40
3.2. Homaki nusxa va qoralamalar asosida asar yaratish
Shunday qilib , kompozitsiyaning yaxlitligi rassomning iqtidoriga bog`liq , u
ikkinchi darajali qismlarni asosiy elementlarga o`zaro bog`lamog`i ,
shuningdek,
kompozitsiyada ikkinchi darajali ko`rinishlarning o`zaro mutanosibligini o`rnatib,
asosiyga bo`ysundirishi kerak. Demak, kompozitsiyaning ikkinchi darajali
elementlari eng asosiy “ovozini” bo`g`ib , ilgari sakrashlariga yo`l qo`ymaslik kerak.
Har bir qism o`zining zarurligi bilan muallif g`oyasini biror yangilik tomon
boyitmog`i zarur.
Kompozitsiyaning biror bir bo`lagini yaxlitlikka
zarar yetkazmasdan olib
tashlash yoki almashtirish mumkin emas. Shuningdek bo`laklar bir butunlikka putur
yetkazmasdan o`zaro o`rin almashtira olmaydilar. Kompozitsiya yaxlitligiga ziyon
keltirmasdan biror yangi elementni kiritib bo`lmaydi.
Kompozitsiyaning qonun va tuzilmalarini bilmoq-kartina ustida ishlashda
ajralmas qurol bo`lib xizmat qiladi.
Ayrim hollarda rassom o`z g`oyasini mukammalroq yoritib berish maqsadida
kompozitsiya qonuniyatlarini ongli ravishda buzib ishlatadi va ijodiy yutuqlarga
erishadi.
Kompozitsiya qoidalariga quyidagilarni ajratish mumkin:
- harakat tasvirini berish (dinamika ) ;
- harakatsizlik ;
- sokinlik tasviri ( statika) ;
- oltin kesishuv (uchdan bir).
Kompozitsiya
usullari ritm , simmetriya , assimetriya ,
kompozitsiya
qismlarining muvozanatliligi va kompozitsion markaz ko`rinishini bo`rttirib
ko`rsatishlarga ajratish mumkin.
Kompozitsion vositalarga o`lchov (format), kenglik , kompozitsion markaz ,
muvozanatlik , ritm , kontrast , yorug` va soya , rang amaliy bezak (dekorativnost)
dinamika
va statika , simmetriya va assimetriya , ochiq va yopiq , umumiyliklar
41
kiradi.
Shunday qilib, kompozitsion ko`rinishlarni ifodalash uchun zarur bo`lgan
qoidalar va usullar turli tumandir.
Izlanishlarimiz natijasida ko`plab eskizva qoralamalar ishladik. Bularni ichida
Andijon viloyatidan bo`lgan ustoz Mirzabahrom Abduvahobov o`z shogirdlariga
kulolchilik sir asrorlarini o`rgatayotgan jarayoni e`tiborimizni tortdi. Ustozni
dastlab, shogirdi bilan yasalgan ko`zalarga naqsh berish jarayonini eskizini ishladik.
So`ngra, ikki shogirdi bilan xum pishirish jarayonini qoralamalar qildik.
Eskiz va
qoralamalar ko`ngildagi natijani bermadi. Shunda ustozning kulolchilik charxida
shogirdining qo`lidan tutib ko`za yasayotgani jarayoni e`tiborimizni tortdi. Bu
ajoyib holatni darrov qog`ozga tushurdik. Ko`zlangan jarayonni vanihoyat
topganimizdan sevindik. Ustozning yillab qilgan
mehnati orqasidan sochiga
oralagan oqlari, yuzlaridagi ajinlari , samimiy tabassumi,
qotmadan kelgan yuz
qiyofalari, homaki tasvirdan ijodiy asar yaratish bosqichiga o`tKurs ishiga turtki
bo`ldi. Ijodiy asar yaratish jarayonida avvalambor uning o`lchamlari nisbatini to`g`ri
topish lozim.bizning asar ikki qiyofa bo`lganligi sababli dastlab 60x80 o`lchamdagi
formatga eskiz bajardik. Bu holatda orqa fonga ba`zi detallar ishlash uchun format
kichiklik qildi. Keyin esa 100x80 o`lchamni tanlab oldik. Bu holatda
kompozitsiyamizni yanada boyitish maqsadida yana bir shogirdini orqa fonda ularni
kuzatib turgani jarayonini tasvirladik. Uch kishilik
kompozitsiya uchun ayni shu
o`lcham munosib bo`ldi. Ijodiy asarni matoga tushurish jarayoniga o`tdik.