2.2. Zamonaviy rangtasvirda maishiy janrning tutgan o`rni
Kartinalarda faqat tarixiy, qahramonona voqea va hodisalarnigina emas, balki
oddiy hayotni ham tasvirlash mumkin. Bunday kartinalar maishiy janr asarlari
hisoblanib, ko`pincha ular janrli rangtasvir asarlari deb yuritiladi. Asosan bu
voqealar rangtasvir polotnolarida tasvirlanadi, lekin ularni grafikada va
xaykaltaroshlikda ham uchratish mumkin.
Rassomlar tomonidan turli davrlarda yaratilgan maishiy voqealar o`sha
davrlarda yashagan odamlarning hayoti bilan tanishtiradi. Bu janr XV-XVII asrlarda
Yevropa milliy maktablarida gullab yashnadi. Bunga misol qilib P.Breygelning
"Kretyanning to`yi" kartinasini keltirish mumkin. Bu kartinada xalq bayramining
go`zal va quvnoq sahnalari o`z ifodasini topgan.
Flamand P.Rubens o`zining asarlarida qishloq bayramlarini realistik ravishda
tasvirlaydi. Golland rangtasvirchilari (G.Gerborx, Ya.Vermer) jamiyatning turli
qatlamlari hayotini mehr-muhabbat bilan tasvirlaganlar. XVIII asr Frantsuz
rassomlari A.Vatto, F.Bushe, J.B. Sharden, O.Fragonarlar ham maishiy janrda
asarlar yaratganlar.
Keyinchalik rassomlar bo`layotgan voqealarni oddiy qilib tasvirlamasdan uning
ichki mohiyatini ochib berishga harakat qila boshladilar. Jamiyat hayotiga tanqidiy
munosabatda qarash frantsuz rassomlari O.Dome, G.Kurbe va rus rangtasvirchilari
A.Venetsianov, G. Myasoyedov, V.Perov, I.Repin, P.Fedotov va sayyor rassomlar
ijodida o`z aksini topdi. Rus rassomi B. Kustodiyev o`z kartinalarida savdogarlar
hayotini turli qirralari bilan tasvirlagan.
Maishiy janr O`zbekiston rangtasvirchilarining ham kuchli jihatlaridan biri
hisobalanadi.O`zbekistonda kuchli realistik maktab tarkib topishi ajoyib
rangtasvirchilar sulolasini vujudga keltirdi.
32
Rassomlarning keksa avlod vakillaridan biri Aleksandr Volkovdir.
Dastlabki ijodiy izlanishlaridagi formalizm yo‟lidan qutulib, xayotni realistik
tasvir uslubiga qaytadi. U ko‟p asarlarida inson obrazini, yangi xayotni jozibali
ranglarda tasvirlaydi. Uning 20-30-yillarda yaratgan «Choyxonada»,
«Eski shaxar choyxonasi», «Anorli choyxona» asarlari shular jumlasidandir.
Choyxonada choy ichish, bu inson qalbini yumshatib suhbat qurish, hayot
muammolari bilan o‟rtoqlashishga, yaqin muloqotda bo‟lish uchun muhim
ma‟naviy ehtiyoj makonidir. U, shuningdek, Respublikaning yangi qurilish
ob‟ektlarida bo‟lib, «Qurilishda», «Paxta terimida», 1933-1934
yillarda «Brigada majburiyat qabul qilmoqda», «Xosil» triptix, «Sbor ekskavatora»,
«Chirchikstroy», «Tashselmash» asarlarini yaratdi. U o‟z asarlarida mehnatkash
inson hayoti, uning mehnatini, Respublikada rivojlanayotgan industriya qudratini
aks ettirdi.
O‟zbek tasviriy san‟atining siymolaridan biri Bahrom Xamdamiydir. U
1935 yilda Toshkent rassomchilik texnikumini imtiyozli diplom bilan
tamomladi. Rassom A. Volkov, M. Kurzin, O.Tatevosyan kabi ajoyib rassom
pedagoglardan ta‟lim oldi. O‟sha vaqtda tuzilgan A.Volkov raxbarligidagi ijodiy
brigadalardan biriga Bahrom Xamdamiy ham kirgan edi. Brigadada u
Tansiqboyev, N.Koraxon, A.Podkovrov, A.Toshkanboyevlar bilan do‟stlashib
Respublika bo‟ylab ijodiy safarda bo‟ldi, yig‟ilgan materiallar kelajak
ijodiga zamin yaratdi. Hayotdagi o‟zgarishlar, xalqning mexnatdagi
muvaffaqqiyatlari rassomni ijod qilishga ilhomlantirardi. Har bir kartinani
yaratishda sidqidildan, muhabbat bilan yondoshardi. 1936-38 yillarda yaratgan
«Choyxonada oqshom», «Sevimli qo‟shiq», «Tasvir to‟garagi» kabi kartinalari shu
mehnatning samarasidir. 1936 yilda bir guruh, yosh rassomlar qatori u Moskva va
Leningraddagi Davlat Tretyakov galereyasi, Pushkin nomidagi Davlat Tasviriy
san‟at muzeyi, Davlat Ermitaji, Rus muzeyida rus va G‟arbiy Evropa san‟ati
durdonalari bilan tanishishga muvaffaq bo‟ldi. Rassom 1939-yilda «Ish
tugaganda» deb atalgan kartinasini yozib tamomladi. Bu asar 1940 yil Respublika
33
ko‟rgazmasiga qo‟yildi va mutaxassislar tomonidan o‟zining badiiy jihatdan
O‟zbekiston rassomlarining maishiy mavzuda yaratgan asarlari ichida
birinchi va
eng yaxshi asar sifatida tan olindi.
Dostları ilə paylaş: |