2.3. Maishiy janrni takomillashtirish muammolari O`zbek tasviriy san'atidagi maishiy janrni eng avvalo rassomlardan L.Bure,
A.Isupov, O.Tatevosyan, A.Volkov, I.Kazakov va boshqa rassomlar rivojlantirdilar.
Maishiy janrda yaratilgan rangtasvir asarlarida o`zbek xalqining hayoti o`ziga xos
tarzda tasvirlangan.
Ayniqsa rassom A.Volkov o`z asarlarida milliylik va milliy an'analarni juda
katta ehtirom bilan tasvirlagan. Uning asarlaridan "Qizil choyxona", "Choy", "Eski
shahar choyxonasi", "Sandalda" kabi asarlari g`oyat go`zal yaratilgan.
Yana bir rassom P.Benkov o`z asarlarida o`zbek xalqining hayotini yangi
qirralarini ochib berishga harakat qildi. Uning "Buxoro bozori", "Ko`cha arizachisi",
"Uzum bozori", "Sabzavot bozori" kabi asarlari o`zida sharq xalqlari hayoti, odamlar
harakatining turli-tuman ritmini, milliy kiyimlarning go`zalligini, bozorlarning
to`kin-sochinligini aks ettirgan.
Rassomlardan M.Nabiyev, T.Oganesov, M.Saidov, R.Axmedov, B.Boboyev,
V.Burmakin, J.Izentoyev. A.Ikromjonov, Yu.Taldikin, R.Xudoyberganovlar ham
janrli kartina yaratish soxasida mehnat qildilar.
Keyingi davrlarda maishiy, tarixiy va batal janrlari orasidagi chegaralar
yo`qolib ketdi. XX asr maishiy janrining rivojlanishi murakkab va turli-tuman
yo`ldan ketdi.Bu davr kartinalariga psixologik nyuanslar va o`zgaruvchan voqealar
xosdir. Kartinalarda simvolik mazmun ham ochib berilgan (P.Gogen, V.Borisov -
Musatov, K.Petrov - Vodkin) shu bilan birga oddiy hayotiy voqealar ham bo`rttirib,
qahramonona ko`rinishda beriladi. (B.Ioganson, A.Deyneka, A.Plastov).
Maishiy va tarixiy janrlarda personajlarning o`zaro aloqasi juda muhim bo`lib,
obrazlar rang yordamida yaratiladi. Biz avvalo kartinaning syujetiga, nima
tasvirlaganiga e'tibor beramiz, keyin esa uning bo`yoqlari, qanday ishlangani va
34
ishlanish uslubiga e'tiborni qaratamiz. Chunki kartinaning kayfiyati, elyutsional
ta'siri undagi ranglarning qanday tanlanganiga bog`liq. Kartinaning koloriti quvnoq
va g`amgin, tinch va qayg`uli, sirli va aniq bo`lishi mumkin.