Мавзу: Қаламтасвир фанидан амалий машғулотларни ташкил этишда академик мактабнинг аҳамияти



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/15
tarix03.06.2022
ölçüsü1,57 Mb.
#60564
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
1930-1950-yillarda O’zbekiston rangtasvir sanati

 


45 
Xulosa.
Tasviriy san`at o‟sib kelayotgan yosh avlodni siyosiy, ma`naviy, g‟oyaviy va 
estetik ruhda tarbiyalashda, go‟zallikni seza bilishda, san`at asarlarini o‟rganishda, 
ulardan bahra olishda, izlanuvchanlik, ijodkorlik va bunyodkorlik qobiliyatlarini 
shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Umumiy o`rta ta`lim maktabalarida, 
ixtisoslashgan san`at maktablarida , san`at va madaniyat kollejlarida , shuningdek, 
oliy o`quv yurtlarida olib boriladigan qalamtasvir, rangtasvir va kompozitsiya dars 
mashg`ulotlarining bu borada o`rni beqiyos darajada. Ammo bugungi kunga kelib 
ushbu dars soatlarining kamayib borayotgani achinarli hol. Ayniqsa, ixtisoslik 
fanlarining asosi bo`lgan qalamtasvir va rangtasvir darslari haftasiga 3-4 soatnigina 
tashkil qilishi juda ham achinarli holat. Kompozitsiya darslari esa 3-kursda bir 
semester davomida 76 soat o`tiladi holos. Bir ijodiy asarni boshlab , nihoyalash 
uchun esa kamida 20 soat o`quv auditoriya soati ajratilishi lozim . Bu soatlarning 
ketma –ket bir vaqtda o`tilishi ish unumdorligining asosiy omili hisoblanadi. Biroq 
, hafta davomida atigi 4 soat bir asar ustida ishlab, qolgan vaqt davomida 10 dan 
ortiq ixtisoslikka daxli bo`lmagan fanlarni o`qitilishi ham talabani erkin ijod 
qilishiga monelik qiladi
Bundan tashqari maishiy janrda ijod qilib kelayotgan yoxud ijod qilib o`tib 
ketgan mashxur rassomlar hayoti va ijodiga bag`ishlangan maxsus o`quv qo`llanma 
yoki xujjatli filmlar yaratilmaganligi juda ham achinarli holatlardan hisoblanadi. . 
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika oliy ta`lim muassasalari 
bakalavriatiga kirish test sinovlarini o`tkazish tartibini takomillashtirish to`g`risida" 
2017 yil 16- noyabrdagi PQ-3389-son qaroriga muvofiq oliy ta`lim muassasalarining 
bakalavriatiga o`qishga qabul qilish tizimini takomillashtirish , abiturientdan 
ijodkorlik va individual mahorat talab etiladigan sohalardagi ta`lim yo`nalishlariga 
qabulni adolatli , xolis va shaffof o`tkazish orqali puxta bilimga ega bo`lgan iqtidorli 
yoshlarning 
o`qishga 
qabul 
qilinishini 
ta`minlash 
maqsadida 
Vazirlar 
Mahkamasining 2018 yil 27-iyuldagi "Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat 
ta`lim yo`nalishlariga kirish test sinovlarisiz , kasbiy(ijodiy) imtihonlar orqali qabul 


46 
qilish tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida " gi 588- sonli qarori qabul 
qilindi.
3
Bu qarorning qabul qilishi ushbu muammolarimiz bartaraf etilishining 
boshlanishi bo`lsa ajab emas.
Bundan tashqari, Namangan viloyatida olib borgan tadqiqotlarimiz natijasida 
bugungi kundagi ijodiy asarlarning aksariyati natyurmort va manzara janrlarida yoki 
sof portret (yakka bir kishilik) janrida ishlanganiga guvoh bo`ldik. Mavzuli 
kompozitsiyalarning deyarli yo`q ekanligi ham bizga ushbu sohada bir oz 
mushkulliklarga duch kelKurs ishiga sabab bo`ldi. Maishiy janrga oid olib borgan
tadqiqot Kurs ishi ilmiy qo`llanmalar va ushbu sohadagi manbalardagi 
kamchiliklarni bartaraf qilishga qo`shgan hissamiz deb hisoblaymiz. Qolaversa, uch 
kishilik kompozitsiya asosiga qurilgan ijodiy Kurs ishi fakultetimiz talaba yoshlariga 
ko`rgazmali qurol sifatida asqotadi degan umiddamiz.
Olib borgan tadqiqot Kurs ishi jarayonida duch kelgan ayrim muammolarga 
asoslangan holda biz kelajakda olib borilishi mumkin bo`lgan ilmiy-tadqiqot ishlari 
uchun, qolaversa joriy o`quv tizimiga o`zgartirish kiritish maqsadida quyidagi taklif 
va mulohazalarni tayyorladik:
▪ Maishiy janrga oid darslik va o`quv qo`llanmalar nashr qilinishi zarur;
▪ Oliy o`quv yurtlarida ixtisoslik bloki fanlariga e`tiborni qaratish zarur;
▪ Rangtasvir va kompozitsiya o`quv predmetlari soat hajmini ko`paytirish 
kerak;
▪ Maishiy janrda ijod qilib kelayotgan rassomlar ijodiga bag`ishlangan 
ilmiytadqiqot ishlarini olib borilishi lozim;
▪ Olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalariga asoslangan holda 
o`quvchiyoshlar uchun yangi avloddagi elektron darslik, o`quv qo`llanma 
va filmlar yaratish kerak;
▪ Mahalliy rassomlar ishtirokida mahorat darslarini tashkil qilish lozim;
3
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27-iyuldagi "Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga 
kirish test sinovlarisiz , kasbiy(ijodiy) imtihonlar orqali qabul qilish tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida " gi 
588- sonli qarori


47 
▪ Muqaddam mavjud bo`lgan va hozirda o`quv rejalaridan olib tashlangan " 
Muzey va arxeologiya amaliyoti" ni joriy qilish maqsadga muvofiq bo`lar 
edi;
▪ Oliy o`quv yurti talabalari uchun har bir semester davomida kamida bir 
marotaba rassom ustaxonalari va ko`rgazma zallari, muzeylarda darslarni 
tashkil qilinishi ham maqsadga muvofiq bo`lar edi.
Ushbu bitiruv Kurs ishi Kurs ishini nihoyasiga yetkazish chog`ida so`nggi 
so`z sifatida, oliygoh ostonasiga ilk qadam qo`ygan kunimizdan boshlab bizga 
otaonamizdek g`amxo`r va mehribon, jonkuyar, o`z kasbiga sidqidildan jon fido 
etgan aziz va muhtaram ustozlarimizga yetkazgan ta`lim-tarbiyalari uchun chin 
dildan minnatdorchilik bildiramiz. Ular bildirgan ishonchni albatta oqlaymiz. Ularga 
munosib izdosh bo`lishga harakat qilamiz. E`tiboringiz uchun raxmat!

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin