ALIFBE DAVRIDA YOZUV KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH k.ishi
A) Alifbegacha tayyorlov davri B) Alifbo davriga bo’linadi. Ikkinchidan, yozuvga o’rgatish, o’qishga o’rgatish bilan parallel holda olib boriladi.
Analitik-sintetik tovush metodi psixolingvistik nuqtai nazaridan: Birinchidan, savod o’rgatish bolalarning jonli nutqiga, ular egallagan nutq malakasiga asoslanadi; Ikkinchidan, savod o’rgatishga tovush asos qilib olinadi, unda tovushni ajratishga, analiz va sintez qilishga, tovushlar artikulyasiyasiga, bolalarda fonematik eshitishni rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi; uchinchidan, o’qish birligi sifatida bo’g’in olinadi, bo’g’in ustida ishlashga katta ahamiyat beriladi.
Metodning shakllanishi va tashkil topish jarayonida bo’lgan tamoyillari:
Ta’lim jarayonini tashkil etish nuqtai nazaridan: savod o’rgatish jarayonida o’quvchilarga differensial va individual yondashish;
O’qitishning istiqbolli nuqtai nazaridan: grammatika, so’z yasalishi, imlo,leksikologiyaga oid bilimlarni nazariyasiz amaliy asosda muntazam berib borish;
Psixolingvistik nuqtai nazardan: tovush va harfni o’qitishning qulay usulini izlash, tovush va harflarning mosligini, osonligini, ikkinchidan, ta’limning tarbiyaviy va o’stiruvchi xarakteri hisobga olinadi.
Ta’lim jarayonida o’quvchilarga tarbiya ham berib boriladi. Tarbiyalash didaktikaning muhim prinsiplaridandir.
Maktabda axloqiy tarbiya beriladi, ilmiy dunyoqarash elementlari shakllantiriladi. Bolalar darsda ommaviy siyosiy tushunchalarni egallaydilar. “Alifbe” sahifalarida do’stlik, baynalmilal munosabat, bolalar mehnati, tabiat, kattalar mehnati, bolalar o’yinlari, oila, maktab hayoti kabi rasmlar berilgan. Turli mavzularda matn berilgan. Bular bolalarda o’zaro do’stlik, mehnatsevarlik, mehnatni qarlash, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, tabiatni sevish va asrash, hayvonot dunyosiga qiziqish, ularni muhofaza qilish, maktab va o’qishni sevish – umuman, estetik tarbiyani shakllantiradi. Bular bolalarni xalqning qaynoq hayotiga, uning baxtiga, orzulariga, muvaffaqiyatlariga ruhlantiradi. Demak, bolalarga axloqiy, g’oyaviy-siyosiy, mehnat va estetik tarbiya berish ham savod o’rgatish vazifasiga kiradi.
Savod o’rgatishni to’g’ri tashkil etish uchun bolalarning unga nutqiy tayyorgarligi maxsus o’rganish talab etiladi. Maxsus o’rganish avgustda, hatto undan oldin – bahordan boshlanadi. 1-sinfga keladigan o’quvchining oilasiga yoki bolalar bog’chasiga boriladi, suhbat o’tkaziladi, bolalarning umumiy bilim saviyasi aniqlanadi.
1.O’qish ko’nikmasini aniqlash:
a) so’zni sidirg’a o’qiydi;
b) bo’g’inlab o’qiydi;
v) harflab o’qiydi (noto’g’ri o’qish);
g) anchagina harflarni biladi, lekin o’qishni bilmaydi;
d) ayrim harflarni biladi.
2. YOzuv ko’nikmasi:
a) hamma harfni yozishni biladi, so’z yozadi (bosma yoki yozma):
b) ayrim harflarnigina yozishni biladi (bosma yoki yozma);
v) yozishni umuman bilmaydi.
3. Tovushni tahlil qilishga tayyorgarligi:
a) so’zni bo’g’inlarga bo’ladi;
b) so’z yoki bo’g’indagi tovushni ajratadi;
v) hamma tovushni to’g’ri talaffuz qiladi;
g) ayrim tovushlarni noto’g’ri talaffuz qiladi (qaysi tovushlar ekanini xisobga olinadi);
d) nutqning baland yoki pastligi.
4. Og’zaki bog’lanishli nutq. SHe’rni yoddan o’qish:
a) 3 ta she’rni biladi, uni zavqlanib aytadi;
b) 1-2 ta she’rni biladi, aytishga uyaladi;
v) birorta she’rni yoddan o’qishni bilmaydi.
5. Og’zaki bog’lanishli nutq. Ertak aytish:
a) bir yoki bir nechta ertakni aytishni biladi;
b) ertak aytishga harakat qiladi, lekin ayta olmaydi;
v) ertak aytishni bilmaydi, o’rganishga ham harakat qilmaydi.
6. Og’zaki bog’lanishli nutq. Fikr bayon qilish. (“Rasmda nimalar ko’rayotganingni aytib ber”):
a) 20 so’zdan ortiq bog’lanishli hikoya, bir necha gap;
b) 10 tadan 20 tagacha so’z, bir necha gap;
v) 10 tagacha so’zli bog’lanishli javob;
g) 3-4 so’zli qisqa javob.
Shuningdek, bola nutqining sintaktik qurilishi ham foydalanadigan so’zlar doirasi ham o’rganiladi, to’plangan materiallar 2 variantda yoziladi.
a) har bir o’quvchi haqida alohida ma’lumot, bu bolaga yakka yoki differensial yondashish uchun kerak bo’ladi;
b) sinf o’quvchilari uchun umumiy ma’lumot, bu ma’lumotdan darsda sinf o’quvchilari uchun umumiy ishlar metodikasini tanlashda foydalaniladi.
v) ma’lumotning bittasi maktab ma’lumotida, ikkinchi nushasi sinf o’qituvchisida qoladi.
1-bosqichning asosiy vazifasi o’quvchilarni maktab, sinf bilan tartib-intizom qoidalari bilan tanishtirish. Ularga nutq, og’zaki va yozma nutq haqida gap, nutqning gaplardan tuzilishi, so’z, gaplarning so’zlardan tuzilishi; bo’g’in, so’zlarning bo’g’inlardan tuzilishi, so’zlarning bo’g’inlarga bo’linishi; tovush, bo’g’inlarning tovushlardan tuzilishini; tovushlarning unli tovush va undosh tovushlarga ajratilishini o’rgatish, ulardan amaliy foydalana bilish ko’nikmalari hosil qilishdan iborat. Bu davrda maxsus nusxalar asosida o’quvchilarning bog’lanishli nutqi ustida ishlanadi. Ularga “Alifbe”da berilgan rasmlar asosida hikoyalar tuzdirishdan tashqari, o’zlari bilan she’r,ertak, hikoya, tez aytish, maqol, topishmoq, xalq ashulalari, alla, qo’shiqlar, latifalardan ayttirish lozim.