Xulosa…………………………………………………………………………….40
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………42
Internet ma`lumotlari………………………………………………………….. 43
Ilovalar……………………………………………………………………………44
3
Kirish.
Mamlakatimizda istiqbolli yoshlarni qo`llab-quvvatlash, ularning iqtidorini
ro`yobga chiqarish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini samarali yo`lga qo`yish
uchun qo`shimcha shart-sharoitlar yaratish borasida izchil chora-tadbirlar amalga
oshirib kelinmoqda.
Shu bilan birga, ulg`ayib kelayotgan yosh avlodning ilm egallashga bo`lgan
ishtiyoqi va intellektual salohiyatini oshirish, shuningdek, xalqaro maydonda
mamlakatimizning nufuzini yanada yuksaltirish uchun iqtidorli yoshlarni aniqlash
va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini takomillashtirish
zarurati mavjud.
Shu sababli, yoshlarni amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga
aylantirish, ilm-fanni o`zlashtirishga bo`lgan rag`batini oshirish, izlanuvchanlik va
yaratuvchanlik faoliyatiga keng jalb qilish, jahon miqyosida Vatanimiz dovrug`ini
keng taratgan ajdodlarga munosib avlodni tarbiyalash maqsadida " Iqtidorli
yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini
tashkil etish choratadbirlari to`g`risida" gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining
2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qarori e`lon qilindi.
1
Buni esa 1997-yilda qabul qilingan " Ta‟lim to„g„risidagi " qonun va "Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi" ning izchil davomi deya e`tirof etKurs ishi mumkin.
Mamlakatimiz kelajagi
bevosita
kadrlar tayyorlashga bog„liqdir.
Yangicha fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarga ega bo„lgan barkamol avlodni
tarbiyalash, tashkilotchi va zukko kadrlarga ega bo„lish uchun, ta‟lim-tarbiya
tizimini tubdan o„zgartirish, uni davr talabi darajasiga ko„tarish, jamiyatimizning,
har birimizning oldimizdagi eng muhim vazifalardan biri bo„lmog„i lozim.
Darhaqiqat, bugun xalqaro hayot, kishilik taraqqiyoti shunday bosqichga kirganki
unda harbiy qudrat emas, balki intelektual salohiyat, aql-idrok, fikr ilg„or
texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Endilikda har qaysi davlat, har qaysi
1
“Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish choratadbirlari
to`g`risida” gi PQ-4306-son . 2019 yil . 3- may.
4
millat, birinchi navbatda, o„zining yuksak madaniyat va ma‟naviyati bilan kuchlidir.
"Kuch-bilim va tafakkurdadir."- degan edi O’zbekiston Respublikasining Birinchi
Prezidenti Islom Karimov.
2018-yilda ilk bor xalqaro tajribalar asosida oliy ta`lim muassasalarining milliy
reytingi yaratildi, ta`lim va ilmiy tadqiqot jarayonlari tahlil qilindi.
Mazkur tahlil sohada qator muammo hamda kamchiliklar borligini ko`rsatdi.
Prezidentimizning 2018-yil 5-iyundagi "Oliy ta`lim muassasalarida ta `lim
sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli
islohotlarda faol ishtirokini ta`minlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar
to`g`risida"gi qarori oliy ta`lim tizimidagi mavjud muammolarni bartaraf etish ,
ta`lim sifatini yanada yuksaltirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Mazkur
hujjatga ko`ra, oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tasarrufida oliy ta`lim
muassasalari bo`lgan vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda 2019 yil 1 martga
qadar 2019/2020 o`quv yilidan boshlab oliy ta`lim muassasalarida "talabaning
o`zlashtirish darajasi-professor-o`qituvchilar faoliyatini baxolashning asosiy
mezoni" tamoyilini joriy qilishning aniq mexanizmlarini belgilash bo`yicha tegishli
chora-tadbirlarni ko`rish vazifasi topshirildi. Ushbu chora-tadbirlarni amalga tadbiq
etish, oliy ta`limda bilim olayotgan talaba yoshlar bilim darajasini oshirish, sifatli
ta`lim jarayonini ta`minlashga qaratilgan.
2
Ilm-fan, madaniyat va ma‟rifat har qanday mamlakatni yuksaklikka ko„taradi,
uni taraqqiyotini ta‟minlaydi. Madaniyat va san`at sohasini yanada rivojlantirish
maqsadida 2018-yil 25-iyunda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
"O`zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi huzuridagi badiiy ekspertlar
kengashi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash to`g`risida" gi 474-sonli qarori imzolandi.
Bu esa yurtimizda san`atga bo`lgan e`tiborning nechog`lik yuksakligidan dalolat.
Hozirgi zamon san‟ati rivojlanishi, rassomlarning ijodiy izlanishi, yangi
mazmunli ijodiy asarlar yaratish ustida izlanishlar olib borishi, dunyoqarashini
2
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 28-dekabrdagi O`zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisga Murojaatnomasi
5
boyitib borishi va insonlarning ma‟naviy-ma‟rifiy talablarini qondirishiga
bog„liqdir. Shuning uchun kartina kompozisiyasi yechimi, murakkab ruhiy holatini
topish, rassomdan kundalik hayotdagi go„zallikni aks ettirish muammolarini,
zamondoshlarning ichki histuyg„ularini sezishni, to„g„ri, chuqur tasavvur etishni
talab qiladi.
Rassomlar zimmasiga o„z asarlarida badiiy obrazlarni yaratish, vositalarni
boyitish, taraqqiy etgan jahon ilg„or rassomlari tajribalari bilan dunyoqarashlari
ko„lamini kengaytirish kabi ma‟suliyatlar qo„yilgan.
XX asr 90-yillarining ikkinchi yarmida tasviriy san‟atda maishiy janr
rivojlanishi muhim hodisa bo„ldi.
O„zbek tasviriy san‟atini dastlabki rivojlanishi bosqichida rassomlar asarlarni
manzara shaklida tasvirladi. Ularni sharqona hayot, yodgorlik, obidalar, g„ala-
g„ovur bozor hayoti, choyxonada hordiq chiqarayotgan rang-barang liboslardagi
odamlar qiziqtiradi.
Xalqning yangi turmush-tarzi, qishloq hayoti, paxta dalalaridagi mehnat
jarayoni, o„zbek rassomlarining asosiy mavzusi bo„lib qoldi.
Jumladan, ko‟rgazmalarda O`.Tansiqboev, A.Toshkenbayev, B.Xamdamiy,
L.Abdullaev va A.Roziqovlar qatnasha boshladilar. Yangi nomlar paydo bo‟ldi,
rassomlar tomonidan asarlarning saviyasi o‟sib, ijodlari rivojlana bordi.
Rassomlarni ko‟p figurali kompozitsion tasvir va rang vositalari qiziqtirdi. Shu
tariqa 20-30-yillarda O‟zbekistonda maishiy janr shakllanib, rivojlandi. Ana shu
davrda Samarqandlik rassom L.Bure, o‟zining ijodiy va pedagogik faoliyatini
boshladi. Uning dastlabki kompozitsiyalari «Tandir quruvchilar», «Buxoroda Nodir
Devonbegi xavuz suv tashuvchilari» bo‟lsa, 1930-yillarda «Maktab qurilishi»,
«Paxta terimi» kabi asarlar yaratdi. Sxematik chizgi tasvirlarda nuqsonlar mavjud,
lekin taxminiy ranglar ifodasi kartinani hayotiy etib ko‟rsatadi.
O„zbekiston tasviriy san‟ati hozirgi bosqichda "professionalizm"- mahorat
jihatidan o„zining yuqori mavqeiga ega bo„ldi.
6
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda talabalar va yosh rassomlarga maishiy
janr va uning rivojlanish tarixi haqida kerakli ilmiy ma`lumotlarni, hamda, amaliy
ko`nikmalarni berish maqsadida bitiruv Kurs ishi Kurs ishi mavzusini
“ Rangtasvirda maishiy janr va uni takomillashtirish masalalari” – deb belgilab
oldik.
Bitiruv Kurs ishi Kurs ishida maishiy janr va uning tarixi, uning o`ziga xos
tomonlari haqidagi tajribalarni to`plash va ular asosida uni takomillashtirish
yuzasidan zaruriy ilmiy ma`lumotlarni yosh rassomlarga yetkazish m a v z u n i n
Dostları ilə paylaş: |