8
I – bob. 1930-1950-yillarda O’zbekiston rangtasvir san'atini rivojlanishi
1.1. Tasviriy san`atning o`ziga xos tarixi
Jahon san‟ati va madaniyatining rivojlanishi o„zining qadimiy tarixiga ega.
Shuni ta‟kidlab o„tish kerakki, O„rta Osiyo va O„zbekiston xalqlarini o„tmishda
qoldirgan boy madaniy va estetik merosiga qaramay, tarixiy ob'yektiv sharoitlar
sababli realistik tasvir san‟ati o„z shaklini topmay qolgan edi.
XIX asr 60-yillari O„rta Osiyoga, Rus ilg„or realistik san‟ati o„z ta‟sirini
ko„rsata boshladi. Tashrif buyurgan rassomlar o„z asarlarida oddiy xalq va tabiatni
tasvirladilar .
Turkistonda birinchi bo„lib ijod qilgan rassomlar ichida "Turkiston turkumi"
suratlarini yaratgan ijodkor Vasiliy Vasilevich Vereshagin hayotni kuzatuvchisi
sifatida etnografik hayot tarzini chuqur o„rganib, etyud va eskizlar bajarish
natijasida har xil mavzuda asarlar yaratdi. Uning "Balog„atga yetmagan bola
savdosi", "Zindon", "Nashavandlar" kabi asarlari shular jumlasidandir.
Uning tarixiy janrda yaratgan eng katta asari "Tantana qilmoqdalar", deb
nomlanadi. Registon maydonida bo„lib o„tayotgan bu marosimda Mustaqillikka
qarshi yurish qilgan kuchlar ustidan qozonilgan g„alaba tantanasi o„z ifodasini
topgan.
Kompozisiya jihatidan ko„p figurali, ko„p planli bu asarda oddiy fuqaro,
darveshlar, otda yuzboshi sarbozlar, ularni bo„lib o„tayotgan tantanaga psixologik
munosobatlari, milliy liboslari aks etgan quyoshning yorug„ shu‟lasida Samarqand
tabiati iliq gammada tasvirlab berilgan.
O„zbekiston zamonaviy realistlik tasviriy san‟atiga asosan XX asr boshlarida
O„zbekistonga kelgan rus rassomlari tomonidan asos solindi. Birinchilar qatorida
Mixail Ivanovich Kruzin, Lev Leonardovich Bure, Ivan Semyonovich Kazakov,
Abduqodir Yusupov, Nikolay Ryazanov kabi rassomlarni aytish mumkin.
9
1918-yili Samarqandda, 1919 yilda Toshkentda Turkiston O„lka rassomchilik
maktabi tashkil topdi, boshqa rassomlar qatorida Aleksandr Nikolayevich Volkov
yoshlarga dars berdi. Samarqandda esa Oganes Tatevostyan rahbarlik qildi.
Oganes Tatevostyan rassom sifatida 20-yillarda tanildi. U o„zini manzara,
natryumort, portret, maishiy janrlarda sinab ko„radi va asarlarida sharqni o„ziga
talqin qildi.
Keyinchalik u natyurmort ustasi professor sifatida tanildi va 1954-57 yillarda
yosh rassomlarga dars berdi.
Rus demokrat rassomlardan Ilya Efimovich Repinning shogirdi N.Rozanov
1924 yili san‟at muzeyi qoshida birinchi bo„lib tasviriy san‟at studiyasini tashkil
etdi. Bu milliy studiyada o„zbek rassomlari X.Valiyev, Z.Saidnosirov,
A.Toshkenboyev, O„rol Tansiqboyev va boshqalar birinchi bo„lib saboq olishdi.
Nikolay Rozanov kabi Ivan Kazakov ham rus realistik san‟atini asoslarini
yoshlarga o„rgatdi.
Realistik san‟at bilan bir qatorda Petrov-Vodkin, Nikolay Kuznesov, Aleksandr
Volkov kabi bir necha rassomlar formalistik yo„nalishga burilib ketdilar.
Bu yo„nalishni amalga oshirganlardan biri Aleksandr Volkovdir. Uning "Anorli
choyxona", "Karvon", "Sandal oldidagi o„yinchi" kabi asarlari 1924-yil Toshkentda,
Moskvada shaxsiy ko„rgazmalarida namoyish etildi.
Jamoatchilik tomonidan tanqidga uchragandan keyin realistik yo„nalish qaror
topdi. Volkov "Anorli choyxona " asaridan keyin ijodida burilish yasadi.
U o„z esdaliklarida realizm yo„li inson obrazini yaratishda to„g„ri yo„lligini
ta‟kidladi.
Avtoportret, Rafiqasi portreti, “Kolxozchi”, “Paxta terimi”, "Bayram"
asarlarida realizm yo„li namoyon bo„ldi.
Alesksandr Volkov bahor marosimlari - sayl, lola terish, to„y, hosil
bayramlarini quvonchli ranglarda ifodaladi.
"Karvon" asarida tuyani uchburchak shaklidagi ayol va bosh harakati arra
g„ildiraklarini g„ildirash tovushlari bilan bog„lanib, bir rang spektri
10
kompozisiyasiga aylangan "Uchta so„zana" asarida shartli geometrik figura qizil,
ko„k, oxra, sariq rangli shakllarni bir-biriga tutashishi musiqa ohanglarini eslatadi.
Shu davrda portret va tarixiy mavzuda O„rol Tansiqboyev, Usta Mo„min
(Nikolayev), Vladimir Ufimsev, Mixail Arinin kabi rassomlar ijod qilishdi.
Keyinchalik, 1960- yildan boshlab O„rol Tansiqboyev ijodida manzara janri
gullab rivojlandi. U o„ziga xos usulda manzara kompozisiya maktabini yaratdi.
Uning "Issiq ko„l", "Ona o„lka", "Tog„da kuz" kabi ko„plab asarlari san‟at
muzeyining oltin fondidan joy olgan.
Peterburg Badiiy akademiyasida ta‟lim olgan Pavel Petrovich Benkov 1928yili
birinchi marta O„zbekistonga keldi. Bu diyor o„zini betakror go„zalligi bilan uni
o„ziga maftun etgan edi.
Shu vaqtda u Buxoroda bo„lib, "Buxoro bozori", "Chor minor masjidi", "Xovuz
labidagi choyxona", "Uzum bozori", "Usti yopiq bozor" kabi manzaralarni yaratdi.
Rassom 1930 yili Xiva, keyin Samarqandga keldi. Bu ajoyib o„lkani tabiati,
hayoti, odamlari yangi ijodga ilhomlantirdi. Tez orada u qozon shahridan
Samarqandga ko„chib kelib ijodini ikkinchi yangi bosqichini boshladi.
Rassom shahar tor ko„chalarini kezib, machit-madrasalarga, xonadonlarga
kirdi, bozordagi shovqin-suron, savdo-sotiq bilan band, ranglariga boy libosdagi
odamlar hayotini erinmay soatlab kuzatdi. Ularni quyosh nurida toblangan
chehralarini mashaqqatli mehnat evaziga yetishtirilgan meva, noz-ne‟matlarning
rang-barangligi uning ko„zini qamashtirdi, yangi ijodga ilhom bag„ishladi.
U ilk bor "Xivali qiz" suratini yaratdi. Peshin payti, charog„on quyosh nuriga
g„arq cho„milgan Xiva hovlilarining birida o„smir qiz charx yigirib o„tiribdi.
Uning egnida guldor ko„ylak , boshida chiroyli do`ppisi. Ko„zlarini diqqat
bilan boqishi, boshini sal egilganligi, qo„llarining harakati, uning berilib
ishlayotganidan dalolat berib turibdi. Surat bo„yoqlarining yorqinligi, uni erkin
uslubda ishlaganligi tufayli, asardagi milliy koloritni yanada chuqur his etamiz..
11
Bu asarni o„zbek tasviriy san‟atida birinchi realistik ijod namunasi deyish
mumkin. O„z paytida u Tretyakov davlat gallereyasining doimiy ekspozitsiyasidan
o„rin olgan edi.
Rassom 30-yillarda katta tematik suratlar ishlash uchun etyudlar, xomaki
chizgilar sifatida badiiy materiallar to„pladi.
Uning "Hujum" nomli pillakashlik fabrikasi, "Registonda 8 mart" polotlonalari
shular jumlasidandir. U o„z ustozlari Dmitriy Nikolayevich Kardovskiy, Ilya
Repindan o„rgangan hayotni chuqur aks ettirish, badiiy obrazlar yaratish
an‟analarini davom ettirib o„ziga xos ranglar "palitra"sini yaratdi. "Uzum uzish"
yoki "Dugonalar" kartinasida ko„p millatli vatanimizda xalqlar do„stligi g„oyasi
obrazi ochib berilgan. Janubning sahiy quyoshi, go„zal farovon turmushi asar
kompozisiyasida mohirona aks ettirilgan.
Qalin novda va barglari orasidan tushgan quyosh nurlaridan pishib yetilgan
uzum bog„lari manzarasi fonida ikki qiz tasvirlangan. Biri o„zbek, ikkinchisi rus
qizi, ular kompozisiya ma‟naviy markazini tashkil etadi.
Asarning personajlari, zavq bilan tomosha qilayotgan, qizlar ham, bolalar ham
keksa bog„bon ham bir oila a‟zolaridek ko„rinadi.
Tasvir yorqin bo„yoqlarda ishlangan, unda havo ko„p bo„lib, serquyosh
O„zbekistonning go„zal tabiati juda nafis ranglarda aks ettirilgan.
Pavel Benkov, hayotni ko„p ko„rgan, yoshi ulug„ odamlar suratini chizishni
yoqtirardi. Uning eng yaxshi yaratilgan asarlaridan biri "Ilg„or kolxozchi portreti"
edi. Unda sochlariga oq oralagan, mehnatdan chiniqqan insonning obrazi aks
ettirilgan.
Portret iliq gammada ishlangan bo„lib, ayni ijod pallasini aks ettirgan.
Samarqandda o„tgan hayoti tematik kompozisiyalar, maishiy kartina va portretlarga
boy bo„ldi. Lekin manzara ishlashni ham kanda qilmas edi.
U o„zining 20 yillik ijodida "Bibixonimda bahor", "Bahor", "Shaftoli gulladi",
"Tokzorli hovli", "Kuzdagi hovli" kabi manzaralarini yaratdi. Biz yuqorida ko„rib
12
chiqqan asarlardan Pavel Benkovning naqadar kuchli rassom bo„lganligiga iqror
bo„lKurs ishi mumkin.
Uning ijodi pedagogik faoliyat bilan chambarchas bog„langan. U Samarqand
rassomchilik bilim yurtida umrini oxirigacha yoshlarga saboq berdi, tasviriy san‟at
sirlarini o„rgatdi. U ajoyib ijodkor yoshlarni tarbiyaladi.
Shular orasida O„zbekiston xalq rassomlari Lutfulla Abdullayev, Malik
Nabiyev, Abdulxaq Abdullayev, Zinaida Kovaleskaya, O„zbekistonda xizmat
ko„rsatgan arboblari - rassomlar Yusuf Yelizarov, Rashid Temurov va boshqalarni
misol keltirish mumkin.
Uning pedagogik mahoratining siri, yuqori darajali qobiliyati, chuqur bilimida,
yoshlarga bo„lgan mehrida edi. U o„z o„quvchilariga kundalik hayotni sevish uni
go„zalligini ko„ra bilish va bu go„zallikni o„z asarlarida aks ettirishni uqtirar edi.
Naturani to„g„ri anglab chizishni, fikr yurgizishni, xotiradan chizish, tasavvurini
kuchaytirishni doim talab qilar edi. Muntazam ravishda naturadan soya-yorug„
ranglarini o„zgarishini chizib ko„rsatar edi.
Benkov yoshlarda san‟atga bo„lgan ijodiy qobiliyatini uyg„otish kabi muhim
qimmatli fazilatlarga ega edi. Samarqandda rassomchilik bilim yurti shakllanishida
Benkov o„z tajriba, bilimini ayamadi.
1936 yili Leningraddagi sobiq ittifoq ko„rgazmasida Benkov va uning
o„quvchilarining ijodi namunalari yuqori baholar oldi.
Bu ajoyib inson, o„z asarlari kabi yorug„, sahovatli edi. Shu yillar Respublika
rassomchilik maktabini Bahrom Xamdamiy, bilim yurtlarini A.Toshkenboyev,
L.Abdullayev, A.Roziqovalar, Moskva, Leningrad, Penza bilim yurtlarini
I.Ikromov, A.Siddiqiy, O'rol Tansiqboyevlar tamomlab ijodga yo„llanma oldilar.
Ularning ijodiy mahorati Siddiqiyning "To„y (1932)", Bahrom Xamdamiyning,
L.Abdullayevning "Paxta terimi (1931)", Roziqovning
"Maktabga(1932)" asarlarida namoyon bo„ldi.
Akram Siddiqiyning "To„y" kartinasi katta gulli so„zana fonida kontrast
ranglarda, kompozisiya tuzilishi amaliy san‟at yo„lida tasvilangan. U o„zbek xalq
13
amaliy san‟atini yaxshi o„rgangan edi. Realistik san‟at yo„lidagi bu asarlarning
yaratilishi Respublika badiiy hayotida muhim voqea bo„ldi.
Ijodiy izlanishi Akram Siddiqiyga yaqin bo„lgan O„rol Tansiqboyev yorqin
ranglar tizimida "Choyxona" (1934) kartinasini yaratdi. Bahrom Hamdamiyning
tengdoshi rassom A.Toshkenboyev mehnat, kundalik hayot voqealari mavzusidagi
asarlar yaratdi. 1934-yili ularni yaratgan kompozitsiya asarlari ko„rgazmada yaxshi
baholandi. Pavel Benkov bilan Samarqand rassomchilik maktabida yoshlarga dars
bergan Zinaida Kovalevskaya "Teatr lojasida" nomli ajoyib asarini yaratdi. Teatr
loyihasida o„tirgan o„zbek qizlarni nigohlarida hayajon, go„zallik his tuyg„ularini
ko„ramiz.
Orqada e‟tibor bilan kuzatayotgan keksa erkak va ayolni xotirjam qarashlari,
qo„l harakatlari lirik holatini ko„rish mumkin .
Rang tasvir kompozitsiya jihatidan o„ziga xos milliy koloritda ifoda etilgan.
Pavel Benkov, Aleksandr Volkov qo„lida o„qigan Bahrom Xamdamiy,
A.Toshkenboyev, A.Roziqovlar o„z ustozlarini yaxshi an‟analarini davom ettirdilar,
mazmun g„oyalarini kengaytirdilar. Ayniqsa, Samarqand rassomchilik bilim yurtini
bitirgan Lutfulla Abdullayev dastlabki "Paxta terimi" kartinasi bilan tomoshanbin va
san‟atshunoslar fikrini qaratgan bo„lsa, keyinchalik yetuk rassom sifatida murakkab
kompozisiya asarlarini yaratdi. Ayniqsa ,"Yosh shoir huzurida" kartinasida
kompozisiya ustasi ekanligini isbotladi.
Yigit va qizlar yosh shoirning she‟rlarini eshitmoqda. Zamonaviy xonada shoir
gavdasining aniq tasviri kompozisiya markazini tashkil etdi. Shoir qo„lini ko'tarib
tantanali hayajon bilan she‟r misralarini o„qimoqda. Yoshlarning bilimga
chanqoqligi, mehnatga mehr bilan intilishi ifodalangan.
Uning "Mulla To„ychi Toshmuxamedov" portreti, "Frontdan qaytish", "Qo„riq
yer ochuvchilar", Malik Nabiyev, S.Muxamedov, X.Raxmonovlar bilan
hamkorlikda yaratilgan "poyafzalchi Ubay Raxmatullayev brigadasi" asari eng
yaxshi san‟ati asari sifatida O„zbekiston Davlat san‟at muzeyida saqlanmoqda.
Yuqorida qayd etib o„tilgan rassomlar 50-yillarda Toshkentdagi Benkov nomli
14
rassomchilik bilim yurtida yoshlarga dars berdilar, rasm chizish va kompozitsiya
asari yaratishni o„rgatadilar .
Dostları ilə paylaş: |