3.3. Badiiy asarning o`ziga xos jihatlari Simmetrik kompozitsiyalarning barcha qismlari o`zaro tenglashtirilgan,
asimmetrik kompozitsiyada esa tenglashtirilgan va tenglashtirilmagan holatlarda
bo`lishi mumkin. Katta yorug` dog`ni kichik to`q rang bilan tenglashtirish mumkin.
O`lchov jihatidan kichik bo`lgan bir necha dog`larni katta dog` bilan tenglashtirish
mumkin. Talaygina tenglashtirish usullari mavjud. Ular qism kattaliklari , tuslar va
ranglar yordamida tenglashtiriladi. Tenglashtirish u yerdagi ishtirok etayotgan
qomatlar va ular orasidagi masofalarga ham aloqadordir. Maxsus mashqlar orqali
o`z kompozitsiyalarimizda muvozanatni , katta –kichik balandliklarni , yorug` va
to`q , turli siluet va rang dog`larini his etib o`zaro tenglashtirishni o`rganib olamiz
Assimetriyali kompozitsiyalarda , ba`zida tenglik mutlaqo bo`lmaydi, chunki
fikrlash markazi kartina qig`og`ida joylashgan bo`lishi mumkin. Chizmatasvirning
oynadagi aksini ko`rganda bizning fikrimiz o`zgaradi. Bu ko`rinishning o`ziga
xosligi va uni kompozitsiyada tenglik qidirayotganda hisobga olmoq zarur.
Kompozitsiya qonun-qoidalari, usullari rassomlarning boy tajribalari va ijodiy
mahoratiga asoslangan. Albatta kompozitsiya yaratish texnologiyasi joyida turgani
yo`q, u doim rivojlanishda bo`lib, rassomlar ijodiy amaliyoti bilan yanada boyib
bormoqda. Biz ham kompozitsiya ishlash jarayonida kompozitsiya markazini to`g`ri
joylashtirish maqsadida, kulol va uning shogirdini o`rtaga joylashtirdik. Kulolning
gavda tuzilishi shogirdining gavdasiga nisbatan kattaroq bo`lganligi sababli
kompozitsiya muvozanatini saqlash uchun yana bir shogirdi ularni kuzatib turgani
jarayonini qo`shib tasvirlashni lozim topdik. Ayniqsa, ustozni shogirdining qo`lidan
tutib unga mehr bilan o`rgatayotgani juda ta`sirli hodisa bo`ldi.
Kompozitsiyaning ayrim usullari mumtozlikka aylanib bormoqda, ularning
o`rinlariga yangilari kelmoqda, hayot esa ular oldiga yangi maqsad va vazifalar
qo`ymoqda.