Hisoblash jarayonlarining turlari Hisoblash jarayonlarining.chiziqli tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi turlarga bo’linadi.
Hisoblash jarayonlarining turlari bilan tanishtirganda, avvalo hech qanday shart tekshirilmaydigan va tartib bilan faqat ketma-ket bajariladigan jarayonlarni ifodalaydigan chiziqli algoritmlar deyiladi.
Tarmoqlanuvchi algoritmlar. Shunday hisoblash jarayonlari mavjud bo’ladiki, bunda qo’yilgan ayrim mantiqiy shartlarning bajarilishiga qarab, bu jarayonlar bir nechta tarmoqqa bo’linadi va shu tarmoqlardan hyech bo’lmaganda bittasi bajariladi. Ana shunday jarayonlar uchun algoritmlar tuzishda tarmoqlanuvchi algoritmlardan foydalaniladi.Tarmoqlanuvchi struktura odatda qandaydir mantiqiy shartni tekshirish blokini o’z ichiga oladi. Tekshirish natijasiga ko’ra, tarmoq deb ataluvchi u yoki bu amallar ketma-ketligi bajariladi.
Algoritmni ma’lum bir qismi 2 yoki undan ortiq marotaba takrorlansa bunday jarayonga takrorlanuvchi hisoblash jarayoni deb aytiladi.
Xususiyatlari Aniqlik (deterministik) — har bir vaqtda algoritmning keyingi qadami uning mazkur holati bilan toʻliq aniqlanadi.
Tushunarlilik — algoritm faqat uni bajaruvchisi uchun tushunarli buyruqlardan iborat boʻlishi shart.
Yakunlanishi — algoritm albatta chekli qadamdan soʻng yakunlashishi lozim.
Turlari Chiziqli algoritm — barcha koʻrsatmalari hech qanday shartsiz, faqat ketma-ket bajariladigan jarayonlar.
Tarmoqlanuvchi algoritm — hisoblash jarayoni qandaydir berilgan shartning bajarilishiga qarab turli tarmoqlar boʻyicha davom ettiriladigan va hisoblash jarayonida har bir tarmoq faqat bir marta bajariladigan jarayonlar.
Takrorlanuvchi algoritm —biron bir shart tekshirilishi yoki qandaydir parametrning har xil qiymatlari asosida algoritmda takrorlanish yuz beradigan jarayonlar.
Aralash (kombinatsiyalashgan) algoritm — tarkibida bir necha turdagi algoritmlar qatnashgan algoritmdir.