Мавзу: Қаламтасвир фанидан амалий машғулотларни ташкил этишда академик мактабнинг аҳамияти



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/15
tarix03.06.2022
ölçüsü1,57 Mb.
#60564
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1930-1950-yillarda O’zbekiston rangtasvir sanati

  
  


38 
  
  


39 
  
  
  
 


40 
3.2. Homaki nusxa va qoralamalar asosida asar yaratish
Shunday qilib , kompozitsiyaning yaxlitligi rassomning iqtidoriga bog`liq , u 
ikkinchi darajali qismlarni asosiy elementlarga o`zaro bog`lamog`i , shuningdek
kompozitsiyada ikkinchi darajali ko`rinishlarning o`zaro mutanosibligini o`rnatib, 
asosiyga bo`ysundirishi kerak. Demak, kompozitsiyaning ikkinchi darajali 
elementlari eng asosiy “ovozini” bo`g`ib , ilgari sakrashlariga yo`l qo`ymaslik kerak. 
Har bir qism o`zining zarurligi bilan muallif g`oyasini biror yangilik tomon 
boyitmog`i zarur.
Kompozitsiyaning biror bir bo`lagini yaxlitlikka zarar yetkazmasdan olib 
tashlash yoki almashtirish mumkin emas. Shuningdek bo`laklar bir butunlikka putur 
yetkazmasdan o`zaro o`rin almashtira olmaydilar. Kompozitsiya yaxlitligiga ziyon 
keltirmasdan biror yangi elementni kiritib bo`lmaydi.
Kompozitsiyaning qonun va tuzilmalarini bilmoq-kartina ustida ishlashda 
ajralmas qurol bo`lib xizmat qiladi.
Ayrim hollarda rassom o`z g`oyasini mukammalroq yoritib berish maqsadida 
kompozitsiya qonuniyatlarini ongli ravishda buzib ishlatadi va ijodiy yutuqlarga 
erishadi.
Kompozitsiya qoidalariga quyidagilarni ajratish mumkin:
- harakat tasvirini berish (dinamika ) ;
- harakatsizlik ;
- sokinlik tasviri ( statika) ;
- oltin kesishuv (uchdan bir).
Kompozitsiya usullari ritm , simmetriya , assimetriya , kompozitsiya 
qismlarining muvozanatliligi va kompozitsion markaz ko`rinishini bo`rttirib 
ko`rsatishlarga ajratish mumkin.
Kompozitsion vositalarga o`lchov (format), kenglik , kompozitsion markaz , 
muvozanatlik , ritm , kontrast , yorug` va soya , rang amaliy bezak (dekorativnost) 
dinamika va statika , simmetriya va assimetriya , ochiq va yopiq , umumiyliklar 


41 
kiradi. Shunday qilib, kompozitsion ko`rinishlarni ifodalash uchun zarur bo`lgan 
qoidalar va usullar turli tumandir.
Izlanishlarimiz natijasida ko`plab eskizva qoralamalar ishladik. Bularni ichida
Andijon viloyatidan bo`lgan ustoz Mirzabahrom Abduvahobov o`z shogirdlariga 
kulolchilik sir asrorlarini o`rgatayotgan jarayoni e`tiborimizni tortdi. Ustozni 
dastlab, shogirdi bilan yasalgan ko`zalarga naqsh berish jarayonini eskizini ishladik. 
So`ngra, ikki shogirdi bilan xum pishirish jarayonini qoralamalar qildik. Eskiz va 
qoralamalar ko`ngildagi natijani bermadi. Shunda ustozning kulolchilik charxida 
shogirdining qo`lidan tutib ko`za yasayotgani jarayoni e`tiborimizni tortdi. Bu 
ajoyib holatni darrov qog`ozga tushurdik. Ko`zlangan jarayonni vanihoyat 
topganimizdan sevindik. Ustozning yillab qilgan mehnati orqasidan sochiga 
oralagan oqlari, yuzlaridagi ajinlari , samimiy tabassumi, qotmadan kelgan yuz 
qiyofalari, homaki tasvirdan ijodiy asar yaratish bosqichiga o`tKurs ishiga turtki 
bo`ldi. Ijodiy asar yaratish jarayonida avvalambor uning o`lchamlari nisbatini to`g`ri 
topish lozim.bizning asar ikki qiyofa bo`lganligi sababli dastlab 60x80 o`lchamdagi 
formatga eskiz bajardik. Bu holatda orqa fonga ba`zi detallar ishlash uchun format 
kichiklik qildi. Keyin esa 100x80 o`lchamni tanlab oldik. Bu holatda 
kompozitsiyamizni yanada boyitish maqsadida yana bir shogirdini orqa fonda ularni 
kuzatib turgani jarayonini tasvirladik. Uch kishilik kompozitsiya uchun ayni shu 
o`lcham munosib bo`ldi. Ijodiy asarni matoga tushurish jarayoniga o`tdik.


42 


43 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin