devoriy rasmlarda va miniatyuralarda oʻz 
ifodasini topgan. XX asrda rassomlardan B.Hamdamiy, L.Abdullayev, Inog`omov,
M.Saidov va boshqalar, amaliy sanʼat ustalaridan A.Muxtorov, Sh.Moʻminova va 
boshqalar maishiy mavzuda asarlar yaratdilar.
Maishiy janrda ko„plab asarlar yaratgan rassom Nadejda Kashinadir. Uning


24 
"Doira chalayotgan qiz" (1945), "Tushki tanaffus" asarida insonni mehnat bilan 
barhayotligi, uni toza havo oftob nurlaridan tabiatdan zavqlanayotgani o„z aksini 
topgan .
Asar kompozitsiyasi, rang koloriti, milliy ruhda , insonni zamonaviy xislatlari, 
kompozitsiya tuzish vositalarida namoyon bo„lgan. Yoshlarga metodik tasviya 
vazifasini bajaradi.
1947 yili Chingiz Axmarov, Toshkentdagi Navoiy nomli opera va balet teartri 
binosi foyesi devoriga A.Navoiyning "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun" asariga 
bag„ishlangan mahobatli rang tasvir asarini ishladi . Asosiy mavzu afsona yoki 
bo„lib o„tgan voqealar bo„lishiga qaramay, tipajlar, ularni aniq o„xshashligi, 
murakkab kompozitsiya yechimida topilgan.
Tasvirdagi odamlar hajmsiz aniq chizgilarda va yengil nozik ranglar tusida 
tasvirlangan .
"Monumental" panno mavzusida, Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin", 
"Yetti sayyora" , "Iskandarnoma", "Layli va Majnun" ning poemasi asosida "Farhod 
va Shirinni, Layli va Majmunni uchrashuvi, Baxrom - go„r va Dilorom ",
"Iskandarning to„g„on qurilishini kelib - ko„rishi" kompozisiyaning asosiy negizini 
tashkil etadi. Shirin kanizaklari bilan Farhodga nigoh tashlab uni qilgan jasoratiga 
ta‟zim qilayotgan vaqti ifodalangan. Asarning muvafaqqiyatli chiqishida 
rassomning Alisher Navoiy dostonlarini yaxshi sinchiklab o„rganganligi katta 
yordam bergan. Bu asar uchun Chingiz Axmarov 1948-yili "Davlat mukofoti"ga 
sazovor bo„lgan edi.
50-yillarda rassom Moskva, Kozon , Dnepropetrovsk, Kemerevo shaharlarida 
asosan mahobatli -devoriy asarlar ustida ishladi. 1961-yildan boshlab Chingiz
Axmarov yana O„zbekistonda ijod qila boshladi. "A‟lochi qiz", "Rahima",
"Balerina", " Rassom Temurov portreti", "Mukarrama Turg„unboyeva", "Zulfiya " 
kabi portretlari yaratdi.
Ayniqsa shoira "Zulfiya portreti"da nozik chizgilar bilan gavda va qo„l holati, 
liboslar o„ziga xos go„zal holatda ifodalagan.


25 
Shoirning samimiyligi, yoqimtoy nigohi chuqur poetik ijod sohibi ekanligi 
sezilib turadi. Chingiz Axmarov zamonaviy o„zbek ayolini ziyo tarqatuvchi 
ma‟naviy boyligini, ichki go„zaligi ochib bergan. Chingiz Axmarov ko„p yillar 
davomida Kamoliddin Behzod nomli Toshkent milliy rassomchilik va dizayn
institutida kafedra mudiri, professor bo„lib ishladi.
Ko„plab o„zbek "monu-mental"chi rassomlarni yetishtirib chiqardi va o„ziga 
xos mahobatli kompozisiya san‟ati maktabini yaratdi. 1953- yili Repin nomidagi 
Leningrad badiiy akademiyasi institutini Rahim Axmedov, Ne‟mat Qo„ziboyev,
T.Oganesov, M.Saidov, V.Zelikov, Muxina nomidagi oliy san‟at bilim yurtini 
V.Jmakin , V.Sosedovlar, Vasiliy Surikov nomidagi Moskva rassomchilik institutini 
Yusuf Yelizarovlar tamomlab yangi kuch va ishtiyoq bilan san‟at olamiga kirib 
kelishdi. Ijod bilan bir qatorda Pavel Benkov nomli rassomchilik bilim yurtida 
yoshlarga saboq berishdi.
Bu yerda dastlab O.Tatevosyan, V. Podgurskiy, M.Shchurovskiy,
R.Ahmedov, A.Krivonos, N.Qo„ziboyev, pedagogika institutida Yu.Yelizarov,
M.Saidov, T.Oganesov, V. Yurovskiylar tasviriy san‟at asoslaridan yoshlarga dars 
berishdi.
Ayniqsa, Rahim Ahmedov tashabbus ko„rsatib, ko„p mehnat qildi. Shijoatli 
olov qalbli bu inson keyinchalik butun umrini O„zbekiston tasviriy san‟at maktabini 
tashkil topib , rivojlanishiga bag„ishladi. Samarali mehnati va ijodi uchun nufuzli 
davlat mukofotlari, orden, medallariga sazovor bo„ldi.
Rossiya Badiiy Akademiyasi Muxbir a‟zosi, O„zbekiston Badiiy Akdemiyasini 
Akademigi professor Rahim Ahmedov institutida ijod laboratoriyasini, tasviriy 
san‟at bilimlarini ochdi, keyinchalik aspirantura tashkil qildi.
Uning maqsadi yosh iqtidorli rassomlarni tarbiyalab o„qitish va O„zbekiston 
tasviriy san‟atini rivojlantirishdan iborat edi.
Musavvirning "Ona o„ylari", "Tong", "Sora Axmedova" portreti, "Lola" 
portreti", "Oqtoshda bahor", "Surxondaryolik ayol", asarlarida jozibali ranglar 


26 
vositasida o„zbek xalqining o„tmishi, ichki dunyosi, his-tuyg„u, orzulari o„z 
ifodasini topgan.
Rahim Ahmedov dastlab portret sohasida juda berilib ijod qildi.
Zamondoshlarni betakror obrazini, mazmun g„oyalarni ifodalashda o„ziga xos 
badiiy til topdi. Portret yaratganda, nafaqat uni tashqi qiyofasiga, ranglarni 
uyg„unligiga, balki uni chehrasidagi insoniy fazilatlarni ochib berishga intilardi. 
Shuning uchun e`tiborini mehnatsevar xalqning milliy xususiyatlarini, o„zida 
mujassamlashtirgan ayollar, qariyalar, o„spirin-yoshlarni obrazini yaratishga 
qaratgan edi.
"Cho„pon portreti" da tabiat bilan kurashib og„ir mehnatni yoshlikdayoq 
yelkasiga olgan 40 yillar avlodining taqdirini tasvirlangan. Cho„pon yigit qiyofasida 
sinchiklab qarayotgan nigohi gavda kompozisiyasiga bog„lanib ketgan, tayoqqa 
suyalgan, qabargan qo„llari va suyalgan gavdasi jazirama oftobda 
fonidaissiqranglarda o„z yechimini topgan. Portret kompozisiyasini asosiy mavzusi 
bir inson obrazidir.
Kattalarga taqlid qilib boshiga qiyiqcha o„ragan og„ir mehnatni orqalagan, 
pushti ko„ylakdagi o„spirin bola tasvirlangan. Bu ajib asar hozirda O„zbekiston 
Davlat san‟at muzeyida avaylab saqlanmoqda.
1956 yili Rahim Ahmedov qishlog„ida, ikki o„g„li hamda tumush o„rtog„i 
frontdan qaytmagan, mehnatda qaddi bukilmagan mardona keksa ayol portreti, "Ona 
o„ylari" asarini yaratdi. Ayol ko„pincha qariyalarga xos o„tirar, xayolga cho„mar 
edi. Ayol kechinmalari, onadan yosh yetim qolgan Raxim Axmedovning bag„rini 
to„lqinlantirib, unga mehr, chuqur hurmat uyg'otgan.
"Ona o„ylari" portreti kompozisiyasida, figura biroz oldinga chiqqan.
Yong„oq daraxti yonida yostiqqa suyanib tizza ko„ziga qo„l panjalarini saranjom 
qo„yib, xayolga cho„mgan ayol qiyofasi, kompozisiya jihatidan klassik mavqeiga 
ega, juda muvafaqqiyatli topilgan. Ayol yuzidagi chuqur ruhiy holatni , uning 
g„amgin yuzidagi katta yorug„ ko„zlarida, mehnatda toblangan yuz chehrasida 
haykalga xos o„z ifodasini topgan.


27 
Gavda "siluet" aniq, yengil ranglardagi manzara fonida, ko„k, binafsha, pushti, 
yashil, sarig„ ranglarda shiddatli mahorat bilan tasvirlangan.
"Hozirgi davrda maishiy janrli portretga ko„proq ahamiyat berish kerak" der 
edi Rahim Ahmedov, chunki insonni tabiiy sharoitda, mehnat jarayonida ichki 
kechirmalarini ishonarli chuqur ifodalab berish sharoiti mavjud.
Ranglarni maftuni bo„lgan Rahim Axmedov ko„p zamondoshlari qatori 
1959yil "Surxondaryoli qiz" portretini yaratdi.
Sariq ranglar fonida u boshiga oq ro„mol o„rab o„tirgan, yuzlari quyoshda 
toblangan bug„doy rang ayol obrazini yaratdi.
Egnidagi libos qizil-zarg„aldoq, dekorativ ranglarda bo„ynidagi yaltiroq 
kumush tangalar, tumorlar o„ziga xos uslubda tasvirlangan.
Rahim Ahmedov bilan bir qatorda Behzod nomli milliy rassomlik va dizayn 
institutida Chingiz Axmarov, Ne'mat Qo„ziboyev kabilar yoshlarni tarbiyalashda 
o„z hissalarini qo„shdilar .
Muxtor Saidovni "Askiya" asarida paxta dalasi manzarasi yog„och karovatda 
dam olayotgan paxtakorlar asar ishtirokchilaridir. Kompozisiya markazida qo„lida 
piyola ushlagan qariya, navbatdagi hazil musobaqa g„alabasidan so„ngi, yuzidagi 
kulgi, iliq chehra, ro„parasida hazildan yutqazib o„zini noqulay holatda sezib 
o„tirgan raqib tasvirlangan . Xushchaqchaq hazil kulgidan o„zini tutolmay o„tirgan 
atrofdagi odamlar har xil holatlar tasvirlangan. Tomoshabinni e‟tiborini o„ziga 
qaratgan chol figurasi kartinada asosiy bog„lovchi - kompozisiya markazini tashkil 
etadi . Har bir tipaj o„ziga xos psixologik holatda jozibali iliq-tillarang koloritda 
ifoda etilgan.
V. Jmakinning "Paranji tashlagan ayol" kartinasi ko„p figurali monumental 
kompozisiya asarida dramatik holat tasvirlangan. Asar mazmuni yaxlit kompozisiya 
yechimi chuqur psixologik asosda ko„rsatilgan .
Yorug„ oftobli ko„chada bo„layotgan tarixiy dramatik voqea ifodalangan.
Kompozisiya markazini paranji tashlab salobatli turgan o„zbek ayoli tashkil etadi .


28 
Muallif kelajakka intilgan ayol obrazini, eski tuzum vakillariga, ruhoniylar 
kontrast holatda qarama-qarshi qo„ygan .
Vasiliy Ivnovich Jmakin kartinada "tipaj"lar obrazini, ularning ruhiy 
munosabatlarini, ularning liboslarini kontrast ranglarda ustalik bilan tasvilab bergan.
1955 yili Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetida Badiiy 
grafika fakulteti tashkil topdi. Bu yerda dastlabki yillarda Yusuf Yelizarov, Muhtor 
Saidov, Malik Nabiyev yoshlarga tasviriy san`at asoslarini o„rgatishdi, 
Respublikamiz maorif sohasiga yosh rassom-o„qituvchilarni tarbiyalash bilan bir 
qatorda , ko„plab ijodiy asarlar yaratishdi.
Moskvadagi Surikov nomidagi rassomchilik institutida akademik I.Grabar, S.
S.Gerasimov qo„lida ta‟lim olgan Yusuf Yelizarovning ijodi dastlab portret 
sohasida boshlanib, shakllandi.
Uning "Paxtakor qiz", "Kabutar ko„targan qiz", "Onalik" asarlarida, 
rassomning kolorit, nozik ranglar ko„rish kabi yaxshi xislatlari namoyon bo„lgan.
"Kabutar ko„targan qiz" ochiq havoda (planerda) bajarilgan. Toklar soyasida 
o„tirgan yosh o„zbek qizchasi obrazi namoyon bo„lgan yumshoq tabassumli 
chehrasi aks ettirilgan. Chambarak qilib o„rilgan qora sochlari, iliq yengil qarashlari, 
uning erkin holatda o„tirishda o„ziga xos xarakter ifodasini beradi, uyning devoriga 
tushgan yorqin oftob nuri, hovlidagi yashil maysa fonida bayram libosidagi qizning 
ruhiy holati jozibali tarzda tasvirlab berilgan. Yuzidagi iliq, libosdagi sovuq 
reflekslar, rassom tasavvuridagi go„zal, haqqoniy ifodani namoyon etib turadi.
Abu Rayhon Beruniy obrazi tasviri uning qomusiy olim va mutafakkir inson 
ekanligi, uzoq vaqt davomida mashaqqatli ijodiy mehnat qilish, alloma yashagan 
davrni yaxshi o„rganish, bir necha bor eskiz va rang lavhalarni ishlash natijasida 
yuzaga keldi.
Malik Nabiyevning "Beruniy portreti" birinchi bor 1950- yilda , ikkinchi 
varianti 1974 yili allomaning 1000 yilligi o„tkazilishiga bag„ishlangan tanlovda 
g„olib chiqdi. YuNESKO tomonidan chaqiriladigan "Kur'er" jurnalining 1974 yil 
iyul soni muqovasida bosilib chiqdi va dunyo xalqlariga borib yetdi.


29 
Rassom asarda ilm sirlarini yechish uchun butun vujudi bilan kirishgan tarixiy 
shaxs, insonparvar olim Abu Rayxon Beruniyning butun salobatini, nufuzini 
gavdalantiradi. Kartinaning keyingi planlaridagi kitoblar, tibbiyot, ilm fanga bog„liq 
bo„lgan buyumlar, ayniqsa portret kompozitsiya yechimidagi sharqona tahlil, yuz 
qiyofasidagi chehra chizgilari, ruhiy holati mujassamlashib yaxlit Beruniy obrazini, 
uning qomusiy olim mutafakkir inson ekanini yanada bo„rttirib ko„rsatishga xizmat 
qilgan.
Shuningdek, Malik Nabiyev Sohibqiron Amir Temur portretini 1995-96 yilda 
yaratdi. U davlat tanlov komissiyasi tomonidan umum namuna sifatida qabul qilindi.
Shunday rassomlardan yana biri Vladimir Burmakin. Ijodiy diapazoni keng bu 
rassom hayot mazmuni, bo„lgan voqealarini chuqur anglagan holda o„z 
kompozitsiyasida asar mohiyatini jozibali ochib berishga erishadi va tomoshabinni 
o„ziga rom etadi. "Xamon o„tayotgan ayollar", "Boysun ayoli" asarlarida 
mukammal kompozitsiya yechimi, o„ziga xos boy rang koloriti o„z ifodasini topgan. 
Latofatli yosh ayol, Ona obrazini yaratish , mavzuni chuqur anglash natijasidir.
Uning "Daraxt haqidagi poema" kartinasida sar qahramonlari, ikki yoshning 
hayot taqdiri tasviri tabiat qonunlari to„g„risida falsafiy fikr yurgizishga undab 
tomoshabinni o„ylantirib qo„yadi.
Ikki yoshning ezgu his - tuyg„ularni aynan tabiat qo„ynida bir-biriga izhor 
etishi holati, daraxt oldida kompozitsiya jihatidan falsafiy - lirik yechimini topgan.
70-yillari Moskva Leningrad badiiy o„quv yurtlarini Javlon Umarbekov, 
Bahodir Jalolov kabi yosh iqtidorli rassomlar bitirib keldilar. Ular talabalik 
yillaridayoq badiiy ko„rgazmalarda qatnasha boshladilar. Javlon Umarbekov, aslida 
sobiq Butunittifoq kinomotografiya institutini tamomlagan bo„lsada, tasviriy 
san‟atdagi ijod yo„lini portret, maishiy, tarixiy janrda boshladi.
Uning dastlabki "Alisher va Xusayn Boyqaroning yoshligi" asari sharq 
miniatyura 
an‟analari 
uslubida 
yaratilgan. 
Ikki 
yosh 
o„spirinning 
muloqoti,lirikpoetik holati kompozitsiya yechimida ustalik bilan tasvirlangan.


30 
Kartina uyg„onish davri tasviriy san‟at ustalari asarlaridan ta‟sirlanib yaratgan. 
Shuningdek uning "Tafakkurli inson" asari maqtovga sazovordir.
Asarda inson, koinot taraqqiyoti, abadiyat va zamon haqidagi mavzu asos qilib 
olingan. Bu asar muallifning ijod cho„qqisi desak mubolag„a bo„lmaydi. Murakkab 
kompozitsiya yechimida, estetik did, yuqori Kurs ishi saviya, mahorat, chuqur 
falsafiy fikrlash o„z aksini topgan .
1986-yili Leningradda bo„lib o„tgan O„zbekiston tasviriy san‟ati badiiy 
ko„rgazmasida Milnikov tomonidan yuqori baholandi.
Bahodir Jalolov Leningrad rassomchilik - ijodiy maktabini chuqur egallagan 
rassomdir. U o„z asar personajlarini sodda tabiiy holda atrofga, kasbga munosabatni, 
ichki his-tuyg`ularini, ma‟naviy boyligini ifodalaydi.
Rassomning 
salohiyati o„tkirligi "Avtoportret", "V.Axunov","Komil 
Yormatov" portretlarida o„z ifodasini topgan . Asardagi maromiga yetgan qalam 
tasvir, chiziqlar, kompozisiya tuzish mahorati, uni yuksak saviyali bilimidan dalolat 
beradi. Uning mazmuni kompozitsiya yechimida monumental yo„nalish asosiy 
vosita bo„lib, uyg„onish davri rassomlarining badiiy tamoyillariga asoslangan.
U mahobatli rangtasvir hamda dastgohli rangtasvir san‟ati asoslarini professor 
Andrey Andreyevich Milnikovdan o„rgandi. Keyinchalik mukammal akademik 
qalamtasvirga asoslanib, Salvador Dali, Albrext Dyurer ijodi va jahon badiiy 
meoslarini o„rganib, badiiy tafakkurni olg„a siljitgan.
Uning "Niyatga yetish", "Folbinlik", "Metamorfoza", "Ikkilanish", "Yaratuvchi 
- inson", "Ikki asos kurashi" asarlari turkumida hayotni falsafiy muammolari, 
insonning yashash uchun kurashi, undagi ma‟naviy
dunyoqarashining shakllanishi kabi masalalarni olg„a suradi. Uni tasavvurida 
Uyg„onish davri rassomlarining g„oyalari chuqur iz qoldirgan.
U Monumental san‟at asarlari, Yevropa va sharq "progressiv" ijodkorlar 
yo„nalishida bajarilgan asar sifatida bo„lajak rassomlarni monumental kompozitsiya 
tuzilishini o„rganishda asosiy dastur, vosita bo„lib xizmat qiladi.


31 
Har qanday san‟at turi insonga o„z ta‟sirini o„tkazib unda dunyoqarashini 
shakllantiradi. Tasviriy san‟at insonda hayotdagi ko„rsatgan jasoratini, fikr va ichki 
xissiyotlarini aks ettiradi.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin