MAVZU: ALIFBE DAVRIDA YOZUV KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH Reja:
Kirish……………………………………………………………………………….. I BOB. ALIFBE DAVRIDA YOZUV KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH ASOSLARI 1.1. Alifbe davrida yozuv ko’nikmalarini shakllantirish va ularga qo`yiladigan talablar……………………………………………………………………………….
1.2. Alifbe davrida o’quvchilarni o’qish va yozuvga o’rgatish yo’llari……………..
II BOB ALIFBE DAVRIDA YOZUV KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH YO’LLARI………………………………………………... 2.1.Alifbega asoslangan holda qisqa muddatda o’quvchilar o’qish, yozishga o’rgatish……………………………………………………………………………...
2.2. Alifbe davrida yozuv ko’nikmalarini o‘rgatish davrida bog’lanishli nutq ustida ishlash usullari……………………………………………………………………….
Xulosa………………………………………………………………………………. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………………. Kirish Mavzuning dolzarbligi. O’zbek xalqi juda qadim zamonlardayoq ilm-fanga katta e’tibor bilan qaragan va uni rivojlantirishga harakat qilgan. Ibn Sino, Beruniy, Al-Xorazmiy, Amir Temur, Ulug’bek va boshqa ko’plab allomalar ilm-fanni dunyoga tanitganlar. Ilm-ma’rifatga beqiyos hurmat bilan qaragan xalqimiz qanday qiyinchilik va to’siqlar bo’lmasin o’z farzandlarini savodli bo’lishini orzu qilganlar. Farzandlarini yoshligidanoq maktabga – o’qishga berganlar. Maktabdor domlalar o’z usullari va tajribalariga asoslanib, bolalarga saboq berganlar. Demak, O’zbekistonda o’qitishning o’ziga xos usullari mavjud bo’lgan va ular rivojlanib borgan. Bugungi kunda o’qitishning yangi va zamonaviy usullarini ishlab chiqish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
O`quv jarayoniga yangi axborot va pеdagogik tеxnologiyalarni kеng joriy etish, ta'lim-tarbiya tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko`tarish Prezidentimiz diqqat e’tiborida bo`lgani bejiz emas. Jumladan, yurtboshimizning quyidagi da’vatlarida hikmat bor: “Takror aytishga to`g`ri kеladi – ta'lim sohasida zamonaviy axborot va kompyutеr tеxnologiyalari, intеrnеt tizimi, raqamli va kеng formatli tеlеkommunikatsiyalarning zamonaviy usullarini o`zlashtirish, bugungi taraqqiyot darajasini bеlgilab bеradigan bunday ilg`or yutuqlar nafaqat maktab, litsеy va kollеjlar, oliy o`quv yurtlariga balki har qaysi oila hayotiga kеng kirib borishi uchun zamin tug`dirishning ahamiyatini chuqur anglab olishimiz lozim.”
Barcha sohalar qatori xalq ta'limi ham yangi ming yillik davriga qadam qo`ydi. Davr ta'lim sohasiga, jumladan, boshlang`ich ta'lim oldiga ijtimoiy hayotning hozirgi chuqur mazmuniga, talablarga javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashga yo`naltirilgan ta'lim jarayonini tashkil etish vazifasini qo`ygan ekan, bunda ta'lim va tarbiya elеmеntlarini mujassamlashtirgan boshlang`ich ta'lim jarayoni alohida mas’uliyatga egaligi sir emas. Ta'lim tizimining har bir bosqichi kabi boshlang`ich ta'lim DTS ta'lim mazmuni nеgizini, o`quvchilar egallashi lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalarini hamda o`quvchilar tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan talablarni o`zida ifodalaydi. Boshlang`ich sinf o`quvchilarini DTS talablari darajasida tarbiyalash, bo`lajak o`qituvchilarni yangi talablar asosida yеtuk mutaxassis qilib tayyorlash bugungi kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi. Boshlang`ich sinflarda o`qish darslarining dеyarli barchasida yangi matnlar ustida ish olib boriladi.
Ona tili o’qitish metodikasi – pedagogik va amaliy fan. CHunki u nazariyaga asoslanib o’quvchilarni o’qitish, tarbiyalash, o’stirishning amaliy vazifalarini bajaradi.
Ona tilidan ko’nikma va malakalarni shakllantirish, til xaqidagi fanning ilmiy tushunchalar sistemasini o’zlashtirish qonuniyatlarini o’rganadi, til o’rganishning eng qulay metod va usullarini izlaydi.