Мавзу: Қаламтасвир фанидан амалий машғулотларни ташкил этишда академик мактабнинг аҳамияти



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/15
tarix03.06.2022
ölçüsü1,57 Mb.
#60564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1930-1950-yillarda O’zbekiston rangtasvir sanati

  
1.2. Tasviriy san`at tur va janrlari

  
Tasviriy san`at juda qadim zamonlarda, mehnat jarayonining taraqqiyoti 
natijasida paydo bo`ldi. Mehnat jarayonida inson tafakkuri kamol topdi, go`zallik 
hissi ortdi, voqelikdagi go`zallik, qulaylik va foydalilik tushunchalari kengaydi.
Sinfiy jamiyat vujudga kelishi bilan esa ijtimoiy taraqqiyotda katta o`zgarishlar sodir 
bo`ldi. Aqliy mehnat jismoniy mehnatdan ajralib chiqa boshladi. Bu esa fan va san`at 
rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Professional san`at va san`atkorlar shu davrda 
paydo bo`ldi. Tasviriy san`at esa o`ziga xos xususiyatini, sinfiyligini namoyon etib, 
hukmron sinfning ideologiyasini targ`ib etuvchi kuchli g`oyaviy qurolga aylandi. 
Lekin shunga qaramay, omma orasidan yetishib chiqqan iste`dodli ijodkorlar 
mehnatkash xalq ommasining orzu-istaklarini, ularning go`zallik va xudbinlik
oliyjanoblik va insonparvarlik haqidagi tushunchalarini ifoda etuvchi asarlar 
yaratdilar. Xalqning turmushi, xulq va odatlari, yutuq va mag`lubiyatlari ularning 
asarlarida o`z ifodasini topdi. Har bir davrda mavjud bo`lgan ana shunday san`at 
hayot go`zalliklarini tasvirlab, odamlarda yuksak xislat va fazilatlarni kamol 
toptirdi, ularni tenglik, ozodlik, birodarlik, yorqin kelajakka intilishga da`vat etdi.
Haqiqatdan ham insoniyat yaratib qoldirgan madaniy qadriyatlar oddiy 
boyliklar bo`lib qolmay, balki o`zida inson aql-zakovati, hayot to`g`risidagi 
fikro`ylarini aks ettiruvchi ko`zgu hamdir. Jahon san`ati tarixini o`rgatish, uning 
taraqqiyot qonunlarini tushunish, nodir yodgorliklar bilan tanishish, o`tmish 
odamlarning 
his-tuyg`u, 
hayotiy 
tajribalarini 
o`rganish 
g`oyaviy-estetik 
qarashlarning shakllanishini bilish demakdir. Bu so`zsiz kishilarda hayotiy 
tajribalarning boyishiga, hayotga yanada keng va atroflicha yondoshishga yordam 
beradi.
Tasviriy san`at turlariga rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik kiradi.


15 
Rangtasvir tasviriy san`atning eng muhim turlaridan bo`lib, maxsus 
polotnolarga, devorlarga ishlanadi. Tasviriy san`at asarlarida ifodalangan maqsad va 
mazmunni ochib berishda rang muhim o`rin egallaydi.
Rangtasvir asarlari xarakteriga ko`ra monumental, dekorativ, mo`jaz,
dastgohli turlarga bo`linadi.
Monumental rangtasvir me`morchilik bilan bog`liq bo`lib, ular uylarning 
devorlarini, shiftlarini bezashda qo`llaniladi. Katta hajmda uzoqdan ko`rishga 
mo`ljallanganligi uchun bular yaxlitlashtirilgan holda ishlanadi, ranglar ham shartli 
ravishda olinadi.
Mo`jaz san`at asarlari turli mamlakatlarda, shu jumladan, O`zbekiston
hududida juda ham qadim zamondan taraqqiy etib, qadimiy qo`lyozmalarga 
ishlangan. Chunonchi. Alisher Navoiyning «Xamsa» asarlariga ishlangan rasmlar
bunga misol bo`la oladi.
Dastgohli rangtasvir asarlari keng tarqalgan bo`lib, maxsus matolar, karton, 
yog`och, romkaga tortilgan mato-xolst va shu kabilarga ishlanadi. Dastgohli 
rangtasvir moybo`yoq, guash, suvbo`yoq, tempera bo`yoqlarida maxsus dastgoh 
(molbert) larga o`rnatilib ishlanadi.
Grafika – lotincha «grafo» so`zidan olingan bo`lib, «yozaman», «chizaman» 
degan ma`noni anglatadi. Tasviriy san`atning bu turiga oddiy va rangli qalamda 
ko`mir, pastel, sangina, suvbo`yoq, guash va tushda ishlangan bezaklar, turli
plakatlar, hajviy rasmlar va hakozolar kiradi.
Haykaltaroshlik – tasviriy san`at turlaridan biri. U lotincha «skulpo» 
so`zidan olinib, qattiq materiallarga «qirqish, kesish, o`yish, taroshlash» orqali 
ishlov berish ma`nosini anglatadi. Tasviriy san`at zamonlar osha rassomlar ijodiy 
izlanishlari orqali sayqal topib bormoqda. Bunda har bir ijodkor o`z dunyoqarashi 
va istaklaridan kelib chiqqan holda turli janrlarda ijod qilib kelmoqdalar.
Portret – rangtasvir janrlari ichida eng qadimiylaridan bo`lib, kishilarning 
tashqi va ichki kechinmalarini tasvir orqali ochib beradi.


16 
Portret janrida ishlangan tasviriy san`at asarlari bizga musavvir Yashagan 
davrni,madaniyatini hamda tasvirdagi kishining ruhiyatini asarda talqin etadi.
Avtoportret – portret janrining ko`rinishlaridan biri bo`lib, musavvir o`zining
tashqi qiyofasini o`zi tasvirlaydi.
Manzara – janrdagi asarlarda borliq, tabiatdagi ko`rinishlar haqqoniy aks 
ettiriladi. Manzarada faqatgina narsa va voqealar emas, balki musavvirning ichki 
kechinmalari ham ifodalanadi. Ayrim musavvirlar vodiylarni tog`u-toshlarni 
tasvirlashga ishqiboz bo`lsalar, boshqalari dengiz manzarasini tasvirlashda 
mohirdirlar.
Manzara janrida musavvirlardan O`.Tansiqboyevning «O`zbekistonda mart»,
«Jonajon o`lka», «Mening qo`shig`im», N. Kashinaning «Tog`da bahor», Z. 
Inog`omovning «Arpa o`rimi», «Choyga», R. Temurovning «Bibixonimda bahor», 
«Ulug`bek madrasasi» asarlari mualliflarga shuhrat keltirdi.
Natyurmort – fransuzcha so`z bo`lib, «jonsiz tabiat» degan ma`noni 
anglatadi. Bu janrda musavvir asosan insonni o`rab turgan atrof muhitdagi narsalar, 
turmushda qo`llanadigan buyumlar, oziq- ovqat mahsulotlari, gullar, meva va 
boshqalarni tasvirlaydi. U o`z asarida tevarak-atrofdagi narsalarni tasvirlash
orqali uning xarakterli xususiyatlarini, voqea qaysi davrda ro`y berayotganligini 
ham ko`rsata oladi.
Tarixiy janrda ishlangan suratlar orqali biz uzoq o`tmishda bo`lib o`tgan voqea-
hodisalar, tarixiy shaxslar, xalqlarning turmush madaniyati bilan tanishamiz. Tarixiy
janrning ko`rinishlaridan biri jang (botal) manzaralaridir.
Botal janr – «botal» fransuzcha so`z bo`lib, «jang», «urush» ma`nosini 
bildiradi. U jang manzaralarini o`zida aks ettiradi. Bu janrda jang va harbiy yurishlar 
manzarasi asosiy o`rinni egallaydi. Botalist – rassomlarning asarlarida jangchi 
obrazi, uning qahramonligi, mardligi jasorati hamda o`z ona Vataniga bo`lgan 
cheksiz muhabbati ifodalanadi. Leonardo da Vinchi,M.B. Grekov, G.K.Saviskiy, 
A.A.Deyneka, V.V.Volkov va boshqalar ana shunday musavvirlardandir.
Animalistik – janr o`zgacha tasviriy san`at turidir. U lotincha


17 
«anima», «hayvonot olami» degan ma`noni bildiradi. Animalistik rassom hayvonot 
dunyosiga zo`r qiziqish, sevgi va mahorat bilan yondoshadi.
Hayvonot dunyosi ibtidoiy odamlar hayotida kata ahamiyatga ega bo`lgan. 
O`sha davrda ular g`orlarning devorlariga kiyik, qo`tos, mamontlarning suratlarini 
chizganlar.
Qadimgi Yaponiya va Xitoyda hayvonlarning tasvirlari dekorativ naqshlar 
tuzishda hamda monumental kompozitsiyalar yaratishda asosiy hisoblangan.
XVI asrga kelib hayvonot olami anatomiyasini buyuk musavvirlar Leonardo da 
Vinchi va A. Dyurerlar ishladilar.
Keksa haykaltarosh va grafik musavvir V.A. Vatagin o`zining asarlarida to`rt 
oyoqli do`stlarini haqqoniy va ishonchli tasvirlaydi.
Mashg`ulot rahbari o`quvchilarga nazariy bilim berish jarayonida mazmuniy
to`liq ochib berishi uchun jonli nutq orqali so`zlash bilan birga musavvirlar 
asarlaridan surat – lavhalar, adabiyotlar, kino va diafilmlar va slaydalardan unumli 
foydalanishi maqsadga muvofiqdir.
Maishiy janr. tasviriy san`atda bu janrdagi asarlar kishilarning kundalik 
hayotini, turli voqealarni o`zida mujassamlashtiradi. Aksariyat rangtasvirda aks 
etuvchi maishiy janr ilk bor XVII asrda yashab ijod etgan Golland rassomlariPiter 
de Xox, Ostade, Sten, Terborx, Vermer kabilar ijodida namoyon bo`ladi.
Realistik rassomlardan P.Fedotov, V.Perov, V.Maksimov, V. Makovskiy, 
K.Saviskiy, I. Repin kabilar maishiy janrning taraqqiyotiga katta hissa qo`shdilar. 
O`zbek rassomlaridan R. Ahmedov, M. Saidov, Z.Inog`omov, R. Choriyev, G`.
Abdurahmonovlar ham shu janrda barakali ijod etib keldilar.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin